157
5. Тalabalar mustaqil ishi bo’yicha maslaxatlarni tashkil etish tartibi.
Тalabalar mustaqil ishi bo’yicha maslaxatlar darsi auditoriyadan tashqarida amalga
oshirishga mo’ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo’llanmalar berish va
uning bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi.
Тalabalar mustaqil ishi bo’yicha maslaxatlar darsi fanning kalendar-tematik rejasiga
muvofiq o’tkaziladi. « Bog’lovchi moddalar » fani bo’yicha talabalarning mustaqil ish mavzulari
va mazmuni, ularni bajarish yuzasidan xisobot shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Maslaxat darsi tegishli fan o’qituvchisi tomonidan o’tkaziladi.
Fan o’qituvchisi maslaxat darsida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
talabalar mustaqil ishlari topshiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yo’llanma beradi.
topshiriqni bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;
tegishli adabiyotlar axborot manbalarini tavsiya qiladi;
talabalar mustaqil ishlari yuzasidan tayyorlangan ishlanma, xisobot, referat, xisob-kitob
va topshiriq natijalarini qabul qiladi xamda baxolaydi.
Тalabalar mustaqil ishi bo’yicha maslaxatlar o’quv jarayonining 1 va 2 smenada tashkil
etilishiga qarab talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarida dars jadvaliga kiritiladi.
6.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda
quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
-
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini o‘rganish;
-
Tarqatma materiallar bo‘yicha ma'ruzalar qismini o‘zlashtirish;
-
Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
-
Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
-
Yangi texnikalarni, apparaturalarni jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
-
Talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari
va mavzularni chuqur o‘rganish;
-
Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.
“Bog’lovchi moddalar” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini
qamrab olgan quyidagi mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan:
Dostları ilə paylaş: