Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
raqamli iqtisodiyotni vujudga kelishi;
raqamli iqtisodiyot, elektron savdo, iqtisodiyotni raqamlashtirish mohiyatini anglab olish;
raqamli iqtisodiyotda biznesni boshqarishning xususiyatlarini bilish;
elektron biznes modellarini tashkil etish va boshqarish haqida tasavvurga ega bo’lishi;
makro hamda tarmoqlar darajasida turli iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qilishning asosiy yondashuvlari;
raqamli iqtisodiyotning texnologik, holatiy, tashkiliy-huquqiy hamda institutsional xususiyatlarini inobatga olgan holda vaziyatlarni to‘g‘ri modellashtirish, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etish;
blokchayn texnologiyalarning mohiyatini anglab etish;
global axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish usul va yo‘llarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “blokchayn” texnologiyalarini joriy etish;
davlat-xususiy sherikchilik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish, eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni amalga oshirish;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun platformalar tashkil etish;
startaplarni ishlab chiqish va amalga oshirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
raqamli transformatsiyaning ijobiy hamda salbiy oqibatlari, ularga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
raqamli iqtisodiyotning makro hamda mikro darajadagi ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholash;
axborot xavfsizligi muammolarini aniqlash;
davlat xususiy sherikchilik asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish;
biznes jarayonlarini samarali tashkil etishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va ularni baholash;
elektron tijorat modellaridan samarali foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.