Amir Temur Mirzo Ulug`bek Beruniy Jaloliddin Manguberdi Alisher Navoiy
“SOHIBQIRON” DRAMASI
Temur
...Bolalarim, unutmangki, davlat ishida
Har qanday yumushning ham o‘z o‘rni bordir.
Minglab xufya xizmat qilar bizga, masalan,
Ammo ular tanishmagay bir-birlarini.
Xabarlarni shoshilmasdan tinglab, o‘rganib,
Barchasidan chiqargaymiz zarur xulosa.
Yurish qilish lozim bo‘lsa yiroq ellarga
Tadorigin ko‘rmoq kerak uch to‘rt yil avval.
Siz, chunonchi, sarhadlarda yaylov tayyorlang.
Yilqilarni ko‘paytiring o‘sha joylarda.
Toki sizning horg‘in otlar yetib borgan payt
Tulpor bo‘lib, kishnab tursin minglab toychoqlar.
Anqara jangi haqida
Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo'shinlari o'rtasidagi hal qiluvchi Jang 1402-yil, 20-iyulda Anqara yaqinida sodir bo'ladi. Bu jang tarixda "Anqara jangi" deb ataladi.
Boyazid Yildirim qo'lga tushirilib, o'rdugohga olib kelinganda, Amir Temur o'z g'animiga shohona hurmat va ehtirom ko'rsatadi.
Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g'alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o'z muboraknomalarini yuboradilar.
«Sohibqiron» dramasida Amir Temur janglarda emas, balki ko‘proq o‘ylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, sulton Boyazid, amirlar, o‘g‘illariga munosabatini ko‘rsatish mobaynida yorqin aks etgan. Amir Temur tajribali hukmdor va o‘ychil faylasuf sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni: «Mo‘l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar», — deya belgilaydi. Uning jahongirlik tabiati suruvda bitta cho‘pon bo‘lganiday, xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi borasidagi qanoatida namoyon bo‘ladi. Dramada jahongirning fuqarolarga munosabati: «Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor», — degan qarashida aks etadi.