Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti, tuzilishi va vazifalari



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə7/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti, tuzilishi va vazifalari




Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti -ijtimoiylashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik-psixologik, sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy, psixik tomondan buzilishga yo‘l qo‘yiladigan bolalar, ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga muhtojdir.
Ijtimoiy pedagog - faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera oladigan mutaxassis bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Fan bilimlar tizimi uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etilishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanish jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Mezonlar
yanada umumiy, fundamental «asliy» deb atalmish tushunchalarni birlashtiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qaratilgan tushunchalar hosil bo‘ladi. Oxirgi yillarda pedagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kirdi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o‘z aksini topadi. Ijtimoiy pedagogika mezonlarini ko‘rib chiqishda avvallambor biz pedagogika mezonlarini ajratamiz. U (pedagogika) boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini, qaysi mezonlar asl o‘ziniki ekanligini ko‘rib chiqamiz. So‘ng u boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini qaysi tushunchalar o‘zinikiligini bilish uchun pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyihalashtiramiz.
Ijtimoiy pedagogika - shaxsning ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini oʼrganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qoʼllashga qaratilgan pedagogika sohasi.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini oʼrganadigan, mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va taʼlim usullari hamda texnologiyalar bilan taʼminlaydigan fan sifatida taʼrif bersak ham boʼladi.
Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta boʼlimlardan iborat. Bu boʼlimlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy faoliyat turlaridan biri sifatida xarakterlashga va uni mukammallashtirish boʼyicha muayyan tavsiyalarni berish imkonini yaratadi.
Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida oʼrganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya salohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga taʼsir etish mumkin boʼlgan ijobiy taʼsirlarni kuchaytirish, salbiy taʼsirni kamaytirishning usullari va yoʼllarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi tomonidan oʼzlashtirilgan bilimlar jamiyatdagi tarbiyaviy kuchlarni birlashtirish yoʼllarini qidirishga asos boʼlishi mumkin.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiya filosofiyasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi hamda viktimiolgiya maʼlumotlarini inobatga olib individual, guruhli, ijtimoiy subʼektlar nima ekanligini va ular oʼzaro qanday munosabatda boʼlishlarini oʼrganadi.
Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning turli yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya subʼektlarining oʼzaro munosabati samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi.
Ijtimoiy tarbiya metodikasi ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi usullari va metodlarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning “inson kapitali”ga boʼlgan ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin boʼlgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu boʼlimda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham koʼrib chiqiladi.
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega.
A.V.Mudrik bu vazifalarni 3 guruhga ajratib koʼrsatadi: nazariy, amaliy va insonparvarlikka oid.
Nazariy vazifa ijtimoiy pedagogika oid bilimlarni toʼplab zamonaviy jamiyatda oʼrganayotgan jarayon va hodisalarining toʼliq tasvirini nazariy jihatdan yoritib berishda namoyon boʼladi.
Amaliy vazifalarga ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliypedagogik va psixologik yoʼnalishlardagi taʼsirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bogʼliq. Amaliy vazifalarga quyidagilar kiradi:

  1. bola (oʼsmir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, oʼzaro tushunishga muhabbatni tarbiyalash;

  2. inqirozli holatlardan mustaqil chiqib ketish maqsadini qoʼyish, chiqish yoʼllarini aniqlash, atrofdagilar bilan muloqot qilishni oʼrganish, hayot mazmuni va maqsadini aniqlash;

  3. atrof-muhit, inson, uning jismoniy va maʼnaviy xususiyatlari, jamiyatdagi huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish;

  1. )gʼurur, mustaqillik, oʼziga ishonch hissini rivojlantirish;

  2. )bola (oʼsmir)da oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala madaniyatini oshirish. Bunda ijtimoiy pedagog oʼz tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, u bolaga ijtimoiy munosabatlarning axloq va huquq normalariga suyangan holda insonlar, shaxs va jamiyat oʼrtasidagi nizolarni yechishga oʼrgatishi kerak. Bu vazifalar yaxshilik qilish, oʼz hayotini tashkil etishga oʼrgatish, oʼziga xoslik va iqtidorni tashkil qilishga rivojlantirishda oʼz aksini topadi.

Insonparvarlik vazifasi shaxsning rivojlanishida oʼz-oʼzini takomillashtirish uchun sharoitlar yaratib beruvchi, ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtiruvchi, qoʼyilgan maqsad va vazifalarni ishlab chiqishda insoniylikka asoslanishda oʼz ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insonparvarligi bola va pedagog oʼrtasidagi munosabatlarni qattiqqoʼllik emas, oʼzaro tushunishga asoslanishida koʼrinadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va maʼnaviy kuchlarini shakllantirishida, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Ma’lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o‘zlashtiradi va ulardan keng foydalaniladi, masalan «Shaxs», «rivojlanish», «faoliyat», «sotsializatsiya» (ijtimoilashuv),

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin