Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Ijtimoiy pedagogika ta’rifi, tuzilishi va vazifalari. Ijtimoiy tarbiya (keng va tor ma’noda) tushunchasi



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə16/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Ijtimoiy pedagogika ta’rifi, tuzilishi va vazifalari. Ijtimoiy tarbiya (keng va tor ma’noda) tushunchasi.




Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to’ldirib keladi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin. O’zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo’ladigan g’oyalar mavjuddir. XIX asrda o’zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy materiallar manbai hisodlanadi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to’xtatib qoyildi. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida roy bera boshladi. Uning qayta “tug’ilishi” ijtimoiy pedagoglarni hozirgi sharoitdagi amaliy faoliyatlarida ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni ko’paytirish yoki kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq ijtimoiy pedagogika sohasidagi mavjud nazariya va amaliyotning tizimlashtirilmagani bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga ta’sirini ko’rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to’liq qamrab oluvchi ta’rifni 66 barish ancha murakkab hisoblanadi, ammo Rossiyalik qator olimlar ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishga harakat qiladilar. Masalan, Y.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o’qitish nazariyasi va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi. A.V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy pedagogika - barcha Yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogika”dir. V.D.Semenov “Ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi”ni ma’lum yutuqlarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiradigan fan, deb hisoblaydi. I.P.Podlasiyning “Pedagogika”
darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir”. M.A.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo’lgan. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” tushunchasining o’zi ob’ektiv bilimlarini tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini o’rganish “ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo’lib, ya’ni “Pedagogika” va “Sotsiologiya”ning birlashuvidan vujudga kelgan. Bu birlashuv tasodifiy emas. U fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni keyingi yillarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar - maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus pedagogika, kasb-xunar pedagogikasi, pedagogika tarixi va boshqa bir qancha fanlar mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo’ldi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini o’rganadi. Biroq ular o’ziga xos yo’nalishlarni va xususiyatlarni tadqiq etadi. Bu fanning o’ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida mujassamlashtiilgan. “Ijtimoiy” (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida insonlar orasidagi o’zaro munosabatlarning turli shakllari bilan bog’liq barcha jarayonlar tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatga qo’shilishi(integratsiya) bilan bog’liq xodisalarni alohida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari va boshqalar) ijtimoiylashuv deyiladi. Shunday qilib, agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo’lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti - bu bola, biroq o’rganish predmetlari turlicha.
Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay ularning o’ziga xos vazifalari tufayli uzoqlashish roy berdi. Umumiy pedagogikaning o’ziga xos vazifasi ta’limtarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o’rganadi, insonlar birbirlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, guruhlarga birlashish sabablarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o’rganadi. Shu bilan birga o’z rivojlanishida umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo’ldi. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, “Mehribonlik uylari”, qariyalar uylarida yashovchilarga g’amxo’rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash va boshqalar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning kompleks xarakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida namoyon bo’ladi. Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig’i haqidagi masalalarini o’rtaga qoyadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashning umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo’limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi. Bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak bo’ladi. Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil etadi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi, tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Sotsiologiya va
ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya – jamiyat va ijtimoiy munosabatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, faoliyat yuritishi, shakllanishi qonuniyatlari haqidagi fandir. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv muammolarini o’rgana turib, sotsiologik ma’lumotlarga murojaat etadi va ulardan o’z o’rnida foydalanadi. (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi). Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o’rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o’z-o’zini anglashning shakllanish qonuniyatlari, etnik steriotiplarni o’rganuvchi bilim sohasidir. Ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya inson hayotining yosh davrlarga bo’linishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda ma’lum yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o’rnini belgilovchi omillar, ijtimoiylashuvda tarbiyaning etnik xususiyatlari va qonuniyatlarini o’rganadi. Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va mazmunini belgilashda, tarbiya tizimini tashkil etishda inobatga olish lozim. Shu bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos keladigan, etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu xalq doirasining ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o’rnini to’ldirish ham lozimdir. Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. Ijtimoiy psixologiya inson va guruhlar faoliyatiga psixologik tasnif berish bilan birga insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo’shilishlari faktini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlarini ham ham o’rganadi. Yosh psixologiyasi inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlarini, shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog’liq omillarini ham o’rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o’rganishda ijtimoiy tarbiya metodikasi va texnologiyasini ishlab chiqishda ijtimoiy va Yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi. Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning fanlararo bog’langan sohasi hisoblanadi. Uning asosini pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va vositalar tashkil etadi. Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari sotsiologiya fani tomonidan ham o’rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi sotsiologik nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi. Shu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagogika o’zining nazariya, uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqmoqda. Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlar asosida Y.N.Galaguzovaning ta’rifiga juda yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha: Ijtimoiy pedagogika - shaxsning ijtimoiylashuvi qonuniyat-larini o‟rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‟llashga qaratilgan pedagogika sohasi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganadigan, mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari hamda texnologiyalar bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersak ham bo’ladi. Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo’limlardan iborat. Bu bo’limlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy faoliyat turlaridan biri sifatida xarakterlashga va uni mukammallashtirish boyicha muayyan tavsiyalarni berish imkonini yaratadi. 70 Ijtimoiy falsafa falsafa, etika, sotsiologiya va pedagogika fanlarining to’qnashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o’rganiladi. Xususan, ijtimoiy tarbiya va uning vazifalariga ta’rif beriladi: inson obrazini muayyan tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiyaga nisbatan umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat sifatida tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o’rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya salohiyatlaridan foydalanish,
ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo’lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish, salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo’llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar jamiyatdagi tarbiyaviy kuchlarni birlashtirish yo’llarini qidirishga asos bo’lishi mumkin. Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiya filosofiyasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi hamda viktimiolgiya ma’lumotlarini inobatga olib individual, guruhli, ijtimoiy sub’ektlar nima ekanligini va ular o’zaro qanday munosabatda bo’lishlarini o’rganadi. Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning turli Yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o’zaro munosabati samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi. Ijtimoiy tarbiya metodikasi ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi usullari va metodlarini ishlab chiqadi. Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning “inson kapitali”ga bo’lgan ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo’lgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo’limda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko’rib chiqiladi. Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega. A.V.Mudrik bu vazifalarni 3 guruhga ajratib ko’rsatadi: nazariy, amaliy va insonparvarlikka oid. Nazariy vazifa ijtimoiy pedagogika oid bilimlarni to’plab zamonaviy jamiyatda o’rganayotgan jarayon va hodisalarining to’liq tasvirini nazariy jihatdan yoritib berishda namoyon bo’ladi. Amaliy vazifalarga ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliypedagogik va psixologik yo’nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog’liq. Amaliy vazifalarga quyidagilar kiradi: 1)bola (o’smir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, o’zaro tushunishga muhabbatni tarbiyalash; 2)inqirozli holatlardan mustaqil chiqib ketish maqsadini qoyish, chiqish yo’llarini aniqlash, atrofdagilar bilan muloqot qilishni o’rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniqlash; 3)atrof-muhit, inson, uning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari, jamiyatdagi huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish; 4)g’urur, mustaqillik, o’ziga ishonch hissini rivojlantirish; 5)bola (o’smir)da oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala madaniyatini oshirish. Bunda ijtimoiy pedagog o’z tarbiyalanuvchilarining Yosh xususiyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, u bolaga ijtimoiy munosabatlarning axloq va huquq normalariga suyangan holda insonlar, shaxs va jamiyat o’rtasidagi nizolarni yechishga o’rgatishi kerak. Bu vazifalar yaxshilik qilish, o’z hayotini tashkil etishga o’rgatish, o’ziga xoslik va iqtidorni tashkil qilishga rivojlantirishda o’z aksini topadi. Insonparvarlik vazifasi shaxsning rivojlanishida o’z-o’zini takomillashtirish uchun sharoitlar yaratib beruvchi, ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtiruvchi, qoyilgan maqsad va vazifalarni ishlab chiqishda insoniylikka asoslanishda o’z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insonparvarligi bola va pedagog o’rtasidagi munosabatlarni qattiqqo’llik emas, o’zaro tushunishga asoslanishida ko’rinadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlarini shakllantirishida, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Y.V.Vasilkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy tarbiyaviy, ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy reabilitatsion vazifalarini ajratadi. Tarbiyaviy vazifa bolaning jamiyatga qo’shilishi yoki uning ijtimoiylashuv jarayoni, o’quv va tarbiya jarayoniga ko’nikishida ekanligini ko’zda tutadi. Ijtimoiy - huquqiy vazifaning asosini davlatning bolalarga g’amxo’rligi, ularning huquqiy himoyasini tashkillashtirish, muammolarini hal qilishda maslahatlar beruvchi tashkilotlar ishini takomillashtirish tashkil etadi. Ijtimoiy reabilitatsion vazifa – nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o’quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy vazifalarni ijtimoiy pedagog bajaradi. Shu bilan birga Y.V.Vasil’kova vazifalarning yanada
kengroq tavsiflarini ham beradi:  falokatga uchragan bola(o’smir)larga yordam ko’rsatish, inqirozdan chiqish yo’llarini topish, qiyin vaqtda qo’llab-quvvatlashi; bola(o’smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o’rganishi; bolani o’rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatining tahlili; ijtimoiy pedagogikaning ijobiy tajribalarini tahlil qilishi, tarqatishi, targ’ib qilishga qaratishi; u bola (o’smir) faoliyatini o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitish va o’z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi
; ijtimoiy pedagog bola (o’smir) muammolarini hal qiluvchi, uning muammolari, huquqlariga aloqador tashkilot va mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug’ullanishi; ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o’rganishni tashkil qilishi, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim.



    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin