Mavzu: Davlat va jamiyat hayotining liberallashtirish isloh qilish va modernizatsiyalashda davlat va huquq nazariyasining o‘rni
Reja:
1. Jamiyat, davlat, huquq 2. jamiyat hayotining modernizatsiyalashda davlat va huquq nazariyasining o‘rni 3. Fuqarolik jamiyati
Davlat va huquq - uzviy bog`liq ijtimoiy hodisalardir. 1. Davlat va huquqni shakllantiruvchi siyosiy mexanizm.
2. Davlat va huquqning amal qilinishini kafolatlaydi va uni buzilishidan saqlaydi.
3. Muayyan davlatga huquqning tarixan shakllangan turi mos keladi.
4. Huquqni yuzaga kelishi davlatni paydo bo`lishi bilan bog`liq.
5. Huquq davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi va tartibga soladi.
6. Huquq mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va xalqaro maydonda muomila qilish tilidir.
Demak huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, adolat va erkinlikka asoslangan yurish-turish qoidalarining tizimidir.
O`zbekistonda fuqarolik jamiyati tushunchasi va uni yo`llari O`zbekiston fuqaroligi to`g`risidagi Qonun 1992-yil 2-iyulda tasdiqlangan. Bu qonun O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi asosida qabul qilingan bo`lib, unda fuqarolikning umumiy qoidalari fuqaroliknin vujudga kelishi, to`xtalishi, ota-onalarning fuqaroligi o`zgarganda va farzandlikka olingan bolalarning fuqaroligi bo`yicha ish yurituvchi davlat idoralari, bo`yicha qoidalarning buzulishi ustidan shikoyat qilish tartibi haqidagi huquqiy qoidalar bayon etilgan.
Fuqaro so`zi bu bir mamlakatning doimiy aholisi degan ma`noni bildiradi.
Fuqarolik-shaxsning u yoki bu davlatga mansubligini ifodalaydi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi respublika fuqaroligini belgilaydi. Bu hol davlat mustaqilligini mustahkamlash ishida juda katta ahamiyatga ega. Hech bir mustaqil davlat, o`z fuqarolarisiz yashashi mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasida inson huquq -Deklarasiyasiga muvofiq respublika fuqaroligi belgilangan. O`zbekiston respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o`zaro huquqlari va burchlarini ifodalaydi. O`zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik o`rnatilgan. Qaroqolpog`iston Respubliksining fuqarosi ayni paytda O`zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari o`zaro bog`liqir. Birorta fuqaroni sud qarosiz o`z huquq va erkinliklaridan mahrum etishga yoki ularni cheklashga yo`l quyilmaydi.
Tabiiy huquq -insonni jamiyatda yashashi uchun zarur bo`lgan huquq va erkinliklari majmuidir. Masalan: nasl qoldirish, siyosiy mulkka ega bo`lish, hayotini va sog`lig`ini himoya qilish, boshqa odamlarga, jamiyatga va davlatga zarar etkazmaslik;
Pozitiv huquq -davlat tomonidan qabul qilingan qoidalar Davlat va qonunchilik o`rtasida o`zaro munosabat o`rnatiladi. Huquqning keng yoki tor ma`noda tushunish mumkin emas, u holda huquq o`z ma`nosini yo`qotadi.