A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Nazorat uchun savollar: 
1.Havoda qotuvchi oxak ishlab chiqarish uchun xom ashyo turlari. 
2.Ohakni kuydirish jarayoni va pechlar. 
3.Maydalangan, so’ndirilmagan oxak ishlab chiqarishi. 
4.Ohak xamirini ishlab chiqarishi. 
5.So’ndirish asboblar turi. 
6.So’ndirish jarayonini mazmuni. 


105 
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari

kompyuter texnologiyalari, laboratoriya 
jixozlari, ko‘rgazmali qurollar( beton kubiklar, qorishmalar, slaydlar); 
Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik metod turlari: 

Aqliy hujum, klaster,
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi: 
-
Ko’rgazmali qurol 
-
Proyektor 
-
Slayd 
-
Tarqatma material 
FANNING AMALIY MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI 
6-SEMESTR 
1-AMALIY MASHG’ULOT:
Mavzu: Havoi qurilish ohagini ishlab chiqarish texnologiyasi 
Mineral (noorganik) bog‘lovchilar kukunsimon bo‘lib, suv bilan aralashtirilganda 
plastik qorishma hosil bo‘ladi va fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida sun’iy toshsimon 
materialga aylanadi.
Mineral bog‘lovchilar strukturasi va qotish mexanizmiga ko‘ra havoyi va gidravlik 
bog‘lovchi turlariga bo‘linadi. Havoyi bog‘lovchilar qotish jarayoni, mustahkamligining 
o‘sishi faqat havoda yuz beradi. Havoyi bog‘lovchilarga havoyi ohak, gips, magnezial 
bog‘lovchilar, suyuq shisha va boshqalar kiradi.
Gidravlik bog‘lovchilar qotish jarayoni boshlanishi havoda yuz berib, suv yoki o‘ta 
nam sharoitda davom etadi va mustahkamligi ortadi. Gidravlik bog‘lovchilar jumlasiga 
gidravlik ohak, romansement, portlandsement va uning turlari, giltuproqli sement, 
putssolanli va shlakli portlansementlar, kirishmaydigan va kengayuvchan sement va 
boshqalar kiradi.
Mineral bog‘lovchilar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga aktiv mineral 
qo‘shimchalar-trepel, opoka, diatomit, pemza, gliej, vulqon tufi va kuli hamda toshko‘mir 
kuli, shlaklar va boshqalar qo‘shilishi mumkin.
Mineral bog‘lovchilar asosida g‘isht, tosh terish va suvoqchilik qorishmalari, beton 
va temirbeton buyum va konstruksiyalar, armotsement konstruksiyalar, avtoklav buyumlar, 
elimlovchi va bo‘yoq kompozitsiyalar va boshqa mahsulotlar tayyorlash mumkin.
Havoyi ohak 
Havoyi ohak tarkibida 6% gacha giltuproq bo‘lgan kalsiyli va magniyli karbonat 
tog‘ jinslari: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh va dolomitlarni kuydirib olingan 
bog‘lovchi materialdir. Ohak bog‘lovchisi (kipelka) oq va kul rangida bo‘lib, bo‘lak-bo‘lak 


106 
holda hosil bo‘ladi. Havoyi ohak bog‘lovchisi quyidagi turlarda bo‘ladi: so‘ndirilmagan 
maydalangan, so‘ndirilgan gidrat (pushonka), ohak qorishmasi va ohak suti.
Ohak bog‘lovchisi tarkibidagi SaO miqdoriga nisbatan kalsitli, magnezialli va 
dolomitli bo‘lishi mumkin. Kukun ohak tayyorlash uchun so‘ndirilmagan ohak, domna 
shlaki, elektrotermofosforli shlak, aktiv mineral qo‘shimchalar bilan birga maxsus 
tegirmonda tuyiladi.

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin