1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U arab,fors va rus tillarini o‘rgangan. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. U o‘z maktabida ona tili va adabiyot fanidan dars berdi, «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi. Abdulla Avloniy o‘zining ,,Turon" deb ataluvchi teatr jamoasini tuzgan.
Abdulla Avloniy dastlabki boshlangich ta’limni Uqchidagi madrasada. Sung Shayoxontoxurdagi Abdumalikboy madrasada taxsil oldi. Avloniy tarjimai xolida shunday yozgan edi:
Abdulla Avloniy dastlabki boshlangich ta’limni Uqchidagi madrasada. Sung Shayoxontoxurdagi Abdumalikboy madrasada taxsil oldi. Avloniy tarjimai xolida shunday yozgan edi:
"1891 yildan boshlab fakat qish kunlarida uqib boshqa fasllarda mardikor ishladim". U bo’sh vaqtlarida Navoiy, Fuzuliy,Sa’diy Sheroziylarni asarlarini sevib o’qib o’zi xam she’r yozishga kirishgan edi. (prof. B.Kosimovning izlanishlariga ko’ra u davrda yozgan ilk she’rlari bizgacha yetib kelmagan).
1904 yildan boshlab uni uni ijodiy faoliyatida keskin o’zgarishlar vujudga keldi:
U Mirobod maxalasida yangi usul maktabini ochdi. Bu maktabda sinf - dars tartibi o’quvchilar jamoasi tovush foydalangan xolda bolalarni 6 oyda savodlari chiqar edi. Bolalarni bilimini aniqlash maqsadida imtixon joriy etilgan edi.
1905 yildagi inqilobiy xarakatlar natijasida Turkistonda "Tarakkiy", "Xurshid", "Tujjor" kabi ruzmonlar paydo bo’ldi. Avloniy xam tashabbus ko’rsatib, 1907 yil 4 dekabrda "Shuxrat" ruznomasining birinchi soni bosmadan chiqdi. Avloniyning ma’rifatchilik faoliyati jarayonida ijtimoiy xayot xodisalarni ta’sirida maqola va she’rlari ruznomalarda bosilib chiqdi. U she’rlarida "xijron" taxallusi bilan maqolalarini esa "mulla Abdulla", "Avloniy" yoki "Abdulla Avloniy" deb nashr etar edi. U 1913 yildan boshlab teatrchilik ishlari bilan shugullanadi. U birinchi "Turkiston" nomli teatr gruppasini tuzdi. 1914-1915 yillarda teatr gruppasi Turkistonni bir qator o’lkalarida o’z faoliyatlarini namoyish qildilar.