A yuldashev soliq va soliqqa


 -§ . Qo'shilgan qiymat solig'ining shakllanish va rivojlanish



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/76
tarix15.10.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#155903
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish

2 -§ . Qo'shilgan qiymat solig'ining shakllanish va rivojlanish
bosqichlari
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan vaqtdan unchalik 
ko'p vaqt o'tm agan bo'ladida, bugungi kunda davlatimiz har qanday 
mustaqil davlatning asosiy xarakteristikasi sifatida o'zining soliq tizimiga, 
soliq regulatorlariga ega. M amlakatimizning yangi qomusi qabul qilinishida 
davlatimiz rahbari so‘zlagan nutqida bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida 
soliqlarning prinsipial o ‘mi aniqlanib berildi va quyidagilami aytib o ‘tdi: -
«Endigina Respublikamizda shakllanayotgan soliq tizimi o'ziga juda katta 
jalbni va uni takomillashtirishni talab qiladi. Barchamizga ayonki, soliqlar
- bu daviat va mahalliy budjetlaming daromad qismini to'ldirilishida asosiy 
manba hisoblanadi. Shu bilan birga, soliqlar barcha xo'jalik faoliyatlarini 
qamrab olmoqda, ular har bir tarm oq, korxona uchun alohida xususiyat- 
lami hisobga olishi lozim».
Bizning fikrimizcha, shuni to'liq his qilish kerakki, rejali ravishda 
soliqlarning oshib borishi davlatga va jamiyatga foyda keltirmaydi. Bundan 
tashqari, soliqlar 
darom adlam ing bir qismini o ‘z ichiga olmoqda, ular 
hamma sharoitda xalq xo'jaligi va aholi uchun yanada ko'p va yanada 
yaxshiroq mahsulotlar va tovarlar ishlab chiqarishga harakat qilayotgan 
korxonalar va fuqarolarni rag'batlantirishi lozim.
Soliq to ‘g‘risidagi qonunlar takomillashgan sari budjet tushumlarini 
to ‘ldirish vositasi sifatida umumiy iste’molga doir qo'shilgan qiymat soli­
g'ining ahamiyati ortib borishiga shubha yo'q. Daviat byudjetining 
daromad qismini qo'shilgan qiymat solig'i bilan to'ldirish g'oyasi XX asr 
boshiarida paydo bo'lgan edi. Ushbu soliq birinchi marta Germaniyada 
1919-yilda Vilgelm fon Simens tom onidan «Veredelte Umsazteuer» (обло- 
гороженный налог с оборота) nomi bilan kiritilgan edi. Keyinchalik 
ushbu soliq birincha marta 1954-yilda fransuz iqtisodchisi M.Lore 
tom onidan qo'shilgan qiymat solig'i sifatida taklif qilingan bo'ladi, bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
ko'pgina davlatlarda 
muvaffaqiyatli 
qo'llanib 
kelinmoqda. Masalan, Sharkiy Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Daniya, 
Niderlandiya, Fransiya, Shvetsariya)da 60-yillaming oxirida, (Belgiya,
62


Velikobritaniya, Italiya, Lyuksemburg, Norvegiyada) 70-yillarning boshla- 
rida QQS joriy etilgan va hozirgi kungacha amal qilib kelinmoqda hamda 
u asosiy iste’mol solig'i hisoblanib kelinmoqda. 
QQS
Osiyo, Afrika va 
Lot in Amerikasidagi 35 dan ortiq davlatlarda joriy etilgan va undirilib 
kelin-moqda. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga (M D H ) kirgan barcha 
davlatlarda 1992-yildan boshlab QQS joriy etilgan.
Qo'shilgan qiymat solig'i Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 
(IHTT)ga a’zo bo'lgan barcha mamlakatlarda joriy etilgan 
Avstraliya va 
AQSH bundan mustasnodir. QQSni chiqarib tashlash usulidan foydalani- 
ladigan Yaponiyadan tashqari mazkur mamlakatlarning hammasi QQS 
kredit hisob-kitobi usulidan foydalanadi. Bu usul korxona - shaxslardan 
ta ’m inotning barcha bo'g'inlari bo'yicha soliqqa tortiladigan xomashyo va 
materiallaming barcha turlari uchun tegishli stavka bo'yicha QQS hisobini 
yuritishni talab qiladi. Soliq to'lovchilar xomashyo va matcriallar yetkazib 
beruvchilardan olinadigan QQS miqdori kreditdan chiqarib tashlanishiga 
haqlidir. Buning tasdiq'i sifatida bunday xomashyo va materiallarga 
m a'lum talablarga mos keladigan soliq hisob-kitobi yoziladi. IHTTga a ’zo 
bo'lgan mamlakatlarning deyarli hammasida yillik aylanmaning eng yuqori 
miqdori (soliq busayosi) belgilab qo'yilgan va shu tufayli ular QQS 
bo'yicha ro'yxatdan o'tmaslikka haqlidir.
1960-yillarning o'rtalariga qadar deyarli biror mamlakat ham hozirgi 
shakldagiga o'xshash qo'shilgan qiymat solig'idan foydalangan emas. U 
davrda IHTTda ishlab chiqarish va taqsimot bo'g'inlarining aniq bosqi- 
chida, keyinchalik boshqa hech qanday soliq solinmaydigan bir bosqichli 
soliq keng iste’mol solig'ining oddiy turi edi. Odatda, ulgurji yoki chakana 
savdoga bunday soliq solinardi. Xaridordan qat’iy nazar va iste’mol omiliga 
soliq krediti bermagan holda tovami har qanday sotishdan soliq undirishni 
o 'z ichiga oladigan ko'p bosqichli soliqdan ham foydalanilgan. Ya’ni tovar 
narxiga qo'shilgan soliq miqdori ishlab chiqarish bilan oxirgi chakana 
savdo o'rtasidagi ko'p bosqichlar orqali ko'tarilib borishi lozim edi. 1967- 
yilda bosqichli soliq to'qqiz mamlakatda mavjud edi
QQS tizimi ikki bosqichda joriy etildi; aw alo, Shimoliy Yevropa 
mamlakatlarining ko'pchiligida va Yevropa Ittifoqiga eng birinchi kirgan 
mamlakatlarda qo'llanilgan, so'ngra 1986-yilda 
IH TT mamlakatlarida 
umumiy soliq islohotlarining amalga oshirilishi QQSning Yevropadan tash- 
qarida ham tarqalishiga olib keldi. Natijada, IHTTga a ’zo bo'lgan 25 
mamlakatdan 23 tasida QQS juda qisqa m uddatda joriy etildiki, bu o'zaro 
bog'liq bo'lgan bir qancha ta ’sir va sabablaming in’ikosi edi. Shunday 
sabablardan biri, masalan, QQS ishlab chiqarish va iste’molni kamroq 
darajada o'zgartirib, narx-navoga ancha xolis ta ’sir o'tkazishidir. Bundan 
tashqari, u mahsulot yetkazib beruvchilar orqali kuzatib turish imkoniyati 
bo'lgani uchun aldash imkoniyatlarini kamaytiradi Bu esa QQSning ancha 
yuqori stavkalarini belgilashga, binobarin iste’molga umumlashtirilgan 
soliqlaming boshqa turlariga nisbatan ko'proq darom ad olishga imkon 
beradi QQSning faktura usulidan foydalanib, m a’lum tovarlardan yig'ilgan
63


QQS miqdorini aniq bilish imkonini berishi ham juda muhimdir. Bu usul 
bojxona orqali tartibga solishga yanada aniqroq tus beradi. Ayni shu 
maqsadda Yevropa Ittifoqi (YEI)ga kirish istagini bildirgan mamlakatlarda 
QQSni joriy etish zarurdir.
QQSga o'tish bosqichli turdagi soliqdan va ulguiji savdo solig'idan 
voz kechishga asosiy sabab bo'ldi. Chakana savdo solig'iga kelganda esa, 
QQS bilan bir qatorda u boshqa keng istc’mol soliqlariga nisbatan bir 
qancha afzalliklarga egadir. Q o'shm a Shtatlarda u QQSni joriy etish 
xususidagi tazyiqni kamaytirib yetarli ijobiy ta ’sir qiladi. Aslini olganda 
chakana savdo solig‘i to'xtatib turuvchi tizimdir, chunki mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar, ulguiji va chakana savdo bilan shug'ullanuvchilar ro'y­
xatdan o'tishi va tovarlami ro'yxatdan o'tm agan shaxslarga, ya’ni odatda, 
iste'molchilarga sotishdan soliq tulash uchun hisobga olinishlari shart 
bo'ladi. Ammo tovar shaxsiy foydalanishi uchun xarid qilinmayotgan b o '­
ladi, tovarlami bir-birlariga sotishlari va sotib olishlari va bundan soliq 
to'lamasliklari mumkin. Binobarin, soliq to'lash ro'yxatga olingan savdo- 
garlar tom onidan tovar iste’molchiga sotilgunga qadar to'xtatiladi. QQS- 
ning faktura usuli esa, aksincha, soliq miqdorini qoplash tizimi bo'yicha 
amal qiladi, bunda sotish uchun tovar xarid qiluvchilaming hammasi o'zi 
xarid qilgan tovar uchun soliq to'lashga majbur bo'ladi. Biroq ular ro'y­
xatdan o'tgan bo'ladi (asosan, barcha savdogarlar belgilangan aylanmadan 
oshirib yuborishadi), bu holda QQSni qaytarib berishni talab qilishlari 
mumkin.
QQS va chakana savdo solig'i stavkalari va soliqqa tortiladigan baza 
baravar bo'ladi, ulaming tovarlar narxiga ta ’siri ham bir xil bo'ladi. Bu ikki 
soliq o'rtasida m uhim iqtisodiy tafovut yo'q. Lekin QQSning chakana 
savdo solig'iga karaganda m a’muriy jihatdan ikki afzalligi borligi anik- 
langan. Birinchidan, QQSda tovar solig'ini uni ishlab chiqaruvchiga 
o'tkazish oson keehadi, ikkinchidan, faktura bazasidagi QQS chakana 
savdo solig'iga qaraganda, soliq to'lashdan bo'yin tovlashdan ishonchliroq 
himoya qilishni ta ’minlaydi.
Birinchi afzalligini ko'rib chiqaylik. Pirovard iste’molchilarga ham, 
oraliqdagi korxonalarga ham sotiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar 
nisbatan QQSga osonroq moslashadi. Ishlab chiqaruvchi bunday tovarlami 
sotib olayotganda to'langan har qanday soliqning o'm ini qoplashga harakat 
qiladi, chakana savdo solig'ida esa, soliq o'rnini qoplash og'irligi, agar 
soliq idoralari tijoratchi deklaratsiyasidan qonikmasa, shu idoralar zim- 
masiga tushadi. Bundan tashqari, chakana savdo solig'ida tovardan so'nggi 
marta foydalanishni tekshirish mahsulot yetkazib beruvchining zimmasiga 
tushadi, tovar yetkazib beruvchi esa xaridor maqomini bilmaydi, demak, 
pirovard foydalanuvchini ham bilmaydi QQSda esa buni biladigan xaridor 
tekshiriladi.
QQSni to'lash chog'ida tovardan plrovardida qanday foydalanilishini 
tekshirishga zarurat bo'lmaganligi sababii mahsulot ishlab chiqaruvchining 
binokorlik materiallari, yonilg'i va energiya hamda shu kabi tovarlarini
64


oldin ular to ‘lab kelgan soliqlardan ozod qilish oson boiadi. Mahsulot 
yetkazib beruvchi chakana savdo solig'ini to'layotganda tovardan shaxsiy 
yoki tijorat maqsadlarida foydalanishiga ishonch hosil qilishi kerak.
QQS tovar yoki xizmat nimaga mo'ljallanganidan qat’i nazar to'la- 
naveradi, xaridor esa QQSni qaytarib olish uchun soliq idoralariga bunga 
haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlami taqdim etishi lozim. QQSning bu 
afzalligi ko‘pincha shaxsiy foydalanish uchun, biznesda yoki eksport uchun 
darhol foydalanish maqsadida ko'rsatiladigan xizmatlarga soliq solish cho- 
g'ida, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi afzalligi quyidagi qoidalar bilan mustahkamlanadi:
a) QQSdan bo‘yin tovlash oson emas, chunki hisob-varaqlarga qarab 
tovar harakatini aniqlash oson, nega deganda sotuvchi o ‘z xarajatlarini 
qoplash maqsadida soliq qaytarib berilishi uchun buni tasdiqlovchi hujjatni 
taqdim etishi kerak. Chakana savdo solig‘ida mumkin bo'lm agan tovar 
harakatini bunday qo'zg'atish soliq inspektorlariga muqobil tekshirish 
uchun QQS hujjatlandan darom ad solig‘ini tekshirishda foydalanish imko­
nini beradi;
b) QQS qo'llanilishi narxni soxtalashtirish maqsadida xaridor bilan 
sotuvchi o'rtasida til biriktirish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi, chunki agar 
xaridor soliq xususida ko'proq chegirmaga ega bo‘lish uchun hisobvaraqda 
narx yuqori darajada ko‘rsatilishidan manfaatdor bo'ladi, sotuvchi o‘z soliq 
majburiyatini kamaytirish uchun narx mumkin qadar arzon ko'rsatili- 
shidan, demak, kamroq soliq to'lashdan manfaatdordir;
d) 
chakana savdo solig'i kam to'langanini isbotlovchi dalillami ko'r- 
satish majburiyati soliq idoralari zimmasiga yuklatilgan bo'ladi, xaridoming 
xarajatlari bo'yicha QQS yuzasidan soliq chegirmasiga ega bo'lish uchun 
dalillami taqdim etish majburiyati soliq to'lovchining zimmasiga tushadi.
Qo'shilgan qiymat solig'ining bunchalik tez va keng tarqalishi zamo- 
naviy texnika va yo'lga quyilgan hujjatlar aylanishida soliq operatsiyalarini 
tez va aniq amalga oshirish imkonini berishi muayyan tovarlar va xiz­
matlarga soliq solishning imtiyozli shartlari borasida chakana savdodagi 
sotuvlardan olinadigan soliqqa nisbatan samaralrrok ekanligi bilan izoh- 
lanadi.
QQS - ishlab chiqarish va taqsimlashdan tortib iste’molchiga sotish- 
gacha bo'lgan jarayonda har bir sotish hujjatidan olinadigan bilvosita ko'p 
pog'onali soliq. Uning obyekti qo'shilgan qiymat, ya’ni tovarlar ishlab 
chiqaruvchi yoki xizmatlar bajaruvchi tom onidan yangi buyum yoki 
xizmatni bajarish uchun sotib olingan xomashyo, materiallar yoki tovarlar 
va mahsulotlar qiymatiga qo'shilgan qiymat hisoblanadi. Ushbu soliq tovar 
narxining barcha unsurlarini cheklaydi va ishlab chiqaruvchini ishlab 
chiqarish chiqimlarini kamaytirishga undaydi.
QQS bo'yicha hisob-kitoblar jarayonida davlat sanoat va savdo sar- 
moyasi aylanishi sur’atlari haqida ma lumot oladi, bu esa makroiqtisodiy 
tartibga solinishini yengillashtiradi. Bundan tashqari, davlat tovaming aholi 
soliqning mazkur turining yagona va oxirgi toiovchisiga sotilishiga qa- 
dur daromad olish imkoniga ega bo'ladi.
65


Jahon amaliyoti QQSni hisoblashning deyarli bir xil tizimini nazarda 
tutadi. T o‘love hi xaridordan sotilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan 
xizmatlar uchun soliq summasi va yetkazib beruvchi tom onidan moddiy 
resurslar, yoqilig'i, ishlar uchun to ‘langan va ular qiymati ishlab chiqarish 
va aylanma xarajatlarga kiritilgan soliq summasi orasidagi farkni toiaydi. 
To'lanishi kerak bo‘lgan soliq manfiy bo'ladi, ya’ni bu soliq ko‘payib 
ketsa, qoldiq bo‘lajak to'lovlar hisobiga kiritiladi yoki rivojlangan mam- 
lakatlarda, shu jum ladan, Buyuk Britaniyada qabul qilinganidek, budjetdan 
boshqa summalar hisobiga qoplanadi.
QQSga asoslangan soliq to'lash tizimi soliqlami qismlarga ajratib olish 
imkonini beradi, chunki firmaning barcha sotuvlaridan soliq olinadi, biroq 
oraliqdagi xaridlar uchun to ‘langan soliqlar keyinchalik umumiy summa- 
dan qoplanadi. «Soliq krediti» sifatida tanish bo‘lgan bu usul soliq tizimiga 
o ‘zini-o‘zi tartibga solish imkonini beradi, bu esa soliqlar olish tartibini 
yaxshilaydi.
QQSning 
asosiy afzalligi shundaki, ishlab chiqarishning har bir 
bosqichida to'langan soliq miqdorini hisoblash mumkin. Bu mi sol uchun, 
eksport uchun soiiq chegirmalarini hisoblash va eksport subsidiyalari beri- 
lishida buzilishlaming oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, 
bunday ko‘p bosqichli soliqlardan foydalanish yagona firma tuzilmasi yoki 
korxonalar uyushmasi doirasida tovarlar ishlab chiqarishda soliq summasini 
kamaytiradi va shu tariqa firmalarning vertikal integratsiyasiga turtki 
bo‘ladi.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin