Pedagogik fik-r tarixi va maktab amaliyetida o`qituvchi maxorati masalalari Pedagogik faoliyat va uning oziga xos xususiyatlari. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”Qonuni va “Kadrlar taiyyorlash milliy dasturi”da pedagogik faoliyatni tashkil etishga qo`yilgan talablar. “Pedagogik maxorat” tushunchasi.
Reja: 1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida o‘qituvchi faoliyati mazmuniga qo‘yiladigan talablar.
2.O‘qituvchining umumiy madaniy saviyasi va qobiliyati.
3.O‘qituvchilik faoliyatining tizimi, kasbiy mahorati haqida tushuncha.
4..Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati.
5.O‘qituvchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
6.Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakovat. Pedagogik qobiliyat. Pedagogik texnika.
Tayanch tushunchalar: Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» - «Ta’lim to’grisida»gi O’zbekiston Respublikasi unining koidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda ta’lim tizimidagi jahon miqiyosidagi yutuklar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustakil ravishda mo’ljalni to’gri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiklol vazifalarini ilgari surish va hal etishga kodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli - shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o’zaro hamkorligi, ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yukori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha uning tarkibiy qismlari kuyidagilardan iborat: