Maktabgacha bolalik davri o’ta murakkab rivojlanish davri hisoblanadi. Bu davrda bolaga to’g’ri ta’lim tarbiya berish katta ahamiyatga egadir. Bejiz yurtboshimiz ham bolalar tarbiyasiga katta ahamiyat qaratmaganlar. “Taraqqiyotning tamal topishi ham, millatning buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug’ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog’liq”- degan edilar yurtboshimiz. Davlatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishlarini samaradorligini va sifatini oshirish bo’yicha bir qator qaror va farmonlar va uquv dasturlari shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasinig 2020 yil 22- dekabr 802-sonli qarori “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti ” ni tasdiqlash to’g’risidagi qaror qabul qilinib ish faoliyatda qo’llanilmoqda. Bugun zamon shidad bilan o’zgarib barcha sohalar qatori ta’lim tizimi oldiga ham o’ta dolzarb va murakkab vazifalarni qo’yilmoqda. Biz dunyo miqyosiga keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yaratishimiz zarur. Shu maqsadda, avvalo, ta’lim maskanlarinig moddiy texnik bazasini, kadirlar salohiyatini mustaxkamlash, o’quv qo’llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, o’quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish, sohadagi ilg’or tajribaga ega bo’lgan ustoz pedagoglar tajribalarini yosh mutaxasislarga “Ustoz- shogird” an’anasi asosida yetkaziladi.