2
O‘quv uslubiy majmua Jizzax politexnika instituti
Kengashi tomonidan
2021 yil __ __________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqlangan fan dasturi
asosida ishlab chiqilgan.
O‘quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirining 2017 yil 1 martdagi “Yangi o‘quv uslubiy
majmualarni tayyorlash
bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmani tavsiya etish to‘g‘risida”gi 107-sonli buyrug‘iga
asosan tayyorlandi.
Tuzuvchilar:
O‘UM Jizzax politexnika instituti Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya
qilingan (2021 yil “___” ________ dagi ____ – sonli bayonnoma).
A.X. Mamirov
− JizPI, “QM va K” kafedrasi katta o’qituvchisi
Z.H. Qurbonov
− JizPI, “QM va K” kafedrasi assistenti
3
MUNDARIJA
T.s
Nomlanishi
Sahifasi
1
Kirish
2
Ma’ruzalar
matni
3
Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy
qo’llanma
4
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish
va baholashga doir uslubiy ko’rsatmalar
5
Referat mavzulari ro’yxati
6
Glossariy
7
Fanning o’quv dasturi
8
Fan bo’yicha ishchi o’quv dasturi
9
Tarqatma materiallar
10
Nazorat savollari
11
Test savollari
12
Baholash tartibi va
mezonlari
13
Adabiyotlar ro’yxati
14
Muallif haqida ma’lumot
4
KIRISH
“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” va
“Yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish
texnologiyasi” ta'lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlashda o’qitiladigan
asosiy fanlardan biri “Bog’lovchi moddalar” fanidir. Bu fan “Qurilish materiallari,
buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta'lim yo’nalishi bo’yicha
tayyorlanadigan bo’lajak bakalavrlarga turli sharoitlarga, vazifalarga mo’ljallangan
bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish tarkibi, texnologiyasi, qo’llanilish sohasi va
xususiyatlri to’g’risida bilimlarni hamda O’zbekiston
Respublikasi xududidagi
barcha xom ashyo va ikkilamchi resurslardan xabardor bo’lishni o’rgatadi.
Mazkur fanni o’rganish davomida talabalar rеspublikamizda va xorijiy
mamlakatlarda kеng qo’llanilayotgan bog’lovchi
moddalar, zamonaviy qurilish
materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari hamda fan
va texnika yutuqlari fan
tarixi va rivojlanish an'analari bilan tanishadilar.