Oraliq nazorat ishi



Yüklə 69,39 Kb.
tarix16.12.2022
ölçüsü69,39 Kb.
#75564
iqtidodiyot nazariyasi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT SOLIQ QO'MITASI HUZURIDAGI
FISKAL INSTITUT

IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan


ORALIQ NAZORAT ISHI

Bajardi: Ro’zmatov Quvonchbek
Tekshirdi: Buzrukov Bilol
Guruh: SST-02-22

TOSHKENT-2022

2015-yil 25-aprelda Nepal davlatida 7.8 yoki 8.1 magnitudali zilzila oqibatida mamlakat infratuzulmasi, sanoati va qishloq xo’jaligiga katta talofatlar yetdi. Jumladan, 785 mingan ortiq uylar vayron bo’ldi yoki shikastlandi. 9,000 ga yaqin odam halok bo’ldi, qariyb 23,000 kishi jarohat oldi. 2.8 mln odam xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Qishloq xo’jaligi $ 225 mln zarar ko’rdi. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) zilziladan keyin bir necha hafta ichida 150 mln ish kuni yo’qotilganini ma’lum qildi. Tabiiy ofat ta’sirining aholi jon boshiga o’rtacha qiymati $ 1301 ni tashkil qildi. Tabiiy ofat mamlakatga jami $ 7 mlrd zarar keltirdi. Bu mamlakat YaIMning 1/3 qismiga teng.




  1. Talab ortishini turar joy bozorida kuzatishimiz mumkin. Zilzila oqibatida 785 mingdan ziyod uylar yashashga yaroqsiz holatga kelgan. Shu sababli turar joyga talab oshgan.


Taklif ortishini esa mehnat bozorida kuzatishimiz mumkin. Tabiiy ofatdan keyin mamlakatda ishsizlik darajasi ortib ketdi. Bu esa mehnat bozorida taklifning oshishiga sabab bo’ldi.

  1. Tabiiy ofatdan oldin o’rtacha bozor muvozanat narxi $140 bo’lgan va muvozanat miqdori 11 ta xonadon bo’lgan.

Tabiiy ofatdan keyin ko’plab uy-joylar vayron bo’lganligi sabab turar joyga talab keskin oshib ketdi. Shu bilan birga Taklif qilish mumkin bo’lgan miqdor ham kamayib ketdi va narx $ 1000 ga chiqishiga qaramay bozorda defitsit yuzaga keldi.



  1. Mehnat bozoridagi oldingi holati: tabiiy ofatdan oldin muvozanat narxi $11 va muvozanat miqdori 13 bo’lgan. Tabiiy ofatdan keyin esa muvozanat narxi $7 muvozanat miqdori esa 17 ga teng bo’ldi.







  1. Talab

  1. Uzoq muddatda turar joy bozorida taklifning ham oshishi sabali turar joyga bo’lgan talabning ma’lum qismi qondirilgani sabab, hamda aholining ma’lum qismi o’zlari uchun turar joy qurishini inobatga olsak, talab uzoq muddatda elastik bo’ladi.

  2. Uzoq muddatda jamiyatdagi aksariyat sohalar o’z iziga tushishi sababli uzoq muddatda mehnat bozoridagi talab elastik bo’ladi.

Taklif

  1. Uzoq muddatda turar joy binolarini qurish imkoniyatini hisobga olsak, sekinlik bilan turar joy taklifi ortdi. Ya’ni uzoq muddatda turar joy taklifi elastik bo’ladi.

  2. Uzoq muddatda jamiyatdagi sohalar tiklanishi sababli mehnat bozoridagi taklif noelastik bo’ladi.

  1. Xulosa.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkin.Tabiiy ofat ta’sirida Nepal davlatida iqtisodiy inqiroz vujudga keldi. Bu davrda bozoridagi muvozanat buzilib mamlakat iqtisodiyoti katta zarar ko’rdi. Ko’plab zarur mahsulotlar narxlari oshdi. Bu esa aholining turmush farovonligining yomonlashishiga olib keldi. Masalan, ishsizlik ko’paydi. Ishsizlik aholining daromadlari kamayishiga olib keldi. Daromadning kamligi esa iste’molning kamayishiga sabab bo’ldi. Iste’mol kamligi esa ishsizlik ortishiga sabab bo’ldi. Xulosa o’rnida Nepalda yuz bergan tabiiy ofat katta iqtisodiy yo’qolishlariga sabab bo’ldi.
Yüklə 69,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin