Исследование в XXI веке февраль, 2023 г 212 turli yosh davrlarida shaxsning psixologik xususiyatlari



Yüklə 55,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü55,71 Kb.
#175583
növüИсследование
1   2   3   4
Absoatova Zuhra Eshmo`min qizi (1)


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
февраль
, 2023 
г
214 
biologik mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi. Birinchi navbatda, jinsiy maylga 
bog`liqdir. Bunday biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan bir mezon yoki 
betakror turtki rolini bajara olmaydi. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko`rinishi 
sotsiogenetik nazariyadir. Bu nazariyada shaxsda ro`y beradigan o`zgarishlarni jamiyatning 
strukturali ijtimoiylashish usullari, atrofdagi odamlar o`zaro munosabat vositalari asosida 
tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko`ra inson biologik tur sifatida tug`ulib, 
hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta`sir ostida shaxsga aylanadi. G`arbning 
eng muhim nazariyalaridan biri - rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga ko`ra jamiyat o`zining 
har bir a`zosiga status deb nomlangan xatti-harakatning barqaror usullari majmuasini 
yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo`lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, 
boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi. Hozirda individual tajriba va bilimlarni 
o`zlashtirish nazariyasi keng tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va 
voqelikka munosabati, ko`nikmalarni egallashi va bilimlarni o`zlashtirishi qo`zg`atuvchining 
barqarorligiga bog`liq. K.Levin tavsiya qilgan fazoviy zarurat maydoni nazariyasi o`z davrida 
muhim ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga ko`ra, shaxsning xulqi psixologik kuch 
vazifasini o`tovchi ishtiyoq, maqsad boshqarilib turadi. Bu kuchlar fazoviy zarurat 
maydonining ko`lami va tayanch nuqtasiga yo`nalgan bo`ladi. Yuqorida ifodalangan har bir 
nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o`zgalar uchun yopiq yoki maxfiy muhitning 
xususiyatlardan kelib chiqqan holda tushuntiradi, bunda u odam xohlashi yoki 
xohlamasligidan qat`iy nazar mazkur sharoitga moslashmog`i zarur degan qoidaga amal 
qiladi. Menimcha. barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy, obyektiv shart-
sharoitlari mutlaqo e`tiborga olinmagan. Hozirgi psixologiyaning yirik vakili A.V.Petrovskiy 
inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, 
yosh davrlarining o`ziga xos tasnifini yaratdi. A.V.Petrovskiygacha psixologlar shaxsning bir 
tekis kamol topishini o`rgangan bo`lsalar, u shaxs shakllanishining prosotsial (ijtimoiy 
qoidalarga muvofiq) va asotsial (aksi ijtimoiy) bosqichlari ham bo`lishi mumkinligini 
isbotlab berishga harakat qiladi. Shaxsning kamol topishi uchta makrofazadan iboratligini 
qayd etib: birinchisi – bolalik davriga to`g`ri kelishini, unda ijtimoiy muhitga moslashish 
ko`nikish (adaptatsiya) ro`y berishini; ikkinchisi – o`smirlarga xos individuallashish; 
uchinchisi – o`spirinlikda ya`ni yetuklikka intilish davrida o`ziga xos holatlarni 
muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlaarini paydo bo`lishini namoyon qiladi. 
D.I.Feldshtsin bolaning ijtimoiy o`sishdagi jamiyatga munosabatini asosiy va oraliq 
munosabatlarga ajratadi. Bolada jamiyatga munosabatning shakllanishi, ijtimoiylashuv, 
individuallashuvning tarkibiy qismlarini egallash va bir davrdan ikkinchi davrga o`tish orqali 
amalga oshadi. Asosiy munosabat – insonning kamol topishida keskin siljish nuqtalari 
paydo bo`lishi, ichki sifat o`zgarishlari vujudga kelishi va yangi xislatlar tarkib topishining 
mahsulidir. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, D.I.Feldshtsinning yosh davrlariga ajratish 
nazariyasi ontogenezdagi barcha psixologik holat va fazilatlarni ifodalash imkoniyatiga ega 
emas, ammo u ta`lim- tarbiyaning sifatini oshirishga ijobiy ta`sir ko`rsatishi bilan amaliy 
ahamiyat kasb etadi.


Международный
научный
журнал

7
(100), 
Yüklə 55,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin