Fan bo‘yicha kurs ishi (loyihasi) O‘quv rejada fan bo‘yicha kurs ishi rejalashtirilmagan
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi - o’qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalanadi:
ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;
berilgan mavzular bo’yicha axborot (referat, taqdimot) tayyorlash;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash;
maxsus adabiyotlar bo’yicha fanning bo’lim yoki mavzulari ustida ishlash;
talabalarning o’quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanning bo’lim va mavzularini chuqur o’rganish;
keys-stadilar va o’quv loyihalarini mustaqil bajara olish;
faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlarini o’zlashtirish;
Mustaqil ishni tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar to’plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy mavzulari bo’yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar yechish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.
“Raqamli iqtisodiyot” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan quyidagi mavzu ko’rinishida shakllantirilgan:
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari
O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy asoslari.
Raqamli iqtisodiyotning xususiyatlari va xorijiy davlatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi.
Innovatsion g‘oyalar, yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarishga, jamiyat hayotiga izchil tadbiq etish.
Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liklikni baholash.
Elektron biznesning mohiyati va rivojlanish xususiyatlari.
Internet tarmog‘ida biznesning yaratilish xususiyatlari.
Raqamli iqtisodiyotning ekotizimi.
Elektron tijorat (e-commerce) va savdo (e- trade) xususiy belgilar va farqlar.
Raqamli iqtisodiyotning biznesga ta’siri: imkoniyatlar va xavf-xatarlar.
Kelajak texnologiyalari va raqamlashtirish oqibatlari.
Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalar.
O‘zbekiston bozoriga mobil qurilmalarning kirib kelish xususiyatlari.
Biznes jarayonlarini boshqarishda fikrlash-dizaynining xususiyatlari.
G‘oyalar ishlab chiqish.
O‘zbekistonda 2030 yilgacha BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi va Butunjahon bankining tadbirkorlikni yuritish indeksidagi o‘rni.
Elektron ta’lim bozorining rivojlanishi va ta’lim plotformalari.
O‘zbekistonda elektron ta’limni rivojlantirish yo‘nalishlari.
Sanoatda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish.
Raqamli marketingni rivojlanishi va kelajagi
O‘zbekistonda “Aqlli shahar konsepsiyasi”ning rivojlanishi.
Raqamli xavfsizlik masalalari va uni ta’minlash yo‘llari.
Rivojlangan mamlakatlarda elektron biznesning holati tahlili.
Korxona va tashkilotlarda elektron xizmatlar ko‘rsatishninng afzalligi va kamchiliklari.
Raqamli xizmatlar sifatini ta’minlashda xalqaro standart talablari.
O‘zbekistonda elektron xizmatlar sifatini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari.