KIRISH
Tayanch tushunchalar va bilimlar:
Antropologiyaning maq-
sad va vazifalari, antropologiyaning rivojlanish tarixi, boshqa fanlar
bilan bog‘liqligi, tadqiqot metodlari, yangi sohalar, etnogenez, pri-
matologiya.
Antropologiya fanining rivojlanish tarixi
Umuman antropologiya muammolari va uning rivojlanishi
to‘g ‘risidagi masalalami yoritishda, o‘qitishda biz, aw alo odam va
kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan buyon fanlaming rivojlanish ta-
rixidan m a’lum bo‘lgan pragmatizm, neopragmatizm va evolyut-
siyaning sintetik nazariyalari g‘oyalariga asoslanamiz. Jahonda
tabiiy fanlarning insoniyat hayoti va turmush tarzidagi ahamiyati,
ayniqsa, biologiya fanining evolyutsion rivojlanish qonuniyatlariga
asoslanib organik olamni bashoratlash imkoniyatlari yuqori baho-
lanmoqda. Biologiya fanlari rivojlanishida irsiyatning moddiy
asoslari nuklein kislotalar, evolyutsiyajarayoni mahsuli hisoblangan
odam genomining strukturasi (nukleotidlaming ketma-ketligi) va
funksiyalari aniqlandi. Organik olamning viruslar, prokariotlar,
o ‘simliklar, zamburug'lar. hayvonot dunyosidan iboratligi e ’tirof
qilindi hamda evolyutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi. Bu
esa, o ‘z navbatida, mazkur fanlarning o'qitish samaradorligini
oshirish, jumladan antropologiya, odam va irqlarning paydo bo'lish
hodisalariga oid bilim, ko‘nikma, malaka va tajriba ko ‘lamini
kengaytirmoqda. Shuningdek, antropolog uchun arxeologiya, pale-
ontologiya, etnografiya, tarix, tilshunoslik lanlarida erishilgan
yutuqlar ham muhim hisoblanadi.
Biologiyaning alohida sohasi hisoblangan antropologiya in-
son tanasining tuzilishi, uning qanday qilib paydo bo‘lganligi,
takomiilashib borganligi, odam gavda tuzilishining qaysi jihatlari
4
bilan hayvonot dunyosigayaqinligini aniq dalil va faktlar yordamida
tushuntiruvchi fandir.
Antropologiya fanining predmeti, mutaxassislarning fikricha,
0 dam evolyutsiyasi - irqshunoslikdir.
Odamning paydo bo‘lishito‘g ‘ risidagi muammo aj dodl arimizni
qadim davrlardan boshlab qiziqtirib kelgan va bu to ‘g‘risida
turlicha fikr-mulohazalar o ‘rtaga tashlangan. Chunonchi qadimgi
Misrda Xnum degaii xudo odamni kulol charxida loydan yasagan
degan fiki' keng tarqalgan.
Y ow oyi, yarim yovvoyi odamlar o ‘zlarini ayrim sut emizuvchi
hayvonlar ayiq, bo‘ri va boshqalarning avlodi deb tushunganlar.
Odamning kelib chiqishi to ‘g‘risida antik dunyo olimlari
diqqatga sazovor fikrlarni aytganlar. Xususan Aristotel o ‘zining
“Hayvonlar tarixi”, “Hayvonlarning tana qismi", “Hayvonlarning
kelib chiqishi” kabi asarlarida odamning organik olamdagi o ‘rni
haqida mulohaza yuritgan. U odam aqlli mavjudot bo ‘lishida faqat
i|oMi emas, balki ko‘p turli sabablar ham ta ’sir ko ‘rsatganligini
aytib o ‘tadi.
Faylasuflardan Anaksimandr (610-546-yillar eramizgacha)
tabiatning boshlanishi haqida to ‘xtalib, odam hayvonlarning
hir necha bor o ‘zgarishi natijasida paydo boMgan. degan g'oya-
ni ilgari suradi. Demokrit (470-380-yillar eramizgacha) va
1 mpedokl(490-430-yillar eramizgacha)lar ham odamning paydo
boMishini hayvonlarga bog‘laydilar.
Qadimgi Rim olimlari orasida Lukretsiy Karning (95-51-
villar eramizgacha eramizgacha) antropologiya sohasidagi xizmati
! vqiyos. U organik olam. odamning tabiiy ravishda paydo boMishini
Narsalar tabiati” deb nomlangan asarida bayon etadi. Yevropada
\ristian dinining paydo bo'lishi bilan tabiiy bilimlar uzoq vaqt
inqirozga uchradi.
0 ‘rta asrlarda dastlabki odamlar hayvonlardan paydo bo‘l-
ganligini Abu Nasr Farobiy qayd qilgan [24]. Bu vaqtda Abu
Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar odam tanasining tnzilishini
o ‘rganish bo‘yicha bir qancha kashfiyotlar qiidilar. Ibn Sinoning
5 jildlik “Tib qonunlari” asari shular jumlasidandir. Ushbu qomusiy
asarning birinchi jildida odam tanasining tuzilishi va funksiyalari,
qaddi qomati haqida so‘z yuritiladi.
Abu Rayhon Beruniy odamlaming rangi, qiyofasi, tabiati va
axloqining turlicha bo‘lishi tuproq, suv, havo va odamlar yashab
turgan muhit sharoitiga bog‘liq, deydi.
U yg‘onish davrining buyuk rassomi Leonardo da Vinchi
odamning tana tuzilishini, suyaklar va muskullar rasmini chizib.
odam va maymun qo‘Marini taqqoslagan.
Odam irqlari haqidagi bilimlarning paydo bo‘lishida geografik
sayohatlar muhim ahamiyatga ega b o id i. Masalan, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Xristofor Kolumb, Vasko da Gama, F. Magellan
dunyo bo ‘ylab sayohat qilib, odam irqlari haqidagi dastlabki m a’lu-
motlarni to ‘plashgan.
F. Magellan va uning dengizchilari Afrika qirg'oqlarida dastlab
maymunlami uchratganlarida ulaming tashqi qiyofasi, ko‘p hatti-
harakatlari odamlarga o'xshash ekanligini ko ‘rib hayron qolganlar.
Keyinehalik maymunlar va odamlar orasida juda ko ‘p o ‘xshashlik
borligi ay on bo‘la boshladi.
O 'sim lik va hayvonlar sun' iy sistemasini yaratgan Karl Linney
odamning Xudo yaratganligiga ishonsa ham, biroq primatlar tur-
kumini ajratgan va unga maymunlar bilan birga odamlarni ham
kiritgan. Bu haqda gapirganda K. Linneyning afsuslanib ”‘Oh
maymundek jirkanch bir maxluq bizga o ‘xshasa!” degan nolasini
eslab o‘tish o ‘rinlidir.
Fan tarixida odamning tabiiy yo ‘l bilan paydo bo’lganligini
birinchi bo‘lib aytgan va uni isbotlashga uringan mashhur
fransuz olimi Jan Batist Lamark hisoblanadi. U dastlabki odamlar
daraxtlardagi shoxdan-shoxga коb chib yuruvchi maymunlarning
yerda yurishga o'tgan ajdodolaridan kelib chiqqan degan fikrni
6
ilgari surgan. Lamark uqtirishieha, maymunlarning tik holda
vurishga o‘tishi tananing o'zgarishiga va to ‘g ‘rilanishiga olib
kelgan. To‘da-to‘da bo‘lib hayot kechirish esa nutqni rivojlantirgan.
Odamning paydo bo ‘lishini J.B.Lamark muhitning, maymunlar
in lab istagining o ‘zgarishi, organlarning mashq qilish va qilmasligi
hi Ian tushuntirgan.
Odamning paydo bo‘lish muammosini hal etishda evolyutsion
Uf limotning asoschisi Ch. Darvinning 1859-yil nashr qilingan “Ta
biiy tanlanish yo ‘li bilan turlaming kelib chiqishi yoki yashash
uchua moslashgan zotlaming saqlanib qolishi” degan mashhur asari
muhim o'rin tutadi. Qayd etilgan asarda olim organik olamning
luirakatlantiruvchi omillari bo‘lmish irsiy o ‘zgaruvchanlik, yashash
uohun kurash, tabiiy tanlanish g'oyasi yaqin o ‘rtada odamga ham
tatbiq etilishini bayon etgan. Bu bilan cheklanib qolmay, 1871-yili
" (tdamning paydo b o iish i va jinsiy tanlanish” maxsus asarini nashr
i-tlirgan. Darvin ushbu asarida Yer yuzida odamning paydo bo ‘lishi
lasodifiy ho d isabo ‘lmay, balki hayvonot dunyosining million yillar
davom etgan tadrijiy taraqqiyoti natijasi ekanligini asoslab bergan.
I ' odarnlaming hayvonlarga o ‘xshashligini solishtinna anatomiya,
inorfologiya. embriologiya, paleontologiya, biogeografiya dalilla-
liga tayangan holda isbotlab berishga harakat qilgan. Darvin
dastlabki odamlar ehtimol kaynazoy erasining uchlamchi davrida
\ ashab so‘ng qirilib ketgan odamsimon maymunlardan kelib chiq-
t.[an bo'lishi mumkin degan.
Charlz Darvin yashagan davrda odam hayvonlardan kelib
oliiqqanligini isbotiovchi paleontologik dalillar nihoyatda kam
i-di. XIX asrning oxirlari va XX asrga kelib qazilma holda tik
yuruvchi maymunlar m aym un bilan odam o ’rtasidagi oraliq
Iormalarini suyak qoldiqlari k o ‘plab topildi. Bu esa bir tom ondan
odamning kelib chiqishi tarixini aniqlashtirishda, ikkinchi
lomondan antropologiyani fan sifatida shakllanishida muhim
aluuniyat kasb etdi.
Nemis ideologiyasi asoschilari ham insoniyat tarixining dast-
labki sharti bu muayyan tana tuzilishiga ega bo ‘lgan inson indi-
vidlarining mavjudligidir, odamlaming qolgan tabiatga munosa-
bati tana tuzilishiga bog‘liq deb ta ’kidlashgan. Jumladan. F. Engels
antropologiya haqida “Odam morfologiyasi va fiziologiyasidan
hamda uning irqlarming morfologiyasi va fiziologiyasidan tarixga
o'tishda vosita bo'I lb xizmat qiladigan” fan deb ta ’rif beradi.
1859-yili Parijda Antropologik ilrniy jam iyat tuzildi va An-
tropologik muzey tashkil etildi. Antropologik jam iyat 1963-yili
Londonda, 1964-yili esa Moskvada, shuningdek, Germaniya.
Italiya va boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi.
Xususan, XX asrning 20-yillarida mamlakatimizda 0 ‘rta Osiyo
Davlat universiteti (hozirgi 0 ‘zMu)ning biologiva fakultetida an
tropologiya kafedrasi va muzeyi tashkil etiladi. Kafedra mudiri
prof, L.V. Oshanin va uning shogirdi V.Y. Zizenkova talabalarga
antropologiya bo‘yicha m a’ruza o‘qish, laboratoriya mashg'u-
lotlarini o ‘tkazish bilan birgalikda 0 ‘rta Osiyo xalqlarining irqiv
tafovutlarini tadqiq qila boshlaydiiar. Keyinchalik bu soha dotsent
Q. Najimov va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
Arxeologlar va antropologlar olib borgan tadqiqotlar natijasida
1935-yil Surxondao/o viloyatining B o‘ysun tog‘idagi Teshiktosh
g ‘oridan neandertal bolaning, 1950-yillarda Farg‘ona vodiysi
hududida Chashma, So'x, Selengur, Toshsan manzilgohlarida 1,5
yarim million yillar oldin yashagan eng qadimgi odamlaming
(Homo erectus -tik y u ru v ch i) suyak qoldiqlari, 2003-yili Toshkent-
dan 100 km uzoqdagi Obi Rahmat g ‘oridan 50 ming yil muqaddam
yashagan odamning suyak qoldiqlari topildi. Hozirgi vaqtda ham
O ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya
instituti, O ’zbckision Milliy universitetining arxeologiya kafedrasi
professor-o‘qtuvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan 0 ‘zbekiston-
ning turli hudadlarida arxeologiL antropologik tadqiqotlar olib
borilmoqda.
Boshqa mamlakatlar -qatori respublikamizda ham odamning
qazilma vakillarini, ular yashagan g ‘orlar, manzilgohlar, yasagan
qurollarini o ‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan antropologik va
genetik tadqiqotlar Markaziy Osiyo, xususan 0 ‘zbekiston qadimgi
odamning shakllanish markazlaridan biri bo'lganligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |