A. T. G 'o fu ro V, S. S. F a y z u lla y e V, A. K. R a X im o V, B. Z o X id o V a, F. I. M a tk a r im o V


D) iama, muskus o‘rdagi, dengiz cho‘chqasi 5. Nil vodiysida qaysi hayvonlar xonakilashtirilgan?



Yüklə 5,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/86
tarix16.09.2023
ölçüsü5,57 Mb.
#144404
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
G`ofurova A.T. Antropologiya.

D)
iama, muskus o‘rdagi, dengiz cho‘chqasi
5. Nil vodiysida qaysi hayvonlar xonakilashtirilgan?
A) cho‘chqaning bir necha turi, tovuq, o‘rdak, Xitoy g‘ozi, 
to‘ti, ipak qurtining bir necha turi, Xitoy arisi, oltin baliq, chamasi 
it ham
B) yirik shog4li qoramoi, sharq oti, qoy, echki, cho‘chqa, bir 
o‘rkachli tuya, ari turi, kaptar
C) shohli qoramoi, g‘arb oti, qo'y, echki, cho‘chqa, o‘rdak, 
g‘oz, quyon
D) lama, muskus o'rdagi, dengiz cho'chqasi
153


IV BO‘LIM. QADIMGI ODAMLARNING HAYOT
KECHIRISH TARZI
Odamzod bundan taxminan 20 ming yil ilgari hayot uchun 
qulay bo‘lgan yer sharining barcha tabiiy-geografik zonalariga 
tarqalgan va xilma-xil sharoitda yashashga moslashgan. Odamning 
muhitga moslanishlari, albatta, asosan ijtimoiy muhit sharoitida 
amalga oshgan. Lekin odam evolyutsiyasining dastlabki davrlarida 
biotik, abiotik ekologik omillar uning organizmiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatgan (hozirgi ilmiy-texnika yuksalishi davriga nisbatan). 
Bunday omillar odam populyatsiyasiga har xil yo‘nalishda ta’sir 
etgan. Oqibatda har xil geografik zonalaming iqlim sharoitiga 
qarab odamzodning har xil adaptiv tiplari shakllangan. Adaptiv 
tip deganda tashqi muhit omillariga nisbatan organizimni biologik 
reaksiya normasi tushiniladi. U morfofunksional, biokimyoviy, 
immunologik belgilarda namoyon bo‘lib, ular kompleks ravishda 
organizm yashash sharoitiga optimal moslashishini ta’minlaydi.
Har xil geografik zonalarda adaptiv tip belgilari umumiy 
va maxsus elementlardan tashkil topadi. Ularning birinchisiga 
tanasining suyak muskul massasi, qon zardobidagi immun oqsillar 
miqdori kiradi. Qayd etilganlar odam organizimini tashqi muhitning 
noqulay sharoitlariga organizimning umumiy qarshiligini oshiradi. 
Maxsus elementlarga gipoksiya (havoda 0 2 kam) kirib, u sovuq va 
issiq iqlim bilan aloqalar. Ana shu umumiy va maxsus elementlarni 
etiborga olgan holda odamlarni arktik (shimoliy). tropik, mo‘tadil 
iqlim, baland tog‘, cho‘l zonalarida yashaydigan odamlarning 
adaptiv tiplari farqlanadi. Odamlar yashaydigan har xil geografik 
iqlim zonalariga adaptiv tiplar, hayot sharoitini o‘ziga xosligi va 
odamlar populyatsiyadagi har xillikni ko‘rib chiqamiz.
Arktika yashash sharoiti turg‘un past harorat, o'simliklaming 
kam bo‘lishi, hayvonot dunyosining ko‘pligi ozuqalarning 
fasllarga qarab davriy o‘zgaruvchanligi (o‘simlik ozuqalari qisqa 
yoz davrida bo‘lishi hayvonlar ozuqasi qushlar, baliqlar, bug‘ular,
154


dengiz hayvoniari yil davomida bo‘lishi) kuzatiladi. Ozuqalar 
tarkibida vitamin, oqsil, yog", mikroelementlarko‘p, iekin o‘simlik 
uglevodlari kam miqdorda bo'ladi.
Arktika odamlari adaptiv tipiga. asosan, sovuq iqlim va 
hayvonlar go‘shtining ta’siri kuchlidir. Shunga ko‘ra odamlar 
populyatsiyasi Arktika ekologik tipining suyak - muskul sistemalari 
kuchli rivojlangan, ko'krak qafasi keng, qondagi gemoglabin 
miqdori yuqori, iligi ko‘p joyni egallaydi, suyaklarda mineral 
moddalaming ko‘p bo‘lishi, qondagi oqsillar, xolesterinning 
ko‘pligi bilan tavsiflanadi.
Arktik ekologik tipda energiya almashinuvi kuchli, ter- 
moregulyatsiya yaxshi rivojlangan boTadi. Termoregulyatsiya- 
ning o‘ziga xosligini ko‘rish mumkin. Chunonchi bir xil darajadagi 
past haroratda kanadalik indeyslarda teri harorati keskin kamayadi 
va lekin modda almashinuvi oz o‘zgaradi. Oq tanlilarda esa teri 
harorati oz pasaysa ham kuchli titroq bo‘lib, modda almashinish 
jadallashadi.
Tropik va subtropik oikalarning ayrim j oy lari dag ina odamlar 
istiqomat qiladilar, Bu jovlarda harorat o‘ta yuqori, namlik ham 
ko‘p. Nam o ‘rmonlar quruq balandliklar, tekislikliklari bilan 
o‘zaro farqlanadi. Bu o‘lkalarda o"simlik maysalari nihoyatda 
ko‘p. Nam o'rmonlarda hayvonlar kam, aksincha, savanna cho‘l 
biyobonlarida hayvonot olami xilma-xil. Ayniqsa, yirik hayvonlar 
nihoyatda ko‘p. Hayvonot dunyosining boyligi va turli-tumanligi 
xarakterli tarqatuvchilari ham ko‘p bo‘lad.i. Tropik adaptiv tipni 
shakillanishining asosiy omili boMib issiq nam iqlim, nisbatan kam 
boTgan ozuqa sanaladi.
Tropik adaptiv tipga mansub bo‘lgan odamlarda tanasi uzun
muskullari unchalik yaxshi rivojlanmagan, tana og‘irligi kam, oyoq 
qoTlari nisbatan uzun, ko‘krak qafasi nisbatan kichik, teridagi 
ter bezlarining soni nisbatan ko‘p bo‘lishi hisobiga teming ko‘p 
ajralishi, modda almashish, yogTami sintez qilinishi kam ekanligi, 
xolesterinning qondagi konsentratsiyasi kamligi bilan tavsiflanadi.
155


Mo‘tadil iqlim sharoitidagi odamlar populyatsiyasining 
ekologik tipida modda almashinish darajasi, arktik va tropik tub 
aholi populyatsiyasining o'rtasida bo‘ladi. Bu zona issiq va namlik 
miqdori bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Ular orasida quruq cho‘l, 
yarim cho‘llar bilan tog‘gacha bo‘lgan maydonlar bor. Harorat va 
namlikning keskin о‘zgarishi mo‘tadil iqlim sharotida kuzatilmaydi.
Tog‘ adaptiv tipi yashaydigan joy atmosfera bosimi va havo 
tarkibida kislorod miqdorining kamligi bilan xarakterlanadi. Baland 
tog‘larda yashovchi odamlar populyatsiyasida (uning qanday irqqa 
mansubligidan qat’iy nazar) moddalar almashinuvi jadal, naysimon 
ko‘rinishidagi suyaklar uzun bo‘lishi, ko‘krak qafasining kengligi, 
qon tarkibidagi eritrotsitlarda gemoglobin miqdori ko‘p bo‘lishi 
bilan xarakterlanadi.
Olimlaming fikricha, yuqorida bayon qilingan odamlar 
populyatsiyalari adaptiv ekologik tiplari orasida eng qadimgi 
davrda shakllangani tropik tip sanaladi. U aw alo, Afrikada keyin 
uning boshqa o‘lkalarida shakllanishi davom etgan.
Odamlar populyatsiyasini mo‘tadil ekologik adaptiv tipi, tro­
pik tipni genetik va fenotipik polimorfizm asosida shakllangan. 
Ularning shakllanishi Yevrosiyoda, keyinchalik Shimoliy Amerika- 
ning mo‘tadil iqlim sharoitida amalga oshgan. Bu ekologik adaptiv 
tip yevropeoid va mongoloid irqlar zaminida shakllangan. Odamlar 
populyatsiyasi Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimolida 
yashashga o‘tishi bilan ekologik adaptiv tip vujudga kelgan. 
Bundan mustasno Janubiy Patogoniya, olovli yer orollarida va 
Janubiy Amerikaning Antraktidaga yaqin zonasida indeyslar arktik 
tipiga xos belgilarga ega bo‘lganlari ham shakllangan.
Tog‘ adaptiv ekologik tipi ham irqiy holatdan qat’iy nazar 
yevropaliklar Ural, Kavkaz, Pomir, Himolay hamda Tibet, Tyan- 
Shan, And tog‘larida mongoloid irqi populyatsiyalari asosida 
shakllandi.
Tog‘ ekologik adaptiv tipi eng yangi adaptiv tip hisoblanadi. 
Keyingi vaqtlarda odamlarning shahar ekologik adaptiv tipi
156


shakllandi. Ular doimiy ruhiy reaksiyalar, kechinmalar ta’siriga 
morfofunksional jihatdan chidamlidirlar.

Yüklə 5,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin