Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə10/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Abdulla Avloniy (1878-1934) «Turkiy Guliston yoxud ahloq» degan asarida turli shaxs axloqiy hislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini o‘zbek tilida yozilgan pedagogika bo‘yicha birinchi darslik deb hisoblash mumkin.
Pedagogika mustaqil fan sifatida Y. A. Komenskiyning «Buyuk didaktika» (XVII asr) degan asaridan so‘ng ajralib chiqdi, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon qonuniyatlari aniq ta’riflangan.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
  • bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish;


  • bolalar xususiyatlarini e’tiborga olish;
  • me’yoridan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish;


  • bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish;
  • bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish.


Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi. Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, shaxs bo‘lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o‘tadigan o‘zini tutish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib ketishadi. Antik jamiyatdagi falsafachilar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlari va ensiklopedayachilari bo‘lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o‘z asarlarida ham tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi, shaxs madaniyati orqali shakllanadi, har qanday madaniyat asosan boyligi esa insondir. O‘tmishi falsafachi va pedagoglari hisoblardiki, madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada A. Disterverg (XIX asr) tomonidan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt shart-sharoitlarini ya’ni inson tug‘ilgan vaqt va joyini, bir so‘z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olishga zarur



Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin