5
soldi. Vaqt o‘tishi bilan bu kurash sport zali zamonaviy Kodokan
dzyudo institutiga aylantirildi. Tabiiyki, dzyudoga Kitoryu, Ten-
sinsinyeryu maktablari va boshqa eski
maktablarning eng yaxshi
tomonlarini o‘rganib oldi. Xususan, usullar (kata) namoyishining
eski shakli to‘laligicha Kitoryu maktabidan o‘zlashtirib olingan.
Kano eski dzyudzyutsu maktablari nazariy platformasi mo-
hiyatini aks ettiruvchi yapon maqoli «Dzyu yeku goo sey suru»
(«Muloyimlik – kuch va yovuzlikni yengadi»)ni e’tiborga oladi.
Lekin ilmiy nuqtayi nazardan Kano dzyudo kurashini ko‘p ji-
hatdan oqilona tashkil qildi va takomillashtirdi. Uning tomoni-
dan kurashchilar mashg‘ulotiga kiritilgan uslubiyat hozirgi kunda
ham qo‘llanilmoqda. Shuni qayd qilish kerakki, Kano dzyudoga
ijtimoiy, fuqaroviy va tarbiyaviy ahamiyat berdi.
Ikkinchi Jahon urushi Yaponiyaga ko‘p vayronaliklar keltir-
di. Deyarli barcha maktab va shahar
dzyudo zallari foydalanish
uchu n yaroqsiz holga kelgan edi. Bularning hammasi yetmagan-
dek, 1945-yil noyabr oyida Amerika istilochi qo‘shinlari shta-
bi maktablar va boshqa rasmiy muassasalarda dzyudo bo‘yicha
mashqlar o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi. 1947-yildan boshlab yapon
murabbiylari Amerika harbiy bazalaridagi harbiy xizmatchilarga
dzyudo usullarini o‘rgata boshladilar. Dzyudo tiklanishi bilan
Yaponiyaning barcha tumanlarida musobaqalar o‘tkazila bosh-
landi, 1948-yilda mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Tez orada
Butunyapon Dzyudo
Federatsiyasi tashkil qilindi, Londonda
esa Yevropa Dzyudo Federatsiyasi bunyodga keldi. 1951-yildan
boshlab, o‘rta maktablar Jismoniy tarbiya Federatsiyasi dzyudo
bo‘limi, Butunyapon talabalar Dzyudo Federatsiyasi ishga tushdi.
Shu tariqa Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi 1951-yilda tashkil etil-
gan. 1956-yil Yaponiyada Birinchi Jahon chempionati o‘tkazildi.
1958-yil mart oyida Bunke tumani Kasuga ko‘chasida dun-
yodagi eng katta kurash zali, beshta kichik va o‘rta kurash zal-
lari, o‘z Dzyudo ilmiy-tekshirish institutiga va boshqa yordamchi
muassasalarga ega bo‘lgan yangi Kodokanning
yetti qavatli binosi
qurilishi tugallandi. 1959-yilda dzyudo sporti olimpiada turi sifa-
tida rasman tasdiqlanadi va 1964-yilda Tokioda VIII Olimpiada
o‘yinlari dasturiga kiritiladi. Hozirgi paytda Xalqaro Dzyudo
6
Federatsiyasi besh qit’aning deyarli 200 ta mamlakatini birlashti-
radi va sport dunyosida eng ko‘p sonlilardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: