Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko’ra bolalar, o’spirinlar, o’smirlarning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar (aqliy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular:
dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar;
ijtimoiy tarbiya sub’ektlariga xos bo’lgan qadriyatlar;
tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bo’lgan qadriyatlar.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat ekanligi tamoyili tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tengligini taqozo etmaydi. Bu hol yoshdagi tafovutlar, hayotiy tajribaning bir xil emasligi, ijtimoiy rollarning assimmetrialligi bilan izohlanadi. Birgalikdagi faoliyat tamoyilida birinchi o’rinda tenglik emas, balki o’zaro hurmat va sofdillik turadi.
Tarbiyaning davomiyligi tamoyili. Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik xarakteridan kelib chiqadi. Tarbiyaning davomiyligi tamoyili inson rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat deb biladi. Bu tamoyilga ko’ra har bir bola, o’smirning ijtimoiy rivojlanishida doimo davomiy va tugallanmaydigan jihatlar mavjud bo’ladi. Chunki dunyo va o’zi bilan o’zaro munosabatda bo’la turib, ular doimo innovatik xususiyatini saqlab qolishadi ( Masalan, L. Tolstoy hayoti davomida unda beshta inson o’zgargan deb hisoblaydi). Tarbiyaning
davomiyligi tamoyiliga ko’ra tarbiyani shunday tashkil qilish kerakki, har bir yosh bosqichida inson “qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Sanab o’tilgan tarbiya tamoyillarini inobatga olish va ularning ta’minlanishi ijtimoiy pedagogikada ijobiy natijaga erishishning shartlaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolar o‘z konstitutsiyaviy huquqlariga, konkret tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy – tarixiy, milliy ma’naviy – madaniy sharoitlarga asoslangan axloq normalariga to‘la rioya etgan holdagina rivojlana oladi. Ijtimoiy ta’lim va tarbiya tizimidan o‘tgan har bir odam-shaxs sifatida shakllanadi. Ijtimoiy vazifalarni bajarish layoqatiga ega bo‘lgan, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy namoish eta oladigan, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam shaxs sifatida ijtimoiy mavqega erishadi. Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy faoliyati bir-biriga juda yaqin, bu yaqinlik vazifasiga ko‘ra, mazmuniga ko‘ra va ish metodiga ko‘ra yuz beradi, ular hech qachon biri ikkinchisini kesib o‘tmaydi. Bu xavf-hatarini bartaraf etish uchun ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish, milliy istiqlol g‘oyasini joriy etish masalasida ijtimoiy pedagogik yondashuvidan keng foydalanish, differensiatsiyalashgan psixologik-pedagogik dasturni, yangi darslik va qo‘llanmalarni yaratish zarur.
Jamiyat dunyo hamjamiyatining dinamik o‘zgarishi munosabati bilan o‘qitish, tarbiyalash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini uzviy ravishda qo‘shish, ya’ni ma’naviy – mafkuraviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo‘lib, tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yishda xaqiqiy jo‘shqinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika universitstlarida yetishib chiqadilar.
Ijtimoiy pedagoglik sohasida asosiy bog‘liqliklaridan biri - soha obyekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |