Bolalik - insonning ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri.
Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O‘sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o‘zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga – bo‘yinning o‘sishi, vaznining og‘irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi kiradi. Ruhiy o‘zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha bir xil bo‘lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko‘rish lozim. Pedagogikada "Shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farqli o‘laroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo‘lishi, munosabat o‘rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hokazo), hayotda o‘z o‘rnini topa olishi, uning Vatan, xalqning ravnaqi yo‘lida og‘ishmay, e’tiqod bilan xizmat qilish, iymonli bo‘lishi, insonni Shaxs darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi. Fan faoliyatining bir sohasi u yangi obyektiv bilim va ko‘nikmalarni yaratadi. Inson rivojlanishi juda qiyin protsess. Rivojlanishi har qanday tirik organizmga shu jumladan insonga ham xosdir. Rivojlanish tashqi va ichki faktorlar ta’siri ostida bo‘ladi. Tashqi faktorlarga: Insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit kiradi. Bolalarda ma’lum Shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga qaratilgan maqsadli yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki faktorlar: biologik faktorlar kiradi. Inson rivojlanishga ta’sir qiladigan faktorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi.
Bolaning rivojlanishi prosessida turli faoliyatlarga duch keladi: o‘yin, o‘qish, mehnat, sport va boshqalar, turli kishilar bilan muloqotda bo‘ladi ota-onasi, aka-ukasi, qarindoshlari do‘stlari va boshqalar bilan. Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan muloqotga kirishish natijasida turli ijtimoiy ko‘nikmalar hosil bo‘la boshlaydi. Bolaning normal rivojlanishi uchun muloqotning ahamiyati juda kattadir. Bolaga global o‘y, ekologik faktorlar: suv, xavo ifloslanishi hozirgi kunga kelib ko‘r, soqov ya’ni nuqsonli bolalarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Ekologik faktorlar natijasida tayanch apparat buzilishini, shizofreniya kon kasalliklari kabi kasalliklarga olib kelmoqda. Lekin bolani ijtimoiylashtirishda protsessida bularni hammasini hisobga olish kerak ijtimoiiy faktorlarga: Mikro faktorlar, makro faktorlar, mezon faktorlar kiradi. Bolaning rivojlanishida sotsiumning ahamiyati juda kattadir. Bolaga eng yaqin bo‘lgan sotsiumlar bular-oila turli xil guruhlar turli xil to‘garaklardir. Bola bir sotsiumdan ikkinchisiga o‘tib yurishi mumkin. U faqatgina bu sotsiumdan o‘ziga mos keladigan qulay sharoitni qidiradi va shu qidirish natijasida o‘ziga ijtimoiy malaka yetishtirib boradi, bu orttirgan malaka salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom Shaxsining ta’siri juda katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma, orttirilgan bo‘ladi. Tarbiya tarixiy vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, keyin xulqni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar - axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig‘indisidir. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya kishilik jamiyatning paydo bo‘lishi bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi, jamiyatning o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi. A. Avloniy tarbiya haqida gapirar ekan shunday degan edi: Tarbiya bizlar uchun, yo hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir. Rasuli akrom Nabiyi muxtaram salloloxu alayxu vasallam : «Insonlarning qarami dinidadir, muruvvati aqlidandir, nasabi ahloqdandir, - demishlar». Ma’lumki inson butun umri mobaynida o‘zgarib. rivojlanib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davridagi o‘sish nihoyatda kuchli kechadi. Bola mana shu yillar mobaynida ham jismoniy ham ruhiy jihatdan o‘sishi va o‘zgarishi tufayli Shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda ular harakteriga singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib murakkab ijtimoiy munosabatlar jarayonida jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham L. I. Bojovich odam shaxs bo‘lishi uchun u psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini bir butun inson deb his qilmog‘i, o‘z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak degan edi. Har bir odam Shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. Bir odam boshqasidan o‘zini mijozi fe’l-atvori, qobiliyati, aqliy rivojlanishga darajasi, ehtiyoj va ko‘rsatishlari bilan farq qiladi. Bular odamning Shaxsiy, ruhiy xususiyatlari bo‘lib, ana shu xususiyatlarining rivojlanishi ta’lim-tarbiya cho‘qqisiga erishgandan so‘ng, inson shaxs sifatida o‘zini namoyon qila olishi mumkin. Ayni vaqtda odam atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea va hodisalarga nisbatan o‘z nuqtai nazarga ham ega bo‘lmog‘i kerak. Bu ham Shaxsni birini ikkinchisidan farqlantiradigan belgilardir. Shaxs ijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo‘ladi. Aniqrog‘i har bir odamning mehnatga, kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham turlicha ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham uni boshqalardan ajratib turadi. Shaxs xaqida gapirilganda, tabiiy holatda shunday savol tug‘iladi. Har qanday odam shaxs bo‘la oladimi? Shaxs bo‘lishi uchun nimalar qilish kerak? Bu savolga shunday javob berish mumkin. Insonning sotsial mavjudot sifatida Shaxsga aylanishi uchun eng avvalo, ijtimoiy hayot tartiblari va yaxshi tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va Shaxsga aylanadi. Pedagogika sohasida tadqiqot olib boruvchi olimlarning ko‘p yillik izlanish natijalari asosida insonning rivojlanishiga quyidagicha ta’rif berishadi: Oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yaxshi holatga o‘tish, yangilanish yangining
paydo bo‘lishi va eskining o‘lib borishi, miqdor o‘zgarishning sifat o‘zgarishga olib keluvchi murakkab harakat jarayoni deb qaraydilar. Zero, hayot qonunlarining ko‘rsatishicha ham rivojlanishning asosiy manbai qaramakarshiliklar o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Insonning munosabatlar doirasiga nafaqat o‘zga kishilar bilan aloqasi, balki tabiatga, jamiyatga, hayotga, mehnatta bo‘lgan munosabatlari ham kiradi. Mana shunday munosabatlar asnosida inson o‘zining qobiliyatlarini, aqlini, farosatini namoyon qila boshlaydi. Bu bilan u o‘z haqidagi Vataniga, umuman butun borliqdagi munosabatini ifodalaydi. Tabiiyki, bu fazilatlar faqat tarbiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham inson rivojlanishini unga singdirilgan tarbiyaning natijasi deb qarash mumkin. Shaxsini rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal qilish uchun avvalo uning xalqiga ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, Shaxsning shaxsiy xususiyatini yaxshi o‘rganmoq lozim. Buning uchun turli munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish darkor. Ana shundagina Shaxsning ijtimoiy xulqi ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlar ro‘yobga chiqadi. «Har bir inson, degan edi Forobiy: o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli odam yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p insonlarning birlashuvi orqaligina o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuv mumkin. Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchun uning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish, Shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim shartlardan biridir. Bolalarga Shaxsiy farqni ularning ruhiy holatining turlicha namoyon bo‘lishini, xulqi va qarashlaridagi farqni qaysi omil belgilaydi degan tabiiy savol tug‘iladi. Demak, inson rivojlanishda biologik omilmi, ijtimoiy omilmi yoki tarbiya omilimi qaysi, biri yetakchi rol o‘ynaydi degan savolga javob berish lozimday ko‘rinadi. Bu savolga turli tarixiy davrlarda turlicha yondoshib, javoblar berilgan. Xozirgi kunda ham bu masalaga turli nuqtai nazarlar bildirilmokda. Ochikrog‘i, fanda odamning Shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va sotsial omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilash borasiga munozara ko‘p asrlardan beri davom etib kelmoqda. Ko‘p asrlik mazkur munozara zamirida ikki bir-biriga qarama-qarshi nuqtai nazar vujudga kelgan. Ulardan biri odam bolasining Shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi desa, ikkinchi toifa olimlar esa ijtimoiy voqealar tarbiyaning muhim omil ekanligini ta’kidlaylilar. Birinchi guruh olimlarining fikricha odam bolasining rivojlanishi tug‘ma imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lib, rivojlanish esa o‘sish va tabiiy tug‘ma xususiyatlarning miqdoriy o‘zgarishlaridan iborat ekan. Demak, bolaga ona ajdodi avlodajdodlaridan tug‘ma o‘tgan xususiyatlargina rivojlanadi, degan tushuncha kelib chiqadi. Bu nuqtai nazar namoyondalari tarbiyaning rolini cheklab rivojlanishning inkor etadilar. Bunday ilmiy faraz fanda biologik yo‘nalish deb ataladi. Bu yo‘nalishning dastlabki namoyondalari qadimgi Yunon olim va faylasuflari Aristotel, Platon, Suqrot va Demokritlarning pedagogik qarashlarida o‘z aksini topib, ular odamlar azaldan biri ikkinchisi ustidan hukmron bo‘lishga, biri kambag‘al, biri boy bo‘lib yashashga va bunda itoat etib, bu ollohning irodasi deb sabr-toqat qilishga da’vat etilgan. Taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan. Rizq-ro‘zini, umrini o‘lchab bergan. Shu jumladan insonning kelajakda qanday inson bo‘lishi ham ularning nasliy sifatlariga ko‘p jihatdan bog‘liq deb ko‘rsatganlar. Aytish joizki, xuddi shunga yaqin nuqtai-nazarni XVII asr falsafasida vujudga kelgan «preforizm» oqimi namoyondalarining fikrlarida ham uchratish mumkin. Ular odam bolasiga ona pushtidan qanday sifatlar o‘tgan bo‘lsa, faqat shu sifatlargina shakllanadi deb ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini chegaralab qo‘yishadi. Inson Shaxsi va uning xulq-atvorning rivojlanishiga naslning rolini yuksak baholagan yana bir oqim «bixeviorizm» bo‘lib, u XX asrning boshlarida keng tarqaldi. Bu oqimning ko‘zga ko‘ringan
yirik namoyondalari Eduard Trondayk bixeviorizm ta’limotiga asoslanib, odamning xulq-atvori mexanik stimullari organizmda bevosita tug‘diradiga ko‘plab qilinadigan mexanik mashqlar bilan mustahkamlanadigan sof tashqi reaksiyalardan iboratdir, deydi. Uning fikricha, Shaxsning barcha xususiyatlari, shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o‘tadi, go‘yo odamning
«ko‘zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyati tabiatan berilgandir. Inson «genlar batareyasi» bo‘lib, ular nasldan-naslga tug‘ma o‘tib boradi va Shaxsning rivojlanishini ham, uning kelajagini ham shular belgilaydi, deydi. Amerikaning «progmatik» pedagogikasining atoqli vakili D.Dyui va uning nazariyasining davomchisi A.Kombslar ham shaxs rivojlanishini biologik omil deb izohlaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat deb ko‘rsatadilar. Odam nima bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya tashqaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘zgartiradi» - deydi D.Dyui. Darhaqiqat, pedagogika fani odam bolasining Shaxs sifatida rivojlanib. taraqqiy etib borishini o‘ta murakkab va qarama-qarshi jarayon deb biladi. Uning shaxs sifatida shakllanishida nasl ham (biologik omil), ijtimoiy muhit ham (bola yashaydigan sharoit), tarbiya ham o‘z holi va o‘z o‘rni bilan muhim rol o‘ynaydi. Bu har uchala omilning qaysi biri yetakchi ekanligini pedagogika fani asrlar mobaynila avlod-ajdodlarimiz to‘plagan tajribalarga suyangan holda ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berishga harakat qiladi. Shaxs ma’lum ijimoiy tuzilgan mahsuli. Uning mohiyatini ijimoiy munosabatlarning tashkil etadi. U yashayotgan jamiyatdagi konkret tarixiy sharoit belgilaydi. Shaxsning hayotiy faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy muhit unga ham ijobiy ham salbiy ko‘rsatishi mumkin. Zero, odam ota-bobolar tajribasini o‘rganadi, Shaxs sifatida rivojlanib boradi, o‘rgangan tajribalarni takomillashtiradi. Natijada ularni o‘z faoliyatida qo‘llaydilar. Ana shu yashayotgan sharoit va mehnat qilayotgan sharoit unga bo‘layotgan tarbiyaviy ta’sir va faoliyat jarayonidagi aktivlik tufayli Shaxsiy xususiyatlar vujudga keladi. Demak, odam Shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va insoning o‘zi o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, inson ularga aktiv ta’sir etadi va shu yo‘l bilan hayotini o‘z tabiatini o‘zgartiradi. Pedagogik va psixologik oqimlar shaxsning rivojlanishida irsiyatning roliga katta ahamiyat berish bilan birga muhit va tarbiyaning roliga ham yuksak baxho berishadi. Zotan, shaxsning kamolga yetishida irsiyat va biologik omillarning rolini inkor etish aslo mumkin emas, lekin bolalarga o‘zgarmas xususiyatlargina o‘tadi deb tushunmaslik o‘zgaruvchan xususiyatlar ham unutmaslik kerak. Tarixiy taraqqiyot jarayonida odamning anatomik belgilari, o‘zgarishlari avloddan-avlodga mustahkamlanib borishi nasldan-naslga o‘tishi mumkin. Ayni vaqtda, odam bolasiga xos xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan o‘tadi, ammo bu xususiyatlarning rivojlanishi uchun ular insonlar orasida yashashi, aloqa qilishi muhim rol o‘ynashini unutmaslik lozim. Agar bolada tug‘ma layoqatlar bo‘lsayu, lekin, uni o‘stirishga yordam beradigan ijtimoiy, oilaviy va tarbiya muhiti bo‘lmas ekan inson bo‘lib tug‘ilishning hojati ham yo‘qdir. Madomiki shunday ekan, demak, bola o‘z layoqatiga mos sharoitlarda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat yerga ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha, zarur sharoit bo‘lmasa bor qobiliyat ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Mana shunday nuqtai nazar inson layoqatining namoyon bo‘lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to‘la-to‘kis hayot sharoitiga bog‘liq. ekanligini ko‘rsatadi. Odam bolasidagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi. avvalo ijtimoiy muhitga bog‘liq ekan. Yana shu narsani ham aytib o‘tish kerakki, sharoit qulay va noqulay bo‘lishi ham mumkin. Butun jahonga ma’lum va mashxur O‘rta Osiyoning buyuk allomalari onalaridan biri tabib, biri shoir, biri xandasa. biri muxandis, biri faylasuf bo‘lib tug‘ilmagan, balki ularning yashab turgan davri, ijtimoiy muhiti, qolaversa oila muhiti ularning mana shunday insonlar bo‘lib yetishishlarida asosiy turtki bo‘lgan, ular yashab turgan hayotning ma’nosi, ideal va voqelik, axloqiy xaqiqat burch va borliq, axloqiy hayotda obyektivlik va subyektivlikning o‘zaro munosabati, bilish va qadr-qimmat singari axloqiy
sifatlarning o‘ta shakllanganligi ham bu kabi insonlarni yetishib chiqishida asosiy turtki bo‘ladi. O‘sha davrda insonparvarlik g‘oyalari qadr-qimmati, insoniylik yangi va yuksak bosqichga ko‘tarilgan edi. Shuning uchun ham Mirzo Bedil haqli ravishda tarbiyada inson qadr-qimmatining buyukligi haqida gapirib shunday deydi; - «Xazrati insonnnng hurmatextiromga sazovor ekanligini tan olmagan har kim mal’undir». Darhaqiqat bunday insonlar qadriyatlarimiz dahlsiz bo‘lishi imom Buxoriy, Farobiy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, So‘fi Olloyor, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bedil, Ahmad Donish va boshqa ko‘pgina mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan keng foydalanish va ularning didaktik qarashlarini pedagogika fanining rivolanishida metodik asos qilib olish bugungi kun talabidagi yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi Individning sotsiumga kirishi murakkab jarayon hisoblanadi. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatish imkonini beradigan muayyan qadriyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar, tasavvurlarni) o‘zlashtirib olishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, - Shaxsning o‘z ijtimoiy tajribasini orttirishi va o‘zini faol qaror toptirishini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiylashuvining samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga to‘la-to‘kis qo‘shilganligini) bildiruvchi eng muhim ko‘rsatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik – Shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining muvjudligidir. Totalitar tizim sharoitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata olmas, ularni o‘zgartirish yo‘lida ijtimoiy faollik ko‘rsata olmas edi. Bu hol odamning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi jarayoni ko‘pincha uning real istaklari va intellektual qobiliyatlariga bog‘liq bo‘lmasligiga olib borar edi. Binobarin, Shaxsning sotsial roli uning ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlariga adekvat emas edi. Jamiyat hayoti markazlashtirilgan bir sharoitda Shaxsning ijtimoiy harakatchanligi ham, ya’ni jamiyatdagi o‘z mavqeini istaklari va qobiliyatlariga muvofiq o‘zgartirish imkoniyati juda kam edi. Odamning hayotdagi o‘z o‘rni haqidagi tasavvuri bilan real mavqei o‘rtasida farq bo‘lgan bir sharoitda ijtimoiy maqomni Shaxsiy talablar, qobiliyatlar va qadriyat yo‘nalishlariga muvofiq o‘zgartirish mumkin emas edi.