1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish



Yüklə 36,87 Kb.
səhifə1/8
tarix30.11.2022
ölçüsü36,87 Kb.
#71480
  1   2   3   4   5   6   7   8
455 27.10.1998




[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]

[TSZ:

1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;

2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TYeXNOGYeN, TABIIY VA EKOLOGIK TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYaTLARNING TASNIFI TO‘G‘RISIDA
Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 27-oktabr,
455-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
27-oktabrdagi 455-son qaroriga
ILOVA
Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning
TASNIFI
Favqulodda vaziyatlar* ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko‘ra tasnif qilinadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga**) qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegara turlariga bo‘linadi.
* Favqulodda vaziyat — bu muayyan hududda o‘zidan so‘ng odamlarning qurbon bo‘lishi, odamlar sog‘lig‘i yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stixiyali ofat, epidemiyalar, epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatdir.
** Favqulodda vaziyatlar — hududlar chegaralari, ularni bartaraf etish ishlari, rahbarlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar oqibatlari (shikastlovchi omillar) tarqalishiga qarab belgilanadi.
I. TYeXNOGYeN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYaTLAR
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);

4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]


Yüklə 36,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin