Mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi.
Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi.
Jumladan, mamlakat xalq xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi.
O’zbekistonda sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari, geografik va iqtisodiy omillari mavjud. Geografik omillar jumlasiga yer sirti tuzilishining holati, iqlimning nisbatan yumshoqligi, tabiiy resurslar (M.: foydali qazilma: ma'dan mineral va yoqilІi resurslari), suv resurslari va ular bilan ta'minlash darajasi kiradi. Iqtisodiy resurslarga mehnat resurslari, transport va uning rivojlanish holati kiradi. Shuningdek, uni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi muhim rol o’ynaydi.
Mamlakatning sanoati rivojlantirishda shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak uning istiqbolini ko’rish qiyin emas. Mamlakatimiz yer usti va yer osti boyliklari zahiralarining ko’p va xilma-xilligi, mehnat resursining kattaligi, transport tarmoqlarining yaxshi rivojlanganligi, shuningdek, mamlakatda yagona temir yo’l tizimini yaratish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda barpo qilinayotgan yuzlab qo’shma korxonalar ana shu istiqboldan darak beradi.
Ayrim tabiiy resurslarga nazar tashladik. Sanoatni rivojlantirishda tabiiy resurslar (va ayniqsa foydali qazilmalar) bilan ta'minlanganlik alohida o’rin tutadi. Chunki yoqilІi-energetika va metallurgiya sanoatining xomashyo (neft, gaz, ko’mir rudasi)larsiz sanoatning undurivchi tarmoqlarini rivojlantirib bo’lmaydi. Ishlab beruvchi sanaotning ko’pchilik tarmoqlari uchun ham xomashyoni asosan ana shu undiruvchi sanoat yetkazib beradi.
Suv resurslari ham sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda alohida omil hisoblanadi. U sanoatni hududiy joylashtirish va rivojlantirishda qatnashadi.Har qanday sanoat tarmoІi (va hattoki, alohida olingan sanoat korxonasi) ozmi ko’pmi suv iste'mol qiladi. Ayni bir paytda mamlakatimizda suv zahiralari chegaralangan. Buning respublika qihloq xo’jaligi asosan suІorishga tayanadi. Shuning uchun ham mamlakatda sanoatni uning markazlarini barpo qilayotganda mazkur hududlarning suv resurslarini hisobga olish zarur. Sanoatni joylashtirish va rivojlantirishga suv zahiralarini hisobga olish “Orol inqirozi” vujudga kelgan O’zbekiston rangli metallurgiya sanoatining ko’rki oltindir. Mamlakatimiz hududidan 30 ta oltin koni topilgan.
“Oltinning asosiy zahiralari oltin konlarining o’zida MarkaziyQizilqumda joylashgan bo’lib, tasdiqlangan zahiralari bo’yicha respublikani dunyoda to’rtinchi o’ringa olib chiqdi”.Hozirgi vaqtda O’zbekiston oltin qazib olish bo’yicha jahonda yettinchi o’rinda chiqib oldi. Ushbu nodir va sifati jihatidan jahonda tengi yo’q oltin sanoatini tashkil qilish va rivojlantirish orqali O’zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining kamol topishlarini yana bir poІona balandga ko’taradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!