A yuldashev soliq va soliqqa


 -§ . Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiui aniqlash tartibi



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/76
tarix15.10.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#155903
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish

2 -§ . Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiui aniqlash tartibi
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini soliqqa tortishda aso­
siy ish joyidan hamda asosiy bo'lm agan ish joyidan, yakka tartibdagi tad- 
birkorlik faoliyatidi va boshqa daromadlari soliqqa tortiladi. Bunday 
daromadlarga quyidagilar kiradi:
- mehnatga haq to'lash shaklida olingan daromadlar;
- jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi;
- jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan kelgan yalpi daro­
madi .
M ehnatga haq to'lash shaklida olinadigan daromadlariga jismoniy 
shaxslarning m ehnat shartnomasi bo'yicha qilingan ishlaridan va fuqarolik- 
huquqiy shartnom alar bo'yicha olingan daromadlari kiradi. Mehnatga haq 
to'lash shaklida olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
- xodimlarga sotiladigan tovar (ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bun­
day tovarlami (ishlar, xizmatlar) xarid qilish narxi yoki ulam ing tannarxi 
o'rtasidagi manfiy farq;
- ish beruvchi tom onidan xodimlaming chiqimlarini qoplash uchun 
qilingan, ulaming faoliyati bilan bog'liq bo'lm agan xarajatlar;
- xodim ish beruvchiga to'lashi kerak bo'lgan, am m o ish beruvchi- 
ning qarori bilan hisobdan chiqarilgan qarz summalari;
- ish beruvchi o 'z xodimlarining hayoti va sog'lig'ini ixtiyoriy su- 
g'urtalash badallarini to'lash uchun qilgan xarajatlar;
- ish beruvchining jismoniy shaxsdan ushlab qolishi kerak bo'lgan 
to'lovlar yuzasidan to'langan summasi;
- ish beruvchining o 'z xodimlarining bevosita yoki bilvosita daro 
madlarini tashkil etadigan boshqa xarajatlari.
Xodimlarga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan 
m e’yorlar doirasida beriladigan xizmat safari to'lovlarining summalari jami 
yillik daromadga kiritilmaydi.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga foizlar, dividendlar bo'yicha 
olingan daromad, mol-mulkm ijaraga berishdan keladigan darom ad kiradi
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daro­
madiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, daromad olish maq-
53


sadida tavakkal qilib, o 'z mulkiy javobgarligi ostida yakka tartibda amalga 
oshiriladigan, qonun huijatlarida tasdiqlangan boshqa faoliyatdan 
kela- 
digan barcha tushum lar kiradi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daro­
maddan soliq solinadigan darom adlam i aniqlash vaqtida mazkur yalpi 
daromadni olish (topish) uchun qilingan xarajatlar, majburiy to'lovlar, 
chiqim lar va ajratmalar chegirib tashlanadi.
Jism oniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan 
keladigan yalpi 
darom addan chegirib tashlashi lozim bo'lgan xarajatlar, majburiy to'lovlar, 
chiqim lar va ajratmalami aniqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tom onidan belgilanadi. Jismoniy shaxslarning shaxsiy iste’mol 
bilan bog'liq bo'lgan xarajatlari tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi 
darom addan chegirib tashlanmaydi.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin