10
Bu bog‘lovchi modda oldin xavo muxitida qotgach uzoq vaqt davomida xar xil kislotalar
ta’siriga qarshilik kursatishi mumkin.
SNiP I-V,2-69 qoidalariga kura yuqorida aytilib o‘tgan
moddalar bilan bir qatorda
aloxida guruxga avtoklavda qotuvchi bog‘lovchi moddalar ajratilgan. Bularning qotish jarayoni
yaxshi o‘tishi uchun bosimi 0,8-1,5 MPa ga teng bo‘lgan to‘yingan bug‘ bo‘lishi lozim. Bu
guruxga ohak-kvars, ohak-shlak,ohak-kulli, mikroqushimchali sementlar,
jumladan kvars qumi
asosidagi qumli sementlar misol bo‘ladi. CHunki ular gidrotermik va shunga yaqin muxitda
yaxshi qotadi. Ularni ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich xom-ashyo sifatida tabiiy birikmalar,
masalan, ohak, giltuproq, ishlab chiqarishdagi chiqindilari va xakazolardan foydalaniladi.
Gips monomineral bog‘lovchi moddalarga kiradi. Qurilishda uning eng ko‘p tarqalgan
turi β - yarimsuvli gips xisoblanadi. Xozirgi paytda ko‘proq mustaxkamligi yuqori bo‘lgan α -
yarim suvli gips (CaSO
4
∙0,5H
2
O) ishlab chiqarilmoqda. Uning kristallari yirikrok bo‘lib, suvni
kam talab qiladi, bundan tashqari β (CaSO
4
∙0,5H
2
O) ga nisbatan
mustaxkamligi va zichligi
yuqori.
Gipsli bog‘lovchi moddalar issiqliq ishlovi haroratiga ko‘ra, asosan ikki guruxga
bo‘linadi: Past haroratda kuydirilgan faqat gipsli) va yuqori darajada kuydirilgan (angidritli),
past haroratda kuydirilgan gipsli bog‘lovchi moddalar quyi haroratda (110-180
0
C) kuydirildi va
asosan yarim suvli gipsdan iborat bo‘ladi, u tez qotadi. Ularga qurilish gipsi, mustaxkamligi
yuqori bo‘lgan gips, shuningdek shaklli xamda tibbiy gips kiradi. YUqori darajada kuydirilgan
gips olish uchun gips yuqori haroratda (600-900
0
C) kuydiriladi.
U asosan suvsiz gips
(angidrid)dan iborat bo‘lib, sekin qotishi bilan farqlanadi. Ularga angidrid bog‘lovchi va yuqori
xaroratda kuydirilgan gips (Estrix gips) kiradi. Quyi haroratda kuydirilgan moddalar, shu
jumladan qurilish gipsi asosan ko‘proq ishlab chiqariladi.
Gipsli moddalar ishlab chiqarish uchun tabiiy gips toshi CaSO
4
∙2H
2
O va tabiiy angidrid
CaSO
4
, gilgips
,
shuningdek, asosan kalsiy sulfat,
xamda fosfor gipsdan, borogipsdan tarkib
topgan kimyo sanoatning turli xil chiqindilari xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Ikki molekula suvli gips engil mineral hisoblanadi. Uning Moos shkalasi bo‘yicha
qattiqligi 2 ga teng, zichligi 2,2-2,4/sm
3
, angidridniki esa 2,9 - 3,1 g/sm
3
ga teng. Toza ikki
molekula suvli gipsning tarkibi 32,56% CaO dan 46,51% SO
3
, 20,93% H
2
O dan iborat. Angidrit
odatda gipsli tosh qazilmalarida qo‘riqlovchi qavat sifatida uchraydi. Kimyoviy toza angidritning
tarkibi 41,19% CaO - 45,81% SiO
3
dan iborat.
Er osti suvlari ta’sirida angidrit asta-sekin suvsizlanadi va ikki molekula suvli gipsga
aylanadi. Fosfogips - fosfat kislota ishlab chiqarish sanoatining chiqindisi hisoblanadi.
Fosfogipsning tarkibi asosan ikki molekula suvli gipsdan iborat. Ikki molekula gips CaSO
4
∙2H
2
O
ni yarim molekula suvli CaSO
4
∙0,5H
2
O yoki suvsiz angidrit CaSO
4
gacha suvsizlashtirish gipsli
bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Yarim
molekula suvli gipsning
nazariy tarkibi 38,63% CaO, 55,18% SO
3
va 6,21% H
2
O iborat ikki molekula suvli gipsning
suvsizlanishi darajasi harorat va qizdirish muddati, xamda bug‘ bosimiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: