A yuldashev soliq va soliqqa


TAKRORLASH U C H U N SAVOLLAR



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/76
tarix15.10.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#155903
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish

TAKRORLASH U C H U N SAVOLLAR
1. Qo'shilgan qiymat solig'i qanday soliq hisoblanadi?
2. Qo'shilgan qiymat solig'ini obyekti nima?
3. Qo'shilgan qiymat solig'ini stavkasi nima?
4. Q.Q.S. bo'yicha imtiyozlar.
5. Q.Q.S. qanday hisoblab chiqariladi?
70


I X bob. AKSIZ S O L IG 4N IN G MOHIYATI VA H ISO BLA SH
TARTIBI
l - § . Aksiz solig‘ining mohiyati va uning obyckti
Aksiz solig'i bilvosita soliq turi bo'lib, tovar yoki xizmat narxiga 
ustama ko'rinishda undiriladi va pirovardida istc’molchi tomonidan 
to ‘lanadi. Aksizlar davlatning soliqqa doir umumiy siyosati tarkibiy qismi 
hisoblanadi hamda budjct daromadini ko'paytirish, b a’zi tovarlar istc’mol 
qilinishi (tamaki, spirtli ichimliklar), ishlab chiqarish ayrim turlarining 
ko'paytirish tabiatni muhofaza qilishga salbiy ta ’siri oqibatida yuzaga 
keladigan ijtimoiy xarajatlar o‘mini qoplashda, shuningdek, avtomobil 
yo'llari qurish va saqlash xarajatlarini, boshqa xarajatlami, himoyalash 
manbayi sifatida, vatanimizdagi ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlashda va 
hokazolar uchun qo'llaniladi.
Aksiz hajmi qoida tariqasida, tovar qiymati bilan 
ham, uni ishlab 
chiqarish uchun qilingan m ehnat sarfi bilan ham bog‘liq emas, balki dav­
latning soliq siyosatiga qarab belgilanadi. Ba’zi mamlakatlarda iste’mol 
solig'i, ya’ni chakana savdodagi har bir xarid uchun soliq, xizmat ko'r- 
satish sohasida oborot solig'i, tomoshaxonalardan undiriladigan soliq va 
boshqalar tobora ko'proq rivojlanmoqda.
O'zbekiston Respublikasida aksiz solig'i O'zbekiston Respublikasining 
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar, 
tashki- 
lotlardan undiriladigan soliqlar to'g'risida» gi Qonuniga muvofiq qabul 
qi-lingan, lekin respublikamizda birinchi marotaba 1992-yildan boshlab 
joriy etilgan.
«O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida» aksiz solig'ining yan- 
gi umumiy qoidalari, aksiz stavkalari va to'lash tartibini ko'rsatib o'til- 
gan.
Aksiz solig'i tovar qiymatining bilvosita soliq ko'rinishida budjetga 
to'lanadigan bir qismi bo'lib, u qo'shilgan qiymat solig'i solinadigan 
bazada hisobga olinadi. O'zlari ishlab chiqargan va aksiz solig'i solinadigan 
tovarlami sotuvchi, mulkchilikning har qanday shaklidagi 
korxonalar, 
birlashmalar va tashkilotlar aksiz 
solig'i to'lovchilar hisoblanadi. Aksiz 
to'lanadigan tovarlarning eksportiga aksiz solig'i solinmaydi, O'zbekiston 
Respublikasiga tovarlar eksportiga nisbatan soliq solish rejimini qo'llay- 
digan davlatlarga tovarlar realizatsiya qilinadigan hollar bundan mustasno.
O'zbekiston Respublikasida aksiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqa- 
rayotgan yoki bunday tovarlami import qilayotgan yuridik va jismoniy 
shaxslar budjetga aksiz solig'i to'laydilar.
71


0 ‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan aksiz to ‘lanadigan to ­
varlar uchun ulaming qo'shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holdagi 
(aksiz solig'i summasini o ‘z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik 
hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi.
Agar tovar ishlab chiqaruvchi aksiz toianadigan tovami naturial haq 
yoki sovg‘a sifatida bersa, soliq to ’lovchidan tovami 
topshirish paytida 
tarkib topgan, lekin amal qilingan xarajatlardan kam bo'lm agan narxlar 
darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish obyekti hisobla­
nadi.
Ushbu qoidalar, tovarlar o ‘z xomashyosidan yoki berilgan xomashyo- 
dan ishlab chiqarilgandan qat’i nazar qo'llaniladi.
Berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan tovarlar bo‘yicha aksiz so­
lig'i va uni buyurtmachiga berish paytida ushbu qoidalarga muvofiq bel­
gilangan narxda hisoblab chiqarilishi lozim.
Tadqiqot obyektidan kelib chiqib, asosiy egri soliqlardan biri bo'lgan 
aksiz solig'ining kelib chiqishi va rivojlanishi tarixi xususida to'xtalamiz. 
Dastlab egri soliqlar ayrim tovar turlari (tuz, tamaki, aroq mahsulotlari, 
gugurt, shakar va boshqa keng iste'mol mollari)ga aynan aksiz solig'i 
ko'rinishida namoyon bo'lgan. Baqt o ‘tishi bilan aksiz osti tovarlari 
ro‘yxati kengayib borgan. 0 ‘z-o ‘zidan m a’lum bo‘ladiki, soliqqa tortish- 
ning aksizli shakli keng xalq ommasi iste’molidagi ommaviy tovarlami 
soliqqa tortish jarayonidagina samara berishi mumkin bo'lgan.
Qadimda aksizlami boshqa nom lar bilan boj, to ‘lov, yig‘im yoki 
sodda qilib soliq deb atashganlar. Aksizlaming o ‘sha davrda amal qilgan 
soliqqa tortish mexanizmi to ‘g‘risida taxminiy m a’lumotlar mavjudligi 
uning ilk paydo bo'lgan davrini aniqlashga imkon bermaydi. Masalan, xalq 
tribunlari Tiberiy va Gay Grakxov (er. av. 162-133 va 153-121-yy.) davr- 
larida Rim g'aznasiga qo'llam i ozod etishdan, shu bilan birga o 'z shaxsiy 
iste’moli uchun zarur bulmagan tovarlami dengiz orqali Rimga olib 
kelinishdan yig'imlar tushib turgan.
Qadimgi Misrda XII—
XIII chi sulolalar davrida (er. av. ikkinchi ming 
yillik) pivoga soliq solingan. Albatta, bu to ‘lovlar hozirgi talqindagi aksizlar 
boMmasligi mumkin, lekin ulami aksizlaming dastlabki namunalari sifatida 
e ’tiborga olish lozimdir.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Angliyada Kromvel davrida respublikaning 
yigirma yil amal qilishi davomida aksizlaming ikki yuzga yaqin turi joriy 
etilgan. Bunda har xil turdagi obyektlar soliqqa tortilgan, masalan, poxol 
kukuni yoki yog‘ uchun quti idishlar shular jumlasidandir. XXI asrda 
Gollandiyada egri soliq turlari shunchalik ko‘p ediki, tarixchi de-Bitta 
so'zlariga qaraganda, mehmonxonada tortiq qilingan baliq bo'lagiga 34 xil 
aksiz to ‘g‘ri kelgan.
Demak, aksizlar, bojlami hisobga olmaganda soliqqa tortishning eng 
qadimgi shaklidir.
«Aksiz» franso'zcha-accise, lotincha-accidere so'zlaridan olingan bo‘- 
ladi, tarjima qilinganda «kesib olish» m a’nosini anglatadi. O'zbekiston
72


Pespublikasi soliq qonunchiligida aksiz solig'iga quyidagicha i/.oh berilgan: 
«aksiz solig'i sof darom adning narxda va qo'shilgan qiymat solig'iga tor- 
iladigan bazada hisobga olinadigan, egri soliq sifatida budjetga o'tkazila- 
igan (undiriladigan) bir qismidan iboratdir. Bizning fikrimizcha, aksiz 
solig'i sof daromadning emas, balki yuklab jo'natilgan tovarlar qiymatining 
bir qismini egri soliq sifatida budjetga yo'naltirish shaklidir.
Egri soliq sifatida aksiz solig'ining qo'shilgan qiymat solig'idan 
farqlanuvchi xususiyatli jihatlarini aytib o'tish maqsadga muvofiqdir, ya’ni:
- aksiz solig'ida cheklangan turdagi aksiz osti mahsulotlarini sotish 
oboroti soliqqa tortiladigan obyekt bo'ladi hisoblanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, qo'shilgan qiymat solig'idagi soliqqa tortish obyekti bo'lgan ish 
va xizmatlar aksiz solig'iga tortilmaydi;
- agar qo'shilgan qiymat solig'i tovar ishlab chiqarish va ayirbosh- 
ashning barcha bosqichlarida vujudga kelsa va undirilsa, aksizlar esa faqat 
ishlab chiqarish sohasidagina amal qiladi. Ushbu qoidadan O'zbekiston 
Resublikasi hududiga olib kelinayotgan aksiz osti mahsulotlari va tovarlari 
istisnodir.
Madomiki, ushbu holatda aksiz solig'ini to'lovchilar bo'ladi, aksiz osti 
mahsulotlarini sotib oluvchi va qayta sotuvchi tashkilotlar hisoblanadi.
Aksiz solig'i o'z mohiyatiga ko'ra tovar bahosiga kiritiluvchi va oxirgi 
iste'molchi tomonidan to'lanadigan egri soliqdir. Uning ijtimoiy - iqtisodiy 
mohiyati faqat taqsimot darajasiga qarab ifodalanadi va takomillashtiriladi.
Aksiz solig'ining iqtisodiy mofiiyati budjet tushumini ta'm inlash orqali 
xalq xo'jaligi manfaatlarini qondirishga, ko'proq mablag'lami jalb ettirishi 
orqali namoyon bo'lsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining, ya'ni asosiy 
iste'olchilaming to'lov qobiliyatlarini oshishida o 'z ifodasini topadi. Bu esa 
aksiz solig'i obyektlari (aksiz osti tovarlari)ni 
qiskartirilishida, soliq 
stavkalari pasayishida, aholi to'lov qobiliyatini o'sishida namoyon bo'ladi. 
Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, subyektlar aksiz solig'i iste'molchilari 
sifatida o'zaga kelishi tabiiydir.
Ammo aksiz solig'i yengiliklari tovarlami xarid qilish uchun olina- 
igan kredit resurslarini qisqartirilishiga, bu esa o 'z vaqtida xarajatlarning 
pasayishiga olib keladi. Xarajatlarning pasayishi esa daromad (foyda)ni 
oshirish omillaridan biridir.
Aksiz solig'ini mohiyatini ochishda u bajaradigan vazifalami bilish 
muhimdir. Shu jihatdan uning quyidagi vazifalarini alohida ta ’kidlab 
o'tmoqchimiz:

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin