Исследование в XXI веке февраль, 2023 г 212 turli yosh davrlarida shaxsning psixologik xususiyatlari



Yüklə 55,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix13.12.2023
ölçüsü55,71 Kb.
#175583
növüИсследование
1   2   3   4
Absoatova Zuhra Eshmo`min qizi (1)


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
февраль
, 2023 
г
213 
yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo`lib, 
ana shu omil bilan o`zaro bog`liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh 
maqsadi biologik determinantlarga qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar 
kelib chiqadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkel kashf qilganligi tarixdan ma`lum. 
Biogenetik organning rivojlanishi nazariyasini tashviq qilishda hamda antidarvinchilarga 
qarshi kurashdi muayyan darajada tarixiy rol o`ynagan biroq unda organning individual va 
tarixiy rivojlanishi munosabati tushuntirishda qo`pol xatolarga yo`l qo`yilgan. Jumladan, 
bioginetik qonunga ko`ra shaxs psixologiyasining individual rivojlanishi butun insoniyatning 
tarixiy rivojining asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. Nemis psixologi V.Shterinning 
fikricha chaqaloq hali odam hisoblanmaydi, balki faqat sutemizuvchi hayvondir; 6 oylikdan 
oshgach u psixik rivoji jihatidan-faqat maymunlar darajasiga tenglashadi. 2 yoshida oddiy 
odam holiga keladi. 5 yoshlarida ibtidoiy gala holidagi odamlar darajasiga yetadi, maktabga 
kirgandan boshlab, ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida uning ongi 
o`rta asr kishilari darajasiga, nihoyat, yetuklik davridagina hozirgi zamon kishilarining 
madaniy darajasiga erishadi. S.Xoll rekapitulyatsiya qonunini psixologik o`sishning bosh 
qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogeniz filogenizning muhim bosqichlarini 
takrorlaydi. Olimning talqinicha, go`daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa 
narsa emas. Bolalik esa asosiy mashg`uloti ovchilik va baliqchilik bo`lgan qadimgi 
kishilarning davriga aynan mos keladi. 8-12 yoshlardagi o`sish davri yovvoyilikning oxiri va 
sivilizatsiyaning boshlanishdagi kamolotga tengdir. O`spirinlik va jinsiy yetuklikdan 
boshlanib, yetuklik davrigacha davom etib romantizmga barobardir. S. Xollning talqinicha, 
bu davrlar bo`ron va tazyiqlar, ichki va tashqi nizolardan iborat bo`lib, odamda individuallik 
tuyg`usi vujudga keladi. Yosh davrlarini tabaqalashning bu turi o`z navbatida tanqidiy 
mulohazalar manbai vazifasini o`taydi. Chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari 
filogenezda aynan takrorlanmaydi va takrorlanishi mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turini nemis konstitutsion psixologiyasi 
namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasining negiziga bir 
qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning 
jismoniy tipi bilan o`sishining xususiyati o`rtasida uzviy bog`liqlik mavjud deb taxmin qiladi. 
E. Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: sikloid (tez qo`zg`aluvchi, his tuyg`usi o`ta 
beqaror) va shizoid (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his tuyg`usi cheklangan)larga 
ajratdi. Bu taxminini yosh davrlari xususiyatlariga ham tatbiq etib, o`smirlar sikloid 
xususiyatli, o`spirinlar esa shizoid xususiyatligini ta`kidlaydi. Lekin insoniyatning kamol 
topishida biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi hal qiluvchi rol o`ynay olmaydi, 
chunki shaxsning individual – tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi. 
Bioginetik nazariyaning namoyondalari – amerikalik psixologlar A. Gezell va S.Xoll 
rivojlanishning biologik modeliga tayanib ish ko`radilar. Bu jarayonda muvozanat
integratsiya va yangilanish sikllari o`zaro almashinib turadi degan xulosaga keladilar. 
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko`rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida 
o`z ifodasini topgan. Uning ta`limotiga binoan, shaxsning barcha xatti- harakatlari ongsiz 


Международный
научный
журнал

7
(100), 
Yüklə 55,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin