6. Matnli hujjatlarni izlash va koʻrib chiqish servisi (Gopher) Gopher tizimini Internet ilovalaridan biri boʻlib Internetning turli zaxiralariga kirishni maksimal ravishda osonlashtirish maqsadida Minnesot Universitetida 1991 yil mijozserver model xili asosida ishlab chiqilgan. Shuning uchun Gopher-serverlar Internetning boshqa zahiralari haqidagi axborotlarni boshqaribgina qolmay, oʻzining mijoz-dasturlariga ham ega. Boshqa mijozdasturlardan farqli oʻlaroq, ma’lum axborot yoki fayllarni Gopher tizimidan foydalanib topish uchun Sizga qandaydir fayllar nomini yoki xost-kompyuter manzilini koʻrsatishga toʻgʻri kelmaydi.
Gopher turli xil zahiralarni menyuga birlashtiradi, u erdan ularga kirish amalga oshiriladi.
Gopher bilan Internet boʻyicha, ma’lum dasturni qidirayotganingizda, masalan, Archie yordamida, siz avval bu dasturda joylashgan FTP serverning manzilini olasiz, keyin shu xostkompyuter bilan FTP- aloqa oʻrnatish, dasturni oʻz kompyuteringizga koʻchirib oʻtkazishingiz uchun kerak. Gopher bu ikkala vazifalarni oʻzi bajaradi. Shunday yoʻl bilan Gopher orqali Telnet vositasida taqdim qilinadigan axborot haqida ma’lumotlarni olasiz. Zarur boʻlganda Gopherning oʻzi kerakli xost-kompyuter bilan Telnet - aloqa oʻrnatadi. Bunda ayrim Gopher-serverlar kerakli xost-kompyuter bilan mijoz-dastur orqali aloqa oʻrnatibgina qolmay, koʻpgina hollarda bir-biri bilan ham ulanadi. Shu tufayli birgina lokal Gopher - server orqali xost-kompyuterning birorta ham manzilini bilmay turib butun dunyo zahiralariga kirish imkoniyatini olasiz.
Gopher makoniga kirish. Gopher tizimi Internetda axborotlarga kirishning eng oddiy usullardan biri boʻlganligi uchun, shunday ommabop boʻlib ketdiki, Gopher-server boshqaradigan zahiralar, koʻpincha “Gopher makon” (“Gophergpace”) deb atalmoqda. Gopher tizimidan foydalanish uchun, Gopher-mijoz boʻlishi kerak, yoki birorta Gopher-server bilan Telnet-aloqa oʻrnatish kerak.
Gopher serverlari tizimini predmet katalogiga ega boʻlgan butun dunyo kutubxonasi deb tasavvur qilish mumkin.
Internet xizmatlari – bu tarmoqga kiruvchi serverlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari tushuniladi. Ulardan keng qoʻllanilganlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Telnet – uzoqlashgan kompyuterga kirish servisi, FTP – fayllar uzatish servisi, E-mail – xabar uzatish servisi, Usenet – e’lonlar elektron taxtasi tuzilishi, Gopher – matnli hujjatlarni qidirish va koʻrib chiqish servisi, WWW – grafika, tovush va vidlarni oʻz ichiga olgan gipermatnli hujjatlarni qidirish va koʻrib chiqish servisi.
Tarmoqga kirish bilan bogʻliq xizmatlar servis markazlari yoki servis provayderlari deb ataladigan tashqilotlar tomonidan taqdim etiladi. Hozirgi vaqtda Internetga ulanishning eng koʻp tarqalgan doimiy va kompozitsion yoʻllar boʻyicha seansli ulanishlar ishlatiladi.
Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. S.S.Gʻulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy oʻquv yurti talabalari uchun darslik. – T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – T: “O’zbekiston”, 2001 y.
E.Gʻaniyev, D.Jomurodov, A.Moʻminov “Zamonaviy kompyuterlarni boshqarish”. Toshkent – “Fan va texnologiya”- 2004 y.