Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi fanining ishchi o`quv dasturi



Yüklə 38,33 Kb.
səhifə1/5
tarix21.10.2023
ölçüsü38,33 Kb.
#158948
  1   2   3   4   5
тасвирий фаол 3 курс


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


.




«Tasdiqlayman»
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasining mudiri
________ N.X.Yunusova
«__» __________2016 yil



Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi
fanining ishchi o`quv dasturi
(3 kurs)
Fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Ta’lim yo`nalishi: 5111800 – Maktabgacha ta’lim


Toshkent – 2016

Fanning mustaqil ta’lim topshiriqlari ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.


Tuzuvchi:



Tuzuvchilar:

Sh.Sodikova



– «Maktabgacha ta`lim metodikasi » kafedrasi o’qituvchisi. p.f.n



Xasanova SH.T

– «Maktabgacha ta`lim metodikasi » kafedrasi o’qituvchisi

Fanning mustaqil ta’lim topshiriqlari “«Maktabgacha ta’lim metodikasi » kafedrasining 2016 yil “26”08 dagi “№1” - son yig’ilishida muhokamadan о’tgan Kafedra mudiri: __________ N.X.Yunusova


I. Kirish
O’zbekistonning kelajak taraqqiyoti, salohiyati, bolalarga maktabgacha ta’lim yoshidanoq maqsadli ravishda ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirish va maktabga tayyorlashga ko’p jihatdan bog’liqdir. Hozirgi kunda bolalarning maktabga tayyorgarlik darajalariga qo’yilayotgan jiddiy talablar bu borada zaruriy, nazariy va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg’ulotlari estetik tarbiyaning dastlabki bosqichi sifatida bolalarni aqliy rivojlantirish va ularning badiiy didini tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatini o’stirish, tevarak-atrofdagi va tabiatdagi go’zalliklarni ko’ra bilish, undan zavqlanish va unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishni, va nihoyat ijodiy qobiliyatlarini to’g’ri shakllangan bo’lishining pedagogik kafolatidir. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarining maqsadi bolalarda atrofdagi narsa va hodisalarga estetik munosabat bildirish, go’zalikka dahldor narsalarni yaratish (chizish, yasash)ning elementar asoslarini shakllantirishdan iborat.
Ushbu dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati xaqida tushuncha; maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati nazariyasi va metodlari; maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati turlari va o’ziga xosligi; rasm, loy, applikatsiya, qurish-yasash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy ijodkorligini rivojlantirish; maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish usullari; tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash; maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatni rivojlanganlik darajasini aniqlash kabi masalalar yoritilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil etish va o’tkazish metodikasi bilan bo’lajak tarbiyachilar “Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi“ fanini o’rganish orqali egallab boradilar.
Dasturda maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi fanining nazariy jixatlari asoslab berilgan. Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi o`quv fanini o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan birlamchi ma’lumotlar yoritilgan.

Yüklə 38,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin