«jamiyat». Uning asl mezonlari «ta’lim», «tarbiya» va «o‘qitish» hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek umum qabul qilingan «pedagogik faoliyat» mezoni ham kiradi. Ijtimoiy pedagogikaaslmezonlariga«ijtimoiypedagogikfaoliyat»,«ijtimoiyta’lim»va«ijtimoiytarbiya»kiradi.
«Prinsip» so‘zi lotincha «principim» so‘zidan hosil bo‘lgan «asos», «boshlanish» ma’nosini bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayyan o‘z prinsiplari mavjud. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi, tabiiyki o‘z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi.
Pedagogikadagi prinsiplar Shaxs ta’lim tarbiyasining umumiy yo‘nalishini beradi va aniq pedagogik vazifalar hal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Olimlar u yoki bu prinsiplarni olg‘a suradi yoki yangicha ma’lumotlarni izohlaydi. Bu borada ijtimoiy pedagogikada yanada ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, ammo uning dunyoviy balog‘at yoshiga (100 yildan ortiq) qaramay O‘zbekistonda bu fan endi o‘zining birinchi qadamlarini qo‘ymoqda.
Biz 3 ta prinsipni ko‘rib chiqamiz.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi prinsip.
Tarbiyaningmadaniyuyg‘unbo‘lishiprinsipi.
Gumanizmprinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga va o‘ziga xos xususiyatiga ega.
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi - ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagok o‘z amaliy faoliyatida bolaning tibbiy holda rivojlanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyaga uyg‘un bo‘lish prinsipi ilk bor slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592 - 1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Komenskiy, inson tabiatining bir qismi va u tabiatning birqismisifatida uningengasosiy,umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblanadi.
Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Komenskiy nafaqat tabiatning uslubiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayangan holda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va ko‘radi.
Komenskiydan ancha ilgari sharq uyg‘onish davri buyuk olimi ensiklopediyachisi va mutafakkiri AbuAliIbnSino(980-1037) o‘z asarlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lish haqida gapirgan edi.
Masalan «Uyro‘zg‘ortutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi.