A. Y. Bagdasarov pedagogika fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xiz


 Dzyudoni o‘rganish falsafasi



Yüklə 384,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix18.12.2022
ölçüsü384,31 Kb.
#76001
1   2   3   4   5   6
xrpt 4nhc7f48ova9frnv3ja7y3osh5k59cr2rz5n6ykjikin4yav8brv58dc2o7zsmp0ckn99zhgarv

1.3. Dzyudoni o‘rganish falsafasi
Insonlar ko‘pincha dzyudo bilan хobbi – «qiziqish» sifatida 
yoki qiyofani saqlash uchun shug‘ullanishni boshlashadi va unin g 
turmush sifatini yaxshilashga xos imkoniyatlari bilan kam qiziqi-
shadi. Biroq dzyudoga haqiqatdan ham keng qamrovli faoliyat 
sifatida yondashish zarur, bu jangovar san’atni to‘liq egallab olis h 
uchun esa uning bir necha tarkibiy qismlarini e’tiborga olish ke-
rak.
Ular quyidagilar:
● Jismoniy rivojlanish.
● Ma’naviy rivojlanish.
● Aqliy rivojlanish.
● Kurash olib bora olish.


9
Dzyudo asosan muayyan bir insonning foydasini, shaxsiy ri-
vojlanishini ko‘zlaydi, lekin uning asosida «o‘zaro foyda» g‘oyasi 
yotadi: shaxsiy yutuqlaringiz yo‘lida sizga do‘stlaringizning hur-
mati va yordami kerak bo‘ladi, ayni paytda ularga ham hayot 
yo‘llarida sizning yordamingiz zarur bo‘ladi.
1.4. Dzyudo sport klubini tanlash
Mamlakatimizdagi dzyudo tashkiloti bilan bog‘laning va 
mintaqangizda ro‘yxatdan o‘tgan murabbiylar hamda klublar 
to‘g‘risida batafsil axborotni bilib oling. 
Klubdagi o‘rgatish uslubi va muhit sizga to‘g‘ri kelishi yoki 
kelmasligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uchun bir nechta 
mashg‘ulotlarga borishga harakat qiling. Ustoz va bir nechta 
klub a’zolari bilan gaplashib ko‘ring. Ayrim muassasalarda endi 
shug‘ullanuvchilar uchun maxsus kirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi 
bu juda foydali bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulotlar jadvali va klub-
ning joylashgan manzili mashg‘ulotlar tartibiga doimo rioya qi-
lishga imkon beradimi?
Ustozingiz mamlakatingizda dzyudo tashkiloti tomonidan tan 
olingan darajaga va o‘rgatish uchun to‘liq sug‘urtaga ega bo‘lishi 
lozim. Garchi dan «qora belbog‘» mahorat darajasiga erishganlik 
bazaviy bo‘limlar hamda dzyudo mahoratining yaxshi darajasini 
anglatsada, bu yaxshi o‘rgatish malakalari to‘g‘risida tasavvur ho-
sil qilmaydi, shuning uchun ustozda davlat tomonidan berilgan 
pedagogik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom bor yoki yo‘qligini aniq-
lab oling. Undan tashqari, ular xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan 
tanish ekanligiga e’tibor qarating.

Yüklə 384,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin