Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə1/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey





QARSHI INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI


TASDIQLAYMAN”




Akademik ishlar bo’yicha prorektor A. Muhammadiyev


2023 yil


BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI FANIDAN O’QUV-USLUBIY MAJMUA


Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar


Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika


Ta’lim yo’nalishi: 60110200 - Maktabgacha ta’lim


Qarshi 2023

Fan O`UM O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o`quv uslubiy majmualarni tayyorlash to`g`risidigi 2017 yil 01.03.dagi 107-buyrug‘i asosida tayyorlangan.

Tuzuvchilar:

Botirova L.L
Ibragimova G




departamenti boshlig’i

B.X. Jovliyev



Innovatsion ta’lim fakulteti dekani:



X.N.Botirov



Pedagogika va xorijiy tillar kafedrasi mudiri:



K.Sh.Marqayev

QARSHI – 2023


Annotatsiya

Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar jarayoni pedagoglar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi bilan bir qatorda sohaga yuksak malakali kadrlar yetkazib berishni taqoza etmoqda. Aynan ushbu vazifalarni ado etish va to‘laqonli bajara olish uchun har bir o‘qituvchi o‘z sohasida yuksak bilimdonlik, pedagogik texnika va axloqiy fazilatli bo‘lishi bilan lozim.


Bugungi kunda malakatimizda ro‘y bergan chuqur islohatlar sharoitida inson psixologiyasi, uning qarashlari, e’tiqodlari, axloqiy qadriyatlari va ijtimoiy rollari qayta qurilmoqda. Ijtimoiy moslashish muammosi zamonaviy sharoitda dolzarb bo‘lib bormoqda. Intensiv faollik, odamlarning atrofdagilarga yetarli darajada aloqasi yo‘qligi, tez o‘sib borayotgan ziddiyatli ma’lumotlar oqimi, ta’sir etuvchi omillar soning ko‘payishi, depressiya, noqulaylik, ruhiy stressing kuchayishiga olib kelmoqda. Bu esa jamiyatning atrof-muhit ta’siriga eng sezgir bo‘lgan va yetarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydigan qismi bolalarning maktabgacha yoshdanoq ijtimoiy moslashuvi masalasini bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimida bo‘lajak tarbiyachilarga bolalarning ijtimoiy moslashuvi jarayonini o‘rgatish dolzarb vazifa va zamon talabidir. Talabalarda barkamol avlod tarbiyasida ijtimoiy pedagogikaning tutgan o’rni, kategoriyalari, tamoyillari, qonuniyatlari, tadqiqot metodlari haqidagi yaxlit tasavvurlarni shakllantirish, ijtimoiy pedagogik faoliyatning o‘ziga xosliklari va uning gumanistik yo‘nalganligi, ijtimoiy pedagogning faoliyati va unga qo‘yilgan talablarni yoritib berish, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi turli toifadagi bolalar bilan pedagogik faoliyat olib borishning jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
«Bolalar ijtimoiy moslashuvi» fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmuada o‘quv dasturi, ishchi dasturi, ma'ruzalar matni, nazorat savollari, testlar, mustaqil ta’lim mavzulari, tayanch konspekt va taqdimot slaydlari o‘rin olgan.
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua 60110200 Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ijtimoiy pedagogik bilimlar, inson ta‘lim-tarbiyasiga oid pedagogik-psixologik bilim asoslari muxtasar tarzda bayon etilgan.


Kirish


O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Davlat ta’lim standartlarida ko‘rsatib o‘tilganidek, o‘quv-tarbiya mazmuni va sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, yuksak kasbiy, ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo‘nalish ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan yangi avlodni shakllantirishni ta'minlaydi.
Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos “milliy modelni” hayotga tadbiq qilishga, komil inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Bu esa o‘z navbatida maktabgacha ta’lim yoshidanoq bolaga ta’lim-tarbiya berish, uning mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, tanqidiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan interaktiv ta’lim olishlariga ko‘mak beruvchi innovatsion usullardan, bola shaxsi ijtimoiylashuvida samarali zamonaviy metodlardan keng foydalanishimizni talab qiladi.
Ijtimoiy pedagogikaning bosh masalasi, predmeti sifatida ta’lim-tarbiya jarayoni maqsadi ijtimoiy ta'lim, rivojlanish, ma'lumot bilan bog‘langan holda ijtimoiylashgan, barkamol insonni voyaga etkazishdir. Bu o‘z navbatida insoniyat yaratgan ma'naviy-ilmiy boyliklarga, insonning o‘ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi. Jamiyat manfaatlariga mos ravishda ijtimoiy pedagogika nazariyasi va tarixi fani faqat ta'lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik- amaliy tomonidan ta'minlovchi keng sohalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika ta'lim-tarbiyada hayot jarayonining barcha sohalarini, jabhalarini qamrab olmasa, u o‘zining komil inson tarbiyasidagi juda katta asosiy imkoniyatlariga ega bo‘lgan asosiy ijtimoiy fan mavqeini egallay olmagan bo‘lardi. Shuning uchun ham yangi ta'lim konsepsiyasida va mutaxassislar tayyorlash milliy dasturida ta'lim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishi qilib belgilanadi.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining nazariy asoslari turli toifadagi bolalar bilan ijtimoiy - pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini o‘rganish; talabalarga ijtimoiy – pedagogik tadqiqot ko‘nikma va malakalarini shakllantirish masalalari haqida har tomonlama bilimlar berish, maktabgacha ta’lim tashkiloti ishining mazmuni va metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish; metodik usullari va ta’limiy o‘yinlar tanlash, ular bilan ishlash mazmuni va metodlarini o‘rgatish, o‘qitish mazmuni va yo‘llarining umumiy tavsifi bilan qurollantirishga asoslanadi.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining maqsadi ijtimoiy- pedagogika, uning obyekti, tadqiqot predmeti va asosiy kategoriyalari haqida nazariy bilimlar berish; bolani ijtimoiylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish, o‘zbek xalqining qadimiy ma'rifiy me'rosining qimmatli manbalari hamda ularda ilgari surilgan g‘oyalarni o‘qib o‘rganish, shaxs ma'naviyatini yuksaltirish, shuningdek, jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga xizmat qiluvchi qarashlarni hozirgi zamon ilmiy – pedagogik tafakkur iste'moliga kiritishdan iboratdir.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanini o‘qitishda mavjud mavzuning barchasi ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘tiladi. Mavzularning mazmuni va hajmiga qarab ularda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning ayrim usul va texnikalaridan foydalaniladi.


Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin