A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Laboratoriya ishini o’tkazishda foydalaniladigan o’quv materiallari



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

 
Laboratoriya ishini o’tkazishda foydalaniladigan o’quv materiallari:
ko’rgazmali 
qurollar, natural namunadagi qurilish materiallari(bog’lovchi), virtual namunadagi o’quv-
laboratoriya jihozlari, xisoblash jadvallari. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
57.
Qosimov I.K. Qurilish materiallari. Darslik. T., Mexnat. 2004. 
58.
Maxmudova N.A.Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, 
qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2012. 
59.
Nuritdinov X.N., Qodirova D.SH. Bog‘lovchi moddalar va qurilish materiallarini 
tadqiq etish usullari. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya 
markazi., 2012. 
60.
Voljenskiy A.V. Mineralnыe vyajuщie veshestva. M., Stroyizdat. 1979. 
61.
N.A.Maxmudova Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. (lotin imlosida). T. 
Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2015. 
62.
Samig‘ov N.A. Bino va inshootlarni ta’mirlash materialshunosligi. TAQI. T. 
2005. 
63.
N.J.Parsaeva, I.Bozozrov “Bog’lovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarish 
bo’yicha o’quv qo’llanma(Praktikum)”. 
 
3- LABORATORIYA ISHI (2 soat) 
MAVZU: SEMENT XAMIRINING ME’YORIY QUYUQLIGINI (SUV SEMENT 
MIQDORINI) ANIQLASH 
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar: 
1.
vika asbobi, 
2.
tarozi,
3.
qorishtirgich.
 
Umumiy tushuncha. Narmal quyuqlikni aniqlash, sement suv nisbatini bildiradi. 
Suv miqdori % da o‘lchanadi.
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi:
 
Sement hamirining normal quyuqligi Vika asbobida GOST 310.3-76 ga muvofiq 
aniqlanadi. Buning uchun asbobning ignasi o‘rniga diametri 10 mm va uzunligi 50 mm 
keladigan metall sopcha (keli) o‘rnatiladi. Harakatlanadigan sterjenning metall sopcha bilan 


141 
birgalikdagi massasi 300±2 g ni tashkil etishi lozim. Sinash oldidan sterjenning bemalol 
surilishini, metall sopchaning tozaligini, o‘zak miliniig vaziyatini tekshirish kerak xalqa va 
plastinkani mashina moyi bilan yupqa qilib moylash zarur.
Tekshiriladigan sementdan tarozida 400 g tortib olinib, xo‘l latta bilan artilgan 
metall kosaga solinadi, sementning o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga normal 
quyuqlikda hamir qorishga etadigan miqdorda o‘lchab quyilgan suv quyiladi. Sementdan 
birinchi marta hamir qorib qurish uchun taxminan 110-112 sm
3
(sement massasining 25-28%
miqdorida) suv olinishi kerak. Suv quyilgan chuqurchaga po‘lat kurakcha bilan sement 
to‘ldiriladi va 30 sekunddan keyin ehtiyotlik bilan aralashtiriladi, hosil bo‘lgan hamir 
kurakcha yordamida iylanadi va kosa vaqt-vaqti bilan 90° ga aylantiriladi. Hamir qorish va 
uni iylash jarayoni sementdagi chuqurchaga suv quyilgan paytdan hisoblab 5 minut davom 
etishi lozim. Qorilgan hamirni shisha plastinka ustidagi xalqaga bir yo‘la joylash, xalqani 
besh-olti marta silkitish uni plastinkaga bosib turgan holda, plastinkani stolga sekinsekin 
urish lozim. Sement hamirining ortiqchasi xo‘l latta bilan artilgach pichoqda sidirib 
tashlanadi. Xalqa plastinkasi bilan birga Vika asbobining sterjeni tagiga qo‘yiladi, metall 
sopcha xalqaning qoq o‘rtasida hamirga tekkiziladi va qisish vintini burab shu vaziyatida 
mahkamlanadi. SHundan keyin qisish vinti burab bo‘shatiladi, shunda sterjen bilan birga 
sopcha ham hamirga botadi. Sterjen bo‘shatilgach paytdan 30 sekund o‘tgach, metall 
sopchaning hamirga botish chuqurligi asbob shkalasidan yozib olinadi. Agar sopchaning 
uchi shisha plastinkaga 5-7 mm etmagan bo‘lsa, unda hamirning quyuqligi normal 
hisoblanadi. Agar xamirga botirilgan sopcha 5-7 mm dan balandroqda to‘xtagan bo‘lsa, 
tajribani takrorlash uchun kuproq suv qo‘shib xamir qorishga to‘g‘ri keladi. Agar metall 
sopcha bundan pastrokda to‘xtasa, sinaladigan hamirga suv kamroq qo‘shilishi lozim. 
Xullas, hamirning normal quyuqligi topilgunga qadar suv miqdori o‘zgartirilaveradi. Normal 
quyuqlikdagi hamir hosil bo‘lishi uchun talab qilinadigan suv miqdori (%) sementning 
massasi bo‘yicha 0,25% gacha aniqlikda hisoblab chiqarilishi lozim.
3-rasm. Silkitish stolchasi sxemasi 
1-jadval
Tajriba nomeri
Suv mikdori
Asbobni 
kursatishi
Pestikni botish 
chuqurligi,mm
sm
3
%

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin