inklyuziv ta`lim — bolalarning alohida ta`lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta`lim va tarbiya olinishini teng ta`minlovchi jarayon;
«Men» kontseptsiyasi — bolani o`zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi;
refleksiv faoliyat — bolada o`z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.
4. Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o`tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilғor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta`lim tizimida ma`nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
5. Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta`lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma`naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta`lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta`lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta`lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta`minlash.
6. Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
bolaning noyobligi;
«Men» kontseptsiyasi va shaxsiy ta`limini yaratishda bolaning faol roli;
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta`minlashning muhimligi;
bola ta`limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo`lib, individual variativlik asosida yondashish.
Dostları ilə paylaş: |