MavZU: Angidrid gips



Yüklə 0,77 Mb.
tarix28.11.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#71043
Angidrid Gips

MAvZU: Angidrid gips


REJA:
  • Gips bog’lovchi moddalar uchun xom –ashyo
  • Gipsli bog‘lovchi moddalar
  • Gipsning xarakteristikasi.

Gipsli bog‘lovchi moddalar issiqliq ishlovi xaroratiga ko‘ra, asosan ikki guruxga bo‘linadi: Past xaroratda kuydirilgan faqat gipsli) va yuqori darajada kuydirilgan (angidritli), past xaroratda kuydirilgan gipsli bog‘lovchi moddalar quyi xaroratda (110- 1800 S) kuydirildi va asosan yarim suvli gipsdan iborat bo‘ladi, u tez qotadi. Ularga qurilish gipsi, mustaxkamligi yuqori bo‘lgan gips, shuningdek shaklli xamda tibbiy gips kiradi. Yuqori darajada kuydirilgan gips olish uchun gips yuqori xaroratda (600-9000 S) kuydiriladi. U asosan suvsiz gips (angidrid)dan iborat bo‘lib, sekin qotishi bilan farqlanadi. Ularga angidrid bog‘lovchi va yuqori xaroratda kuydirilgan gips (Estrix gips) kiradi. Quyi xaroratda kuydirilgan moddalar, shu jumladan qurilish gipsi asosan ko‘proq ishlab chiqariladi. Gipsli moddalar ishlab chiqarish uchun tabiiy gips toshi SaSO4∙2N2O va tabiiy angidrid SaSO4, gilgips, shuningdek, asosan kaltsiy sulfat, xamda fosfor gipsdan, borogipsdan tarkib topgan kimyo sanoatning turli xil chiqindilari xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi
Ikki molekula suvli gips yengil mineral xisoblanadi. Uning MOOS shkalasi bo‘yicha qattiqligi 2 ga teng, zichligi 2,2-2,4/sm3 , angidridniki esa 2,9 - 3,1 g/sm3 ga teng. Toza ikki molekula suvli gipsning tarkibi 32,56% SaO dan 46,51% SO3, 20,83% N2O dan iborat. Angidrit odatda gipsli tosh qazilmalarida qo‘riqlovchi qavat sifatida uchraydi. Kimyoviy toza angidritning tarkibi 41,19% SaO - 45,81% SiO3 dan iborat
Gipsli bog‘lovchi moddalar kuydirilgan gips-toshni maydalab tuyish bilan hosil qilinadi. Gips-toshning kuydirilish temperaturasiga va sharoitiga qarab undan qurilish gipsi, juda mustahkam gips hamda angidridli sement hosil qilinadi. Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi tog‘ jinsi gips (CaSO4∙2Н2О) ni va ayrim sanoat chiqindilarini pishirib, suvsizlantirib bog‘lovchilar olinadi.
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Maos shkalasi bo‘yicha), zichligi 2200-2400 kgg‘m3 bo‘lgan jinsdir. Gips tosh zaxiralarining eng kattasi Buxoro viloyatida mavjud.
150….170 0С da kuydirilgan gips-toshni tuyib maydalangan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi.
Ikki malekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfati 65 0С da qizdirilganda, u o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo‘qolib, degidratatsiyalana boshlaydi.
Gips suvsizlantirilganda, dastlab yarim gidratga aylanadi, so‘ngra qizish jarayonida suvsiz modifikatsiyalariga-angidridlarga aylanadi.
Fosfogips tarkibida 75....95% ikki molekula suvli gips bor. Fosfogipsda ftoridlar yoki kremniy ftoridlar ikkinchi darajali tarkibiy qism hisoblanadi. Bu hol oddiy texnologiya asosida fosfogipsdan olinadigan gipsli bog‘lovchi moddalarning xossasini yomonlashtiradi. Biroq maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati tabiiy xomashyodan hosil qilinadigan mahsulotdan qolishmaydigan tayyor bog‘lovchi modda olish mumkin.
Gips ishlab chiqarish. Qurilish gipsi uch xil usulda ishlab chiqariladi:
Gips-tosh kukunlatib tuyiladi va pishiriladi.
Gips-tosh maydalanib pishiriladi, so‘ngra tuyiladi.
Gips-tosh maydalanib, yuqori bosimli suv bug‘ida ishlanadi va quritilib tuyiladi.
Asosan yarimsuvli gipsdan iborat bo‘lgan va gips-toshdan termik ishlash yo‘li bilan tayyorlanadigan qurilish gipsi deb ataluvchi maxsulotni fosfogipsdan xam olish mumkin. Buning uchun fosfogips tarkibidagi fosfat kislotasini yuvib tashlash kerak. Aks xolda, birinchidan, fosfogips tarkibidagi fosfat kislota tayyor maxsulotning tishlashish muddatini uzaytirib yuboradi, ikkinchidan, qurilish fosfogipsning mexanik mustaxkamligi juda past darajada bo‘lib, undan faqat qurilish gipsiga qo‘shimcha sifatida foydalanish mumkin.
O‘z kristall strukturasiga kura, gipsning quyidagi asosiy xillari bor: shakarsimon siniq mayda donali gips yoki bushliqda tartibsiz yunaladigan yirik donali Gips (alebastr); ipaksimon tovlanadigan, tug‘ri joylashgan, ipsimon kristallardan tarkib topgan tolali jins xamda qatlam strukturali yassi tiniq kristallar tarzida joylashgan plastinkasimon gips.
Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan gips monoklin singoniyaga mansub.
Odatda, gips ustunsimon va tabletkasimon shakllarda kristallanib, ko‘pincha qaldirg‘och dumini eslatuvchi qo‘shayrilar hosil qiladi. Shuningdek, qirralari qiyshiq va yuzasi silliq yosmiqsimon kristallar ham gips uchun xos.
Gips-toshning zichiligi undagi aralashmalarga bog‘liq bo‘lib.2200-2400kgg‘m3 ni tashkil qiladi. Gipsdan tayyorlangan shag‘alning hajmi massasi 1300…1600 kgg‘m3 dan iborat bo‘lib, namligi keskin ravishda 3-5% va undan ham ko‘proq chegarada o‘zgarib turadi.
  • Gipsning suvda eruvchanligi 18 0С da-0,2; 40 0С da-0,21 va 100 0С da-0,17%. Shuni aytish kerakki, temperaturaning 32-41 0С oralig‘ida gipsning eruvchanligi eng yuqori bo‘ladi. Gipsning suvda eruvchanligi gipsning o‘ta to‘yingan eritmalar hosil qilish qobilyatiga, shuningdek, uning kristallarini katta-kichikligiga bog‘liq 25 0С da gipsning eruvchanligi, kalsiy oksid hisobida 2 mkm kattaligidagi kristallar uchun 2,08 gg‘l ga yetadi, kristallar kattaligi 0,3 mkm bo‘lganda esa eruvchanlik 2,47 gg‘l ga teng. Agar bunda kalsiy oksid gidrati ham ishtirok etsa, kalsiy sulfatning eruvchanligi susayadi. Gipsning suyultirilgan xlorid kislota va nitrat kislotalardagi, shuningdek, ayrim tuzlarning eritmalaridagi eruvchanligi suvdagiga nisbatan yuqori.
  • Temperatura va qizish sharoitlariga bog‘liq holda suvli va suvsiz kalsiy sulfatning turli modifikatsiyalarini hosil qilish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLA
  • Атрошенко В.И. Курс технологии связанного азота М:Л: Химия 1968.
  • Атрошенко В.И. Технология связанного азота М-Л. Госхим изд.
  • Позин М.Е. Руководство к практическим занятиям по технологии неоргонические вешеств. Л.: Химия 1980.
  • Позин М.Е. Технология минералнœх удобрений и солей. М.: Госхимиздат 1957.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin