Takrorlash uchun savollar: 1.
Gips Davlat andoza talablari haqida bayon eting?
2.
Mayinlik darajasiga ko’ra gips indekslari haqida nimalar bilasiz?
3.
Gips xossalari haqida bayon qiling?
Ma’ruza. № V/5 Mavzu: Aylanma pechlarda gips ishlab chiqarish. Reja: 1.
Gips turlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
2.
Ularning xossalari va xususiyatlari
3.
Aylanma pechlarda gips ishlab chiqarish.
Tayanch so’z va iboralar: gips, ishlab chiqarish, me’yoriy xujjatlar, Davlat andoza talablari,
texnikaviy talablar, xossalari, aylanma pech.
Qurilish gipsi, Umumiy ma'lumotlar. Qurilish gipsi - bog‘lovchi modda tarkibi -yarim suvli gipsdan iborat. Uni tabiiy gipsni
kuydirib mayda kukun holatgacha tuyib olinadi.
Qurilish gips issiqlik uskunalarda kuydiriladi va kristallangan suv bug‘ ko‘rinishida
CaSO
4
∙2H
2
O dan ajraladi va asosan -yarim gidrat quyidagi reaksiya bo‘yicha xosil bo‘ladi.
\ CaSO
4
∙2H
2
O =CaSO
4
∙0,5H
2
O+1,5H
2
O
Qurilish gipsni ishlab chiqarish Ishlab chiqarish jarayoni asosan gipsni un xoliga keltirish va gipstoshni
suvsizlashtirishdan iborat. Gips toshni suvsizlantirish pishirish qozonlarida, aylanma, shaxta
pechlarida, bug‘latgich asboblarida va boshqa uskunalarda amalga oshiriladi. Shaxta pechlarga
gipstoshi 70-300mm o‘lchamda uzatiladi, aylanma pechlarga 10-35 mm o‘lchamda,
bug‘latuvchi
asboblarga gipstosh 400 mm bo‘lgan bo‘laklarda beriladi. Gipstosh lunjli, konusli, bolg‘ali
maydalagichlarda maydalanadi va shaxta, aerobil sharli tegirmonida un xolatiga keltiriladi.
Kuydirilgan moddani asosan sharli va zarbali tegirmonda maydalanadi. Quritilgan gips oson
maydalanadi va kam elektr quvvat sarflanadi. Qurilish gipsni ishlab chiqarish asosiy usullari uch
guruxga bo‘linadi:
1. Xom-ashyo oldindan quritiladi, maydalanadi, kukun xolatigacha, so‘ng gips pishirish
qozonlarida suvsizlantiriladi.
2. Quritish, maydalash, kuydirish jarayonlarini birlashtirib ishlab chiqarish.
3. Gipstoshini xar xil o‘lchamdagi zarrachalarini shaxta aylanma va boshqa pecharda
kuydirish.