A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Mineral (anorganik) bog‘lovchi moddalar



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

 
Mineral (anorganik) bog‘lovchi moddalar. 
Qadim zamonlarda parchalangan va butun toshlarni bir-biriga zich joylashtirib yoki 
band, qavs bilan qisib inshootlar qurishgan. Biroq bunday usulda katta inshootlar qurish qiyin 
edi, shuning uchun odamlar toshni bir-biriga biriktirishning boshqa yo‘llarini izlay bosh-ladilar. 
Ular dastlab gildan foydalanishgan, birok gil qurigan vaqtda kichrayadi, bu esa ravshanki
yoriqlar xosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan qutilish maqsadida qumtuprokdan foydalana 
boshladilar, mustaxkamligini oshirish uchun esa turli xil tolasimon moddalar qushdilar, 
eramizdan taxminai 3-4 ming yil avval quydirish yo‘li bilan olinadigan bog‘lovchi moddalar 
paydo buldi. Ulardan eng birinchisi gips edi. Gips uncha yuqori bo‘lmagan xaroratda.ya’ni I40-
190°C da gips tarkibli jinsni kuydirib olingan. So‘ngra ohakdan xam foydalanila boshlandi. Gips 
va ohakning bunchalik erta ishlatilishiga tabiatda 
gipstosh 
va ohaktoshning kup tarkalganligi va 
ularni 
qayta 
ishlash osonligi sabab buldi. Gips va ohak quydirilganda o‘zgarish xosil bulishi 
ulardan bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin, degan fikrni yuzaga 
keltirgan bo‘lsa ajab emas. Rivojlanayotgan shaxar xo‘jaligiga va yo‘l qurilishiga suvga 
chidamli, mustaxkamligi yuqori bo‘lgan bog‘lovchi moddalar kerak edi. SHuning uchun barcha 
mamlakatlarda ohakdan keng foydalanildi, barcha 'ilmiy ishlar esa tarkibi ohakli xom-ashyoning 
sifatini yaxshilash va bu xom-ashyo asosida qurilish moddalari olish texnologiyasini 
takomillashtirishga qaratilgan. 



Jumladan, Rossiyada, xamda qadimgi rus shaxarlari Kiev, Novgorod, Pskov, Rostov va 
Moskva shaxar devorlarini, ibodatxona va minoralarini qurishda ohakli xom-ashyodan 
foydalanilgan. 
Angliyada Disan Smitontarkibidagiqushimchalari bor kuydirilgan ohak maxsulotini 
tatbiq etdi. Bu bog‘lovchi modda gidravlik xossaga ega edi, shuning uchun uni gidravlik ohak 
deb ataldi. So‘ngra esa putssolon va ohak aralashmasidan iborat maxsulot olindi va u 
romansement deb ataldi. 
1825 yilda E.G.CHelievning kitobi nashrdan chiqdi. U o‘z kitobida sun’iy xom-ashyo 
aralishmasidan iborat bog‘lovchi moddani ishlab chi-qarish texnologiyasi xaqida batafsil yozgan 
edi. Sun’iy xom-ashyo esa ohaktoshni quydirish natijasida xosil bo‘lgan bir qism ohakdan va bir 
qism gildan iborat. Bu modda suv bilan aralashtiriladi, so‘ngra quydiriladi va xosil bo‘lgan 
maxsulot maydalanadi xamda uni bochkalarga joylashtiriladi. Bunda CHeliev mustaxkamlikni 
oshirish uchun gips qushishni tavsiya etdi. 
CHeliev bilan bir vaktning o‘zida ingliz olimi Djozef Aspdin bog‘lovchi modda - 
portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasini taklif etdi. Bu modda qattiq xolda Portland 
shaxridagi toshga o‘xshardi. Rossiyadamaxsulot xolidagi portlandsement 1856 yilda Trodzetse 
shax-rida ishlab chiqarilgan. 
Lenin shisha, farfor, albaster, sement ishlab chiqarishni rivojlantirish xaqidagi 
ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, sement ishlab chikarishni ko‘paytirishga aloxida axamiyat bergan. 
Sement 
sanoatini 
rivojlantirishga 
va 
qurilishiga 
portlandsementni 
tatbiq 
etishga 
A.R.SHulyachenko (1841-1903 yy) va boshka ko‘pgina olimlar katta hissa qo‘shdilar. Ular 
birinchi bo‘lib portlandsement ishlab chiqarishni ruscha variantini taklif etdilar. 1885 yil 
Rossiyada sement ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi s’ezd tashkil etildi va 
1903 
yilda birinchi 
mustaqil jurnal "Sement" ning dastlabki nashri chop etildi. Keyingi yillar davomida sovet 
olimlari N.M.Belyaev, I.P. Aleksandriy va B.G.Skramtaev beton tayyorlashning xam nazariy,
xam amaliy qismiga juda ko‘p yangiliklar kiritdilar. 
Birinchi jahon urushi va grajdanlar urushi yillarida sement ishlab chiqarish keskin 
kamayib ketdi. Sovet davlati amalda sement sanoatini yangitdan tuzishiga to‘g‘ri keldi. 
Qurilayotgan va qayta tiklanayotgan zavodlar yangi jixozlar bilan ta’minlanadi. Texnologiya 
operatsiyalarni boshqarish jarayonining avtomatlashtirish soxasida muxim ishlar boshlanib 
ketdd. Sementning turli xil yangi turlari paydo bo‘ldi. Mineral bog‘lovchi moddalar xakidagi 
fanni rivojlantirishda xamda uni ishlab chiqarishni tashkil va tatbik etishda atoqli olimlardan 
Voljenskiy, YU.M. Bunin, V.V.Timashev , M.M. Sыchev , V.D.Gluxovskiy xamda boshqalar 
faol ishtirok etdilar. Kukunsimon moddalar bog‘lovchi moddalar deb ataladi. Bunday moddalar 
suv bilan reaksiyaga kirishganda plastik, ya’ni qovushqoq xamir xosil qiladi. Bu xamir esa fizik-
kimyoviy jarayon natijasida o‘zidan-o‘zi qotadi. Bog‘lovchi moddalar o‘zning tarkibiga ko‘ra 
ikkita katta guruxga bulinadi: 1. anorganik (ohak, sement, gips, suyuq,shisha va boshqa); 2. 
organik (bitum, elim, polimer). Ularni qizdirib, suyuklantirib yoki organik suyukliklarda eritib 
ishchi xolatga keltiriladi. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin