Abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan
ABDULLA AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY TADQIQOT INSTITUTI Pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan qayta tayyorlash kursi 282-guruh tinglovchisi Shadiyev Uktamning “Huquqbuzarlik va javobgarlik” bobini o‘qitish metodikasi mavzusidagi bitiruv ishiga tomonidan yozilgan T A Q R I Z Tinglovchi tomonidan tayyorlangan ushbu bitiruv ishiga ijodiy yondashib, aniq, mantiqiy to‘g‘ri shakllantirilgan. Bitiruv ishida huquqshunoslikni o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlarni tasniflangan. Pedagogikadagi so‘nggi texnologiyalar va ularni huquq sohasiga moslashtirligan holda uyg‘unlashtira olgan. Pedagoglar tomonidan juda keng qo‘llaniladigan metodlarni keltirib o‘tgan. Bir nechta huquqiy adabiyotlardan foydalanib bitiruv ishini boyitgan.
Xulosa qismida o‘zining shaxsiy fikrlari bilan birga takliflarni ham bayon qila olgan. Internet saytlaridagi ma’lumotlardan ham unumli foydalangan. Adabiyotlar ro‘yxatidagi barcha adbiyotlardan bitiruv ishida iqtiboslar o‘rinli keltirilgan.
Bu yutuqlar bilan bir qatorda ba’zi bir juz’iy kamchiliklar ham mavjud. Biroq bu kamchiliklar ishning ma’zmuniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuni inobatga olgan holda Shadiyev Uktamning “Huquqbuzarlik va javobgarlik” bobini o‘qitish metodikasi mavzusidagi bitiruv ishini himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: Toshkent viloyati Bekabod
shahar 9- sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi oliy toifali o‘qituvchisi Abdulxakimov Zuxriddin