9
O’quv fannining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda qurilish industriyasining rivojlanishida issiqlik
izolyasiyalovchi, pardozlovchi, beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish uchun
noorganik, organik, polimer bog’lovchi moddalarni, bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish
texnologiyasini, bog’lovchi moddalar olishda chiqindilardan foydalanish, olingan bog’lovchining
xususiyatlarini aniqlash; minerallarni tanlash va kerakli uskunalarini o’rganish; qurilish
materiallarining tuzilishi; qurilish materiallarini differensial-termik, rentgenografik va
mikroskoplar yordamida o’rganish; olingan natijalarni tahlil qilish; qurilish materiallarining
tuzilishi va undagi o’zgarishlarni o’rganish bo’yicha ushbu fan o’qitiladigan bakalavr ta’lim
yo’nalishlari profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga bog’lovchi moddalar xom ashyosining tarkibi, xossalari,
qabul qilish shartlari, saqlash, bog’lovchi moddalarning xususiyatlari, qurilish materiallari ishlab
chiqarish sanoatining xom ashyosidan keng foydalanish, beton va temir-beton buyumlari ishlab
chiqarishni rivojlantirish, sifatini oshirish, bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish texnologiyasini
loyihalash, zamonaviy texnologiyalarni qo’llashni; mineral xom ashyoning tarkibini, fizik-
kimyoviy usullar tahlili, qizitish jarayonida olingan egri chiziqlar, tekshirilayotgan namunani
mineralogik tarkibi, qurilish materiallarini zamonaviy tekshirish usullarini o’rganishdan iborat.
Takrorlash uchun savollar:
1.
Bog’lovchi moddalar deb nimaga aytiladi?
2.
Bog’lovchi moddalardan tayyorlangan materiallarning qurilishda qo’llanilishi haqida
gapiring?
3.
Fanning maqsad va vazifalari haqida nimalarni bilasiz?
Ma’ruza. № V/2
Dostları ilə paylaş: