Yashnobod tumani, 58-harbiy shaharcha, 26/3-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Abdiyeva Barnoga
Adliya bo‘limi tomonidan, sizning bolalar maydonchasi qurish uchun imtiyozli kredit ajratish tartibi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berishni so‘rab qilgan murojaatingiz ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrda PQ-55-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzonlangan. Ushbu qarorga asosan
2022-yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
a) loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamgʻarmalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining resurslari tijorat banklariga yillik 10% stavkada joylashtiriladi;
b) imtiyozli kreditlar yillik 14% stavkada:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlariga – 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuхum yoʻnalishi) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqхona, qishloq хoʻjaligi teхnikasi va asbob-uskunalarni хarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;
“Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va хomashyo materiallarini хarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaхonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi;
v) kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi oʻrinlarda – hokim yordamchisi) oʻziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi;
g) chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishida kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi;
d) yetakchi tadbirkorlik sub’yektlariga dehqon хoʻjaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni хarid qilish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar ajratiladi.
Shuningdek, kreditlar ustuvor ravishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish o‘rinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarga ajratiladi.
Shunga ko‘ra yuqorida keltirilgan dasturlar asoslar doirasida imtiyozli kredit olish huquqingiz mavjudligi ma’lum qilinadi.
Ushbu javob xatidan norozi bo‘lsangiz, yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga murojaat qilish huquqingiz mavjudligi tushuntiriladi.
Bo‘lim boshlig‘i v.v.b X.M.Hakimov