Asarda Amir Temurning o‘z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsollari orqali ishonarli aks ettirilgan.
Asarda Amir Temurning o‘z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsollari orqali ishonarli aks ettirilgan.
Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urushga kirishishga majbur etishi ishonarli tasvirlangan: «Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur bilib qo‘yki, xotunlaring uch taloq bo‘lgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotunlarim bo‘lsin uch taloq». Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin bo‘lmagan bunday odobsizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabiiyligini tarixiy haqiqatga ham mos holda ko‘rsatadi.
BILIMINGIZNI SINANG!
1. Abdulla Oripovning birinchi she’rlar to`plami qachon qanday nom bilan nashr etildi?
2. Abdulla Oripov “Asablar tuproqqa cho`kkan edi tiz” – deya nimani ifodalaydi?
3. “Sohibqiron” dramasida A. Temurning o`z dushmanlari gunohgini ham kechira oladigan shaxs ekanligi kimning timsoli orqali ifodalangan?
4. Amir Temurning haddidan oshgan kimsalarni ayovsiz jazolashi qaysi timsol orqali ifodalangan?
5. Amir Temurning ezgu amalli kishilarni taqdirlashi kimlar orqali ochib berilgan?
6. “Sohibqiron” dramasida: “Bizning uchun ulkan zamin shatranj taxtasi”, - degan kim?
7. “Sohibqiron” dramasidagi Buqalamun kim?
8. “Sohibqiron” dramasida Amir Temur bilan shatranj o`ynaydigan yigit kim edi?
9. Amir Temur Sulton Boyazidni qanday yo`l bilan tahlikaga soladi?
10. Amir Temur davlatni tutib turuvchi tayanchlar deb nimani aytadi?