bolaning har bir yutuғini maqtash va qo`llab-quvvatlash;
o`yinchoqlarga ovoz berib, turli hissiyot va harakatlarni tanish imkoniyatini berish;
oilada emotsional ijobiy holatni yaratish va har kuni bola bilan o`ynash;
o`yin vaqtida bolaga o`ziga ishonch hissini oshirish uchun yaqin turishga harakat qilish va barcha birgalikda bajarilayotgan harakatlarni bolaga aniq va lo`nda tushuntirish;
baland tovush va shovqinlarni cheklash.
|
bola bilan u bilan boғliq bo`lgan turli vaziyat va hissiyotlarni muhokama qilish;
bolaga rad javobini berilishi sababini tushuntirish;
bolaning jahli chiqganda, xafa bo`lganda yoki o`zini yomon his etganda yonida bo`lish.
|
bola bilan suhbatda hissiyotlarni ta`riflovchi so`zlarni qo`llash;
mul’tfil’m qahramonlarining yorqinligini tahlil qilish; hissiyotlarni ifodalovchi so`zli o`yinlardan foydalanish, kayfiyat va his tuyғular haqidagi hikoyalar va she`rlarni o`qish.
|