Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi fanining ishchi o`quv dasturi


Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Yüklə 38,33 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü38,33 Kb.
#158948
1   2   3   4   5
тасвирий фаол 3 курс

1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
«Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi» fani 5-6semestrda o`qitiladi. Mazkur fan «Maktabgacha pedagogika», “Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi», «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi», «Maktabgacha ta’limda nutq va o’zga tilga o’rgatish metodikasi» va boshqa fanlar bilan bog’liqlikda o’tiladi.

1.4. Fanning hajmi va mazmuni.




Mashg’ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

1

Nazariy (ma’ruza)

60

V -VI

2

Amaliy

60

V -VI

3

Seminar

32

V -VI

4

Kurs ishi

-

-

5

Mustaqil ta’lim

108

V -VI




Jami

260






2.1. Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo`yicha tavsiyalar.


2.5.Mustaqil ta’lim bo‘yicha tavsiyalar:
Talabalarning mustaqil ish bajarishda amalga oshiradigan vazifalari quyidagilardan iborat:
-yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-kerakli ma’lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash;
-axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
-an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
-Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;
-berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;
-ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
-topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;
-ishlab chiqish yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.
Mustaqil ish talabalarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish , darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko‘nikmalari egallashlari uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqil ishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad talabalarni yangicha fikrlash va mushohada qilishga o‘rgatish , nazariy va amaliy bilimlarni mukamallashtirish uchun to‘liq imkoniyatlar yaratishga qaratilgan o‘qituvchi dars jarayonida talabalarning har biriga fanga doir zamonaviy mavzularni ijodiy mustaqil ishlashlari uchun topshiriladi. Talabalar o‘zlariga biriktirilgan mavzularni referat, leksiya shaklida tayyorlab, seminar-amaliy darslarida ma’ruza qilib, keng doirada muhokama qilishadi.


2. 2.Mustaqil ta’lim mavzulari.



  1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasining ahamiyati.

  2. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi.

  3. Tasviriy faoliyatning boshqa faoliyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.

  4. Bolalarning tasviriy faoliyatlarining rivojlantirish vazifalari.

  5. Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyatlari burchagining jihozlari va materiallari.

  6. Tasviriy san’atda badiiy idrok.

  7. Idrok etishni boshqarish metodikasi.

  8. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyatga o‘rgatish metod va usullari.

  9. Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari.

  10. Namunadan foydalanish.

  11. Rasmlardan foydalanish.

  12. Tarbiyachi tomonidan ishlash usulini ko‘rsatib berish.

  13. Bolalar ishlarini taxlil qilish.

  14. Og‘zaki metod va o‘rgatish usullari.

  15. Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish.

  16. Mashg‘ulot davomida tarbiyachining ko‘rsatmalari va tushunchalari.

  17. Maktabgacha ta`lim muassasasida rasm solishga o’rgatish.

  18. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda rasm turlari.

  19. Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida predmetlarning rasmini chizishga o‘rgatishning vazifalari.

  20. Maktabgacha ta’lim muassasasida mazmunli rasm solishga o‘rgatishning vazifalari.

  21. Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm solishga o‘rgatishning vazifalari.

  22. Maktabgacha ta`lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni tasviriy san`at asarlari bilan tanishtirish.

  23. Maktabgacha ta`lim muassasasida loydan buyum yasashga o’rgatish.

  24. MTMda loydan buyum yasashga o‘rgatishning axamiyati.

  25. Kichik guruxda loydan buyum yasashga o‘rgatish.

  26. O‘rta guruxda loydan buyum yasashga o‘rgatish.

  27. Katta guruxda loydan buyum yasashga o‘rgatish

  28. Maktabga tayyorlov guruxda loydan buyum yasashga o‘rgatish.

  29. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarni applikatsiya qilishga o’rgatish

  30. Applikatsiyada qirqishni har xil usullarini bajarish

  31. Applikatsiya uchun materiallar.

  32. Applikatsiya turlari

  33. Maktabgacha ta`lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni buyumlarni bosqichma-bosqich rasmini chiza olishga o’rgatish.

  34. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarni qurish-yasashga o’rgatish

  35. Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o‘rni.

  36. Qurish-yasash materiallarining turlari.

  37. Kichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.

  38. O‘rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.

  39. Katta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.

  40. Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.

  41. Qog‘oz va tabiat materiallaridan qurish –yasash

  42. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash.

  43. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini tashkil etish

  44. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyati bo‘yicha ishlarni rejalashtirish

  45. Tasviriy faoliyati bo‘yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi bolalar bilan ishlashda foydalanadigan metod va usullar

  46. Maktabgacha ta`lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni plastilin va loydan turli oyinchoqlarni yasay olishga o’rgatish.

  47. Maktabgacha ta`lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni qirqish usullaridan foydalanib applikatsiya qilishga o’rgatish.

  48. Maktabgacha ta`lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni buyumlarni tabiat ashyosidan, tashlandiq ashyodan, qog’ozdan yasashga o’rgatish.

  49. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini tashkil etish

  50. Turli guruxlarda tasviriy faoliyat mashgulotlarini tashkil qilish.

  51. Mashg‘ulotga tarbiyachining tayyorlanishi.

  52. Bolalarga mashg‘ulotlarda ta’lim berish

  53. MTM dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi o‘rtasidagi uzviylik

  54. Tasviriy faoliyat mashg’ulotida oyin metodidan foydalanish

  55. Tasviriy faoliyat mashg’ulotida og’zaki metodlardan foydalanish.

  56. Oilada bolalarni tasviriy faoliyat asosida maktabga tayyorlash usullari


Yüklə 38,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin