14
yostiqsimon kristallar ham gips uchun xos. Qo‘shayri tizimlar hosil bo‘lishi tufayli ikki yoki bir
necha tarsaksimon qayrilgan shakldagi kristallar ham uchraydi. Kristallar ba’zan yirikroq
shoxshabba shakllarga birlashadi. Kristallarning yorug‘lik nurini sindirish ko‘rsatkichi:
Ng=1,5305; Np=1,5207.
Optik o‘qlar oralig‘idagi burchak 2V=58
℃
. Gips
kristallari rangsiz va shaffof, biroq
tarkibida aralashmalar bo‘lsa, xilma-xil, masalan, kul rang, sarg‘imtir,
qizgimtir ranglarga ega
bo‘ladi. Gipsda bir tekis tarqalgan oz miqdordagi aralashmalar gipsdan hosil qilinadigan
bog‘lovchi moddaning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Gips-toshning zichligi undagi aralashmalarga bog‘liq bo‘lib 2200…2400 kg/m
3
ni
tashkil qiladi. Gipsdan tayyorlangan suniy gips “toshi” hajmiy massasi 1300… 1600 kg/m
3
dan
iborat bo‘lib, namligi keskin ravishda 3…5 % va undan ko‘p chegarada o‘zgarib turadi. Moss
shkalasi bo‘yicha gips toshining qattiqligi 2.
Gipsning suvda eruvchanligi (kalsiy sulfat hisobida) 18
℃
temperaturada – 0,2% 40
℃
temperaturada-0,21 va 100
℃
da – 0,17 %. SHuni aytish kerakki, temperaturaning 32
℃
dan 41
℃
gacha oralig‘ida gipsning eruvchanligi eng yuqori bo‘ladi. Turli tadqiqotchilarning
ma’lumotlariga ko‘ra, gipsning suvda eruvchanligi turlicha. Gipsning suvda eruvchanligi
gipsning o‘ta to‘yingan eritmalar hosil qilish qobilyatiga, shuningdek uning kristallarining katta
kichikligiga bog‘liq. Gulletning ma’lumotiga ko‘ra 25
℃
da gipsning eruvchanligi, kalsiy oksid
hisobida 2 mkm kattaligidagi kristallar uchun 2,08 g/l
ga etadi, kristallar kattaligi 0,3 mkm
bo‘lganda esa eruvchanlik 2,47 g/l ga teng. Agar kalsiy oksid gidrati ishtirok etsa, kalsiy
sulfatning eruvchanligi susayadi. Gipsning suyultirilgan xlorid kislota va azot kislotalardagi,
shuningdek ayrim tuz eritmalardagi eruvchanligi suvdagiga nisbatan yuqori.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik
gipsda past bulib, 1,6…46
℃
temperaturada 0,3 Vt/(m
K)ga
teng. Angidritning kristall to‘ri har biri to‘rttadan molekulali elementar kataklardan iborat bo‘lib,
zich joylashishi tufayli kalsiy sulfat boshqa turlarning kristall to‘rlariga qaraganda ancha
mustahkam.
Dostları ilə paylaş: