TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISH VA UNGA QO‘YILGAN PEDAGOGIK TALABLAR
MUNDARIJA:
KIRISH
I.BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH VAUNI O’TKAZISH USULLARI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
I.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni
va mohiyati………………………………………………………………………2
1.2.Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldirish………………………8
II.BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH VA UNI O’TKAZISHNING SHAKL VA METODLARI.
2.1. Boshlang`ich sinflarning tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi……………………………………………..16
2.2.Sinf rahbari tarbiyaviy ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning bolalar ichki dunyosiga chuqur………………………………………………………….20
Xulosa……………………………………………………………………………29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………33
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har bir fuqaro-ning ilm olish, o‘z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangi-lanmoqda. Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qay-tadan ko‘rib chiqilganligi maktabning buguni va kelajagiga umid bilan qarashga undaydi.Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning dunyoqarashlariga poydevor hamda g‘oyaviy e’tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo‘lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi.
O‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor. O‘quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarda asosiy vazifalari bo‘lmish ilm olishga ishtiyoq uyg‘otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratishdan, maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlarning kundalik ehtiyojlari, intilish-lari, talab va qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qondirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quv-chilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i lozim. Har bir o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi.
Yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptirish – vatanparvarlik tarbiyasining mag‘zi bo‘lmog‘i lozim. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda.Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
Ulg`ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan
olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini
hurmatlash, ijtimoiy xuquqini e`tiborda tutish zarur.
Milliylikning o’ziga xos an`ana vositalariga tayanish.
- Pedagoglar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlardagi o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytradi, o’quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda fan o’qituvchilari o’z faniga qiziqqan o’quvchilar bilan mashg`ulot o’tqazib, o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi. Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:A) fan to’garaklari B) mohir qo’llar to’garaklari V) sport to’garaklari G) badiiy to’garak.O’rta umum ta`lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a`zo bo’lishga chorlaydi. Ularni qaysi to’garakda mashg`ul bo’lishlari hisboga olinadi.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da`vat etuvchi tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzviy davomchisi bo’lib qolishi kerak. O’zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo’ladi.
Bunday ko’p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni uzviy bog`lanish asosidagina qondirish mumkin. SHu sababli keyinga davrda o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko’ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar – o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g`ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog`lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
- darsdan tashqari tarbiyavity ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;
- o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarini pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga ko’yish;
- sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, ota-onalar, sinf faollari, uslubiy yordam ko’rsatish;
umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ishlab chiqiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘qituvchining yo‘naltiruvchi ta’siri ostidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o‘tkaziladigan mustaqil mashg‘ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: qo‘shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari, laboratoriya uskunalari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko‘zda tutiladi. Ular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi;
– tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni
loyihalashni, maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashni olgan
mustaqil ishlash uchun topshiriqlar tizimi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo‘limiga sinf rahbarlarining ishlari, maktab ma’muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muomilasi adolatli bo‘lishi, kerakli ta’sir ko‘rsata olishi kerak.
Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsni aqliy-axloqiy tarbiyalashda erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda bir qator pedagogik talablar qo‘yiladi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to‘garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo‘lishi kerak. To‘garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o‘rin tutadi. To‘garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo‘lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilishi kerak. Maktabdan tashqari ta’lim o‘qishlariga, xohishlariga asoslangan holda darsdan bo‘sh vaqtlarda o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak qatnashchilariga talablar qo‘yilishi kerak:
Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi.Estetik ta’lim.Sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklarga qatnashish.Ekologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklar.O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy yo‘nalishi bo‘yicha.Huquqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha.Texnik ijodkorlik yo‘nalishi bo‘yicha.Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar.Iqtisodiy ta’lim.
O‘quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo‘lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish muhimdir, bu esa ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim o‘quvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki o‘quvchilarning o‘zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yo‘llarini ancha yaxshi tushunadilar.1.Bolalar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda tarbiyachining aralashuvi maqbul emas. Chunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir.2. O‘quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o‘z ishini tarbiyalashning fikri va bahosiga bog‘liq qilib qo‘ygan paytda tobe holat vujudga keladi. Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham, mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari mavjud bo‘ladi.3. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o‘quvchilar toifasida majburiy ijro etish holati paydo bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. Ular ko‘pincha sinf rahbarining yordamini so‘rab murojaat qiladilar, kuchli o‘quvchilarning qo‘llab-quvvatlashidan foydala-nishga intiladilar, agar bunday qo‘llab-quvvvatlash bo‘lmasa, ishni davom ettirishda irodalarini ishga solmaydilar. Bunday o‘quvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo‘lib qolsa, u o‘quvchining faqat aqli emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham to‘sqinlik qilishi mumkin.
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchi-larning bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O‘quvchi o‘qituvchiga taqlid asosida yoki do‘stlari orasida o‘rgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan muomalasini, e’tiborini o‘rganishi kerak.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatta kirishadilar, turli vaziyatlarga duch keladilar.
Dostları ilə paylaş: |