3d internet texnologiyasi reja



Yüklə 22,1 Kb.
səhifə1/6
tarix06.03.2023
ölçüsü22,1 Kb.
#86805
  1   2   3   4   5   6
3D INTERNET TEXNOLOGIYASI


3D INTERNET TEXNOLOGIYASI


REJA:



  1. Internet xizmatlari haqida tushunch.

  2. Elektron pochta.

  3. Fayllarni uzatish protokoli (FTP).

  4. Uzoqlashgan kompyuter orqali tarmoq xizmatini olish (Telnet).

  5. Usenet telekonferensiyalari.

  6. Matnli hujjatlarni izlash va koʻrib chiqish servisi (Gopher).


1. Internet xizmatlari haqida tushuncha
Internetda amaliy ish jarayonida shunga amin boʻlasizki, Internet tizimida ma’lumot almashuvining bir qancha imkoniyatlari mavjud. Masalan, siz turli xil mavzular boʻyicha telekonferensiyalarda qatnashishingiz mumkin. Yoki, masalan, uzoqlashgan kompyuter bilan aloqa oʻrnatishingiz va undan xuddi uning oldida oʻtirgandek foydalanishingiz, fayllar va dasturlarni butun dunyodan buyurtma berishingiz, elektron jurnallarga yozilishingiz, OQ uyning matbuot xizmati xabarlaridan xabardor boʻlib turish va boshqalarni amalga oshirish mumkin. Ushbu roʻyxatni cheksiz davom ettirish mumkin - Internetning axborot xizmatlarini toʻla ifodalash qiyin.
Lekin, Internetning koʻp qirraliligiga qaramay, taqdim qilinadigan barcha xizmatlar uchta asosiy ilovalarga asoslangan. Bular - elektron pochta, FTP va Telnet.
Elektron pochta, FTP va Telnet lar Internetning eng “qadimiy” xizmatlaridan hisoblanadi. Lekin hozirgi paytda, bir qancha ilovalar mavjud boʻlib, ular oʻz protokollaridan foydalanib, mustaqil xizmat koʻrsatadi. Masalan, jadal rivojlanayotgan World Wide Web tizimi gippermatnni uzatish protokoli NTTRga asoslangan.
Shunday qilib, Internetning servislari yoki xizmatlari deganda, tarmoqga kiruvchi serverlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari tushuniladi. Quyidagi servis turlari eng koʻp tarqalgandir:

  • Telnet - uzoqlashgan kompyuterga kirish servisi;

  • FTP - fayllar uzatish servisi;

  • E- mail - xabarlar uzatish servisi;

  • Usenet - e’lonlar elektron taxtasi (“telekonferensiyalar”) tizimi;

  • Gopher - matnli hujjatlarni qidirish va koʻrib chiqish servisi;

  • WWW-grafika tovush va videolarni oʻz ichiga oluvchi gippermatnli hujjatlarni qidirish va koʻrib chiqish servisi;

Internet xizmat koʻrsatayotib, ikki qismdan iborat-mijoz va server, dasturni boshqaradi. Bunda ular har xil kompyuterda yoki bitta kompyuterning oʻzida joylashgan boʻlishi mumkin.
Mijoz-server modelining asosiga shunday tamoyil qoʻyilganki, unda buyruqlarni kiritish uchun va izimning zaxiralariga kirish uchun ikkita bir-biriga bogʻliq dasturlardan foydalaniladi. Vazifalarni bunday taqsimlanishda sizning buyruqlaringizni qabul qiluvchi dastur mijoz deyiladi. U sizning kompyuteringizda joylashgan boʻlib uning hisoblash zaxiralaridan foydalanadi. Unga mos dastur-server sizning ixtiyoringizga berilgan axborot zaxiralari saqlanayotgan kompyuterda joylashgan. Bu dastur oʻzining mijozidan buyurtma qabul qiladi, uni ishlab ma’lumotlarni uzatish protokoli yordamida talab qilingan axborotni qayta joʻnatadi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, server deb kompyuterni ham, dasturiy ta’minotni ham aytiladi.
Koʻpchilik kompyuterlarda bitta emas bir necha dastur-serverlar oʻrnatilgan. Masalan, siz boshqa kompyuter bilan Telnet orqali aloqa oʻrnatishingiz mumkin, u erga xabarni elektron pochta orqali joʻnatish yoki undan qandaydir fayllarni FTP orqali olishingiz mumkin. Bunday turli xil vazifalarni bajarish uchun kompyuter ayrim ilovalarni ajrataolishi kerak. SHunday maqsadlarda portlardan foydalaniladi. Har bir dastur-serverga portning ma’lum raqami berilib, u boʻyicha kerakli mijoz unga murojaat qiladi.
Internet koʻz ilgʻayolmaydigan kompyuterlar soniga aloqani ta’minlagani uchun, turli xil dastur-serverlar uchun portlarning ma’lum raqamlari oʻrnatilgan, ulardan ma’lum xizmatni taqdim qiladigan barcha kompyuterlar foydalanadi. Masalan, Telnet, odatda,, № 23 port bilan bogʻlangan. Telnet - aloqasini shu port bilan oʻrnatish uchun, uning raqami komanda qatorining oxiriga qoʻshib qoʻyiladi.

Yüklə 22,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin