11
Ma’ruza. № V/3
Mavzu: Gips bog‘lovchilar va ularning xom-ashyosi, ishlab chiqarish turlari.
Reja:
1.
Gipsli bog‘lovchilar uchun ishlatiladigan xom-ashyolar.
2.
Gips ishlab chiqarish texnologiyasi.
3.
Gipsning turlari va markalanishi.
Tayanch so‘z va iboralar:
gips, ganch, bog‘lovchi, hom- ashyo, yarim molekula suvli gips;
angidritli; gilgips;
borogips.
Gips monomineral bog‘lovchi moddalarga kiradi. Qurilishda uning eng ko‘p
tarqalgan
turi β - yarimsuvli gips xisoblanadi. Hozirgi paytda ko‘proq mustaxkamligi yuqori bo‘lgan α -
yarim suvli gips (CaSO
4
∙0,5H
2
O) ishlab chiqarilmoqda. Uning kristallari yirikroq bo‘lib, suvni
kam talab qiladi, bundan tashqari β (CaSO
4
∙0,5H
2
O) ga nisbatan mustaxkamligi va zichligi
yuqori.
Gipsli bog‘lovchi moddalar issiqlik ishlovi haroratiga ko‘ra, asosan ikki guruhga
bo‘linadi: Past haroratda kuydirilgan faqat gipsli va yuqori darajada kuydirilgan (angidritli), past
haroratda kuydirilgan gipsli bog‘lovchi moddalar quyi haroratda (110-180
0
C) kuydirildi va
asosan yarim suvli gipsdan iborat bo‘ladi, u tez qotadi.
Ularga qurilish gipsi, mustaxkamligi
yuqori bo‘lgan gips, shuningdek shaklli xamda tibbiy gips kiradi. YUqori darajada kuydirilgan
gips olish uchun gips yuqori xaroratda (600-900
0
C) kuydiriladi. U asosan suvsiz gips
(angidrid)dan iborat bo‘lib, sekin qotishi bilan farqlanadi. Ularga angidrid bog‘lovchi va yuqori
xaroratda kuydirilgan gips (Estrix gips) kiradi. Quyi xaroratda kuydirilgan moddalar, shu
jumladan qurilish gipsi asosan ko‘proq ishlab chiqariladi.
Gipsli moddalar ishlab chiqarish uchun tabiiy gips toshi CaSO
4
∙2H
2
O va tabiiy angidrid
CaCO
4
,
gilgips
,
shuningdek, asosan kalsiy sulfat, xamda fosfor gipsdan, borogipsdan tarkib
topgan kimyo sanoatning turli xil chiqindilari xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Ikki molekula suvli gips engil mineral xisoblanadi. Uning Moos shkalasi bo‘yicha
qattiqligi 2 ga teng, zichligi 2,2-2,4/sm
3
, angidridniki esa 2,9 - 3,1 g/sm
3
ga teng.
Toza ikki
molekula suvli gipsning tarkibi 32,56% CaO dan 46,51% SO
3
, 20,93% N
2
O dan iborat. Angidrit
odatda gipsli tosh qazilmalarida qo‘riqlovchi qavat sifatida uchraydi. Kimyoviy toza angidritning
tarkibi 41,19% CaO - 45,81% SiO
3
dan iborat.
Yer osti suvlari ta’sirida angidrit asta-sekin suvsizlanadi, va ikki molekula suvli gipsga
aylanadi. Fosfogips - fosfat kislota ishlab chiqarish sanoatining chiqindisi xisoblanadi.
Fosfogipsning tarkibi asosan ikki molekula suvli gipsdan iborat. Ikki molekula gips CaSO
4
∙2H
2
O
ni yarim molekula suvli CaSO
4
∙0,5H
2
O yoki suvsiz angidrit CaSO
4
gacha suvsizlashtirish gipsli
bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. YArim molekula suvli gipsning
nazariy tarkibi 38,63% CaO, 55,18% SO
3
va 6,21% H
2
O iborat ikki molekula suvli gipsning
suvsizlanishi darajasi
xarorat va qizdirish muddati, xamda bug‘ bosimiga bog‘liq.
Gips monomineral bog‘lovchi moddalarga kiradi. Qurilishda uning eng ko‘p tarqalgan
turi β - yarimsuvli gips xisoblanadi. Xozirgi paytda ko‘proq mustaxkamligi yuqori bo‘lgan α -
yarim suvli gips (CaSO
4
∙0,5H
2
O) ishlab chiqarilmoqda. Uning kristallari yirikrok bo‘lib, suvni
kam talab qiladi, bundan tashqari β (CaSO
4
∙0,5H
2
O) ga nisbatan mustaxkamligi va zichligi
yuqori.
1. Xar xil xaroratlarda gipstoshini
suvsizlantirib CaSO
4
ni bir nechta ko‘rinishdagi
turlarini ishlab chiqarish mumkin:
1) ikki suvli kalsiy sulfat (CaSO
4
∙2H
2
O).
2) α - CaSO
4
∙0,5H
2
O.
3) β - CaSO
4
∙0,5H
2
O.
4) α – suvsizlangan yarim gidrat – α-CaSO
4
5) β – suvsizlangan yarim gidrat – β- CaSO
4
.
6) α – eruvchan angidrit – α- CaSO
4.
7) β – eruvchan angidrit - β CaSO
4
.
8) erimaydigan angidrit - CaSO
4
.
12
Bir xolatlarda 75-80
0
C chan gipsni qizitish uning sekin suvsizlanishi uchun etarli bo‘ladi.
Yarim gidratli gipsni α va β – turlarini yuzaga kelishi issiqlik ishlovini shartlari bog‘liqdir.
Gipsga 97-100
0
C da issiqlik ishlovi berilganda suv gipsdan suyuq xolatda ajraladi. Α-yarim
gidrat xosil bo‘ladi. YArim gidratni β-modifikatsiyasi 100-160
0
C da oddiy qizitishda xosil
bo‘ladi, va undan suv qizigan bug‘ ko‘rinishida chiqib ketadi. Nazariy xisobda yarim suvli gips
modifikatsiyalarida gidratli suv 6,2% miqdorda bo‘ladi. Α-yarim gidratli gipsning kristallari
mayda bo‘lganlari uchun
kam suv sarfini talab qiladi, β – modifikatsiyasi nozik kristall
strukturaga va baland gidratlanish tezligiga ega bo‘lganlari uchun, u ko‘p suv sarfiga talabchan
bo‘ladi.
Eruvchan angidritlar tez tutib qolishi, past mustaxkamligi,
yuqori suvga talabchanligi
Bilan yarim gidratlardan ajraladi. SHuning uchun qurilish gipsni ishlab chiqarishda angidrit xosil
bo‘ladigan xaroratgacha qizdirishdan qochish kerak. Yarim suvli gipsni sifatini yaxshilash uchun
issiqlik ishlovini davomiyligini oshirish kerak, chunki bu xolda gipsni suvsizlanishi uchun
yaxshi sharoitlar yaratiladi va past suvga talabchan maxsulot olinadi.
SHunday qilib, issiqlik ishlovi, jarayonlarni boshqarib har xil xossalarga ega bo‘lgan
bog‘lovchilar olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: