bolani parvarishlash jarayonida (emizish, cho`miltirish, uxlashga yotqizish) u bilan gaplashish, tana a`zolari, kiyim, buyumlar nomini aytish;
bolaga turli hikoyalar, ertaklar aytib berish, birgalikda yorqin kitoblarni tomosha qilish va bolani diqqat bilan tinglashga qiziqtirish;
bola bilan muloqot mobaynida unga savollar berish va ma`nosi bo`yicha to`ғri javobni takrorlashga undash.
|
bolaga kitob o`qib, turli hikoya va ertaklarni so`zlab berish;
sayr davomida ko`rgan narsalarni muhokama qilish (kuchuk yuguryapti, bolakay maktabga ketyapti);
bola bilan birga kitob do`konlari va kutubxonalarga borish;
televizor ko`rish va elektron texnika qo`llashni chegaralash.
|
bola bilan muloqot vaziyatlarini yaratish, savollar berish;
bolaga topshiriqlar berish, masalan, «qiyom uchun likopcha olib kel», «qizil qalamni ol», «kichik ayiqchaga qo`shiq aytib ber»;
bolaning so`z boyligini turli didaktik o`yinlar, kuzatuv va tomoshalar orqali boyitib borish;
kitob xarid qilishda bolaga tanlash imkonini berish.
|