“TASDIQLAYMAN” Payariq tumani maktabgacha ta`lim tahkiloti rahbari OBLAQULOVA R.___________________
SAMARQND VILOYATI MAKTABGACHA TA`LIM BOSHQARMASI PAYARIQ TUMANI mtbga qarashli 39- MTT tarbiyachisi PARMANOVA NARGIZANING mujassam mashg`ulot ishlanmasi.
MAVZU: KUZ BO'YOQLARI Maqsad: A)Ta`limiy maqsad: Lu`g`at boyligini faollashtirish.ranglarni farqlashga o`rgatish, ranglar haqidagi bilmlarini muslahkamlash.
B)Tarbiyaviy maqsad: Bolalarda sog`lom turmush tarzini shakllantirish. (dastro`molcha tutish va o`z vaqtida kiyimini almashtirishga odatlantirish)Bir-birlari bilan dustona munosabatda bo`lishga o`rgatish.
A)Rivojlantiruvchi maqsad;O`yin jarayonida hamkorlik hamjihatlik, mustaqillik va faollikni tarbiyalash. Meva va sabzavotlarni qanday istemol qilish haqidagi bilmlarni mustahkamlashga.
Kerakli jihozlar: Mavzuga mos tarqatma materiallar, rasmlar,
Mashg`ulotning borishi: Tarbiyachi bolalar bilan salomlashadi va diqqatni jamlash uchun “Bir, ikki, uch” o`yinini o`ynatadi. O`yin to`gaganidan so`ng tarbiyachi enerjayzer o`tkazadi.
Shundan so`ng xonaga tartibsiz va kir kiyemda, burni oqgan holatdagi Bilmasvoy kirib keladi.
Tarbiyachi:-Salom Bilmasvoy xush kelibsan!
Bilmasvoy:- Men ham mashg`ulotda qatnashmoqchiman!
Tarbiyachi:-Voy Bilmasvoy salom yo`q alik yo`q, tartibsiz kiyingansan, burningni artmagansan. Bu yaxshi emas. Qani dastro`molchangni olib burnigni artib olchi.
Bilmasvoy ro`molchasini izlaydi ammo topa olmaydi. Bolalardan biri ro`molchasini uzatadi.
Trabiyachi- yoq-yo`q shoshma! Birovni ro`molchasidan boshqa birovning foydalanish juda noto`g`ri.. Yaxshisi sen unga nam artgiching bo`lsa berganing ma`qul. Shunda u burni yoki qo`lini artadi va axlat qutiga tashlab yuboradi.
Bola: xo`p bo`ladi diydi va nam artgichidan uzatadi.
Bilmasvoy burnini artib mashg`ulotda qatnashishga roxsat so`raydi.
Shundanso`ng, tarbiyachi bolalarga
“Qanday yaxshi” She`rinio`rgatadi.
Qanday yaxshi bolalar
Tozalik ozodalik.
Go`zal xo`lq atvor bilan,
Hamisha payvastalik.
Tarbiyachi bolalarni til va nutq markaziga taklif qiladi va “Suv tomchisi” hikoyasini aytib beradi.
“Tomchixonni tariflaymiz” o`yini Maqsad:bolalarda yaxshi fazilatlarni shakllantirish.
Tarbiyachi qo’liga to’p olib bolalarga otadi va har bir otganida savol bilan murojaat qiladi. To’pni ilib olgan bola Tomchixonga bitta ta’rif aytadi. Masalan: Tomchixon qanday qiz!... Tomchixon nega sog`lom?
O’yinda faol qatnashgan bolalar rag’batlantiriladi.
San`at markazi:O`yindan so`ng tarbiyachi bolalarni markazlarga taklif qiladi va bolalar amaliy vazifalar bajarishadi. Birinchi stolga paxta va gugurt cho`plari qo`yiladi. Bolalar paxtani cho`pga o`rashadi va rasm chizadi. Ikkinchi stolga chigiti ajratilmagan paxta qo`yiladi. Bolalar chigitini ajratadi va chigitdan hohlagan matematek fegurani shaklini tasvirlaydi.Uchinchi stolga paxta va yostiqcha uchun maxsus g`lof qo`yiladi. Bolalar g`ilofga paxtani solishadi va ipini tortib bog`lab qo`yishadi. Bolalar yasagan narsalarini uylariga olib ketishlari mumkin bo`ladi.