Abdulla Qahhor



Yüklə 349,19 Kb.
səhifə4/35
tarix03.12.2023
ölçüsü349,19 Kb.
#172178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Abdulla Qahhor. Anor [kitoblar pdf]

HAR BOSHDA BIR SAVDO

Naimjon boshliq elchilar Marg‘uba bilan qilinadigan munozaraning natijasi haqida yoshlar tashkilotining kotibi Rahimjonga ma’ruza qilishdi. Rahimjon bir kampirga qarshi tig‘ tortib borgan uch bahodirning qilichi sinib, qalqoni teshilganiga xo‘p kuldi, bu ish bilan shaxsan o‘zi shug‘ul- lanmoqchi bo‘ldi.


Uning ko‘ziga bu ish og‘zining yeli bilan bitadiganday ko‘ringan edi, biroq tobora qizishib bir hafta mashg‘ul bo‘lga- nidan keyin ish uzoqqa cho‘zilishiga ko‘zi yetib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, Marg‘uba o‘zini Anvarga vasiy qilib Murod Alidan notariusning muhri bilan qog‘oz yozdirib olgan ekan. Rahim- jon gaplashgan, murojaat qilgan, talab etgan, so‘ragan odam- larning hammasi nuqul qonundan gapirar, ma’lum bo‘lishicha, bu ishni hal qiladigan kishi Marg‘ubaning qo‘lidagi qog‘ozni qalqon qilib olsa, bu qalqonni hech narsa teshib o‘tolmas ekan. Bu orada Rahimjon Anvarga loaqal yotoq va stipendiya olib berishga ham urindi. Biroq bunda ham hech narsa teshib o‘tolmaydigan qalqonga duch keldi: qoidada «Talabaning uy-joyi bo‘lsa yotoq, oilasi o‘ziga to‘q bo‘lsa stipendiya beril- maydi», deyilgan, uning biron chekkasiga, «Talaba yetim
qolsa, biron sabab bilan uyida turolmasa stipendiya va yotoq berilsin», deb yozib qo‘yilgan emas. Rahimjon bo‘g‘ilgan paytlarida: «Kotib bo‘ la turib o‘ zing qonun-qoidani buzasanmi?» degan ta’nalar ham eshitdi.
Muhayyo Naimjondan ishning oqibatini eshitib yig‘ladi, biroq Anvarga yordam qilish qo‘lidan kelmas, va’da qilgan odamlar unga qachon uy, ish topib berishlarini dadasidan so‘ragani istihola qilar edi. Anvar yana bir hafta Hakimjon bergan biroz pulni yeb, yotoqxonada o‘rtoqlari bilan yotib yurdi. Xayriyat, bu orada pensiya chiqib qoldi-yu darmon bo‘ldi. Shundan keyin uning ishi yurishib ketdi: uy va’da qilgan o‘qituvchi kichkina, qorong‘iroq bo‘lsa ham alohida uyini bo‘shatib jihozlab berdi. Bu uy Anvarga shuncha yoqdiki, fikr-yodi Muhayyoga ko‘rsatishda bo‘lib qoldi, biroq shuncha qistadi, Muhayyo kelgani unamadi, nuqul kular edi. Ish va’da qilgan o‘qituvchi shu hafta ichi ish ham topib berdi. Avtoklubda mexanikka yordamchi kerak ekan. Anvar avtomobilga xiylagina ishqiboz bo‘lgani uchun bu ishga darrov kirdi.
Oqsoq mexanik cholning yordamchisi ishdan bo‘shab ketganiga yaqin bir hafta bo‘lib, og‘ir ishlar to‘planib qolgan, bundan tashqari chetdan ham ish kelib turar ekan. Anvar avtomobilning ostiga kirib chol burolmagan gaykalarni burar, ko‘tarolmagan qismlarni ko‘tarar, tushirar, qanchadan-qancha g‘ildiraklarni olar, qo‘yar, damlar, ishning zo‘rligi va ovqatning tayini bo‘lmagani uchun kechga tomon sulayib qolgunday bo‘lar edi. Chol uni yaxshi ko‘rib qoldi, chetdan keladigan ishdan tushadigan chaqadan ba’zan bir so‘m-yarim so‘m beradigan bo‘ldi.
Bir kuni bet-qo‘li qora, horigan, terga pishgan Anvar kechroq buzuq avtobusning soyasida maykachan non bilan pomidor yeb o‘tirgan edi, darvozada tuguncha ko‘targan Muhayyo paydo bo‘ldi. Anvar Rohat bog‘chasida bo‘lib o‘tgan mojarodan Muhayyoning ota-onasi xabar topgani- topmaganini bilmas, shuning uchun tashvishlanib yurgan edi, uzoqdan nazariga uning chehrasi g‘amgin ko‘rindi-da, shu yerda turgan qog‘oz bilan yuz-qo‘lini naridan-beri artdi, ustki ko‘ylagini kiydi. Bungacha Muhayyo uni ko‘rib qolib chopqilladi, avtobusni aylanib o‘tdi. Ikkovi bir-biriga qarab turib qoldi. Muhayyo jilmaydi, qo‘lidagi tugunchani ikki
qo‘llab unga uzatdi. Uning jilmayganini ko‘rib Anvarning ko‘ngli joyiga tushdi, tugunchani olib qog‘oz dasturxondagi pomidor bilan nonning yoniga qo‘ydi. Tugunchada osh bo‘lsa kerak, issiqqina, hidi chiqib turar edi. Muhayyo uning yemishini ko‘rib ko‘ngli buzilib ketdi.

    • Muncha, g‘aribmisiz? – deb ko‘zi jiqqa yoshga to‘ldi. Muhayyo shundoq deb ko‘ziga yosh olmasdan burun yeb o‘tirgan ovqati g‘aribona ekani xayoliga ham kelmagan Anvar- ning birdan xo‘rligi kelib, tomog‘iga bir nima tiqildi, yig‘i xuruj qildi, buni bildirmaslik uchun yuzini teskari o‘girish yoxud ko‘zini berkitish noqulay bo‘lgani sababli minnatdor- chilik ma’nosida Muhayyoni quchoqlab, yelkasiga boshini qo‘ydi, tez-tez kiprik qoqib yoshini yutdi. Muhayyoning yig‘laganini payqab baralla yig‘lab yubordi. Ikkovi bir-birini

yupatmoqchi bo‘lgan sayin yig‘i xuruj qilib kelardi.
Ikkovi xo‘p yig‘ladi.
Mashina yog‘layotgan oqsoq chol bularni kuzatib turgan ekan, chuqur xo‘rsinib:
– Ishq balodir, ishq balodir,
Oshiq kishilar g‘amga mubtalodir, –
dedi-yu avtomobilning ostiga kirib ketdi.
Muhayyo Anvarning hol-ahvolini, ishini so‘radi, ishidan g‘oyat rozi ekanini bilib xotirjam bo‘ldi-yu uzoq o‘tirmay ketdi. Shundan keyin Muhayyo o‘tgan-ketganida klubga kirib Anvarning holidan xabar oladigan, ba’zan maxsus kelib birpas gaplashib o‘tirib ketadigan bo‘ldi. Muhayyo kelganda oqsoq chol Anvarga javob berib, har qanday og‘ir ish bo‘lsa ham o‘zi qilar, bular goh buzuq avtobusning soyasida, ba’zan
uning ichida gaplashib o‘tirishar edi.
Hakimjon o‘n ikki kunlik dam olish uyiga boradigan bo‘ldi. Shu munosabat bilan uyga uning yor-do‘stlari yig‘ildi – ziyofatdan keyin Muborakxonim charchab cho‘zildi va uxlab qoldi. Muhayyo dasturxonni yig‘ishtirib, idish-tovoqni yuv- gandan keyin bir qarichdan mo‘lroq qazi, biroz yaxna go‘sht, somsa, meva-chevani dasturxonga tugib Anvarni ko‘rgani bordi.
Anvar qorni och bo‘lsa kerak, dasturxonni Muhayyoning qo‘lidan olib uni buzuq avtobusga boshladi, dasturxonni
darrov ochdi, ovqat ko‘pligini ko‘rib, Muhayyoning ijozati bilan ustasi oqsoq cholni chaqirdi. Chol bir choynak choy ko‘tarib kirdi va ikkovini olqab o‘tirdi, Muhayyo manzirat qilgandan keyin ikki barmog‘i bilan bitta somsani olib og‘ziga soldi-da, uzoq chaynadi, huzur qilib yutdi, ta’mini olib bosh chayqadi.

  • Bay-bay-bay, bunaqa somsani yemaganimga necha yil bo‘ldi ekan? Yo‘q, umrimda yegan emasman!

  • Kampiringiz pazanda emasmilar? – dedi Muhayyo.

  • Kampirim mening uchun uzatgan oyog‘ini yig‘maydi. Oramizda mehr-muhabbat yo‘q! Qachon o‘ladi-yu, ko‘zini cho‘qiyman, deb quzg‘unday tepamda aylanadi. Kichikroq hovlim, kassada biroz pulim bor.

  • Qariganda muhabbat qoladimi! – dedi Anvar kulib.

  • Yo‘q, o‘g‘lim, aksincha, aslida muhabbat bo‘lsa qari- likda yetiladi. Ayb o‘zimda: yoshlik – beboshlik, deb chit- takday shoxdan shoxga sakray beribman, qo‘nimni bilmabman, bir vaqt ko‘zimni ochib qarasam oltita xotin olib qo‘yibman. Bu – yettinchisi! Bularning biri to menga mehr qo‘yguncha qo‘yib yuborib boshqasini olibman. Bu xotinlardan uchta farzand ko‘rganman, hammasi barhayot, lekin hech birining menga mehri yo‘q; avvalo mendan yiroqda o‘sgan, undan keyin hammasining ham onasi meni yomonlagan. Endi ham- ma xotinlarim, bolalarimning qarg‘ishi tegib, shuning qo‘liga qarab qoldim. Busiz ham bo‘lmaydi: boshim yostiqqa tek- kanda loaqal tezroq tuzalib ishga chiqsin, pul topib kelsin degan muddaoda bir piyola suv berar-ku; o‘lsam odamlar bexabar qolib, o‘ligim uyning o‘rtasida ko‘karib yotmas-ku! Mening o‘tgan umrim bir ibrat, pensiyaga chiqsam kitob yozaman... Sizlarga havasim keladi. Qaysi kuni ikkoving quchoqlashib yig‘laganda avtobusning tagiga kirib men ham yig‘ladim! Sizlarning ko‘z yoshlaring chuchuk ko‘z yoshi, mening ko‘z yoshlarim achchiq ko‘z yoshi. Men ham yoshli- gimda chuchuk yosh to‘kkan bo‘lsam, qariganda achchiq yosh to‘kmas edim... Endi men ishimga boray...

Chol o‘pkasini zo‘rg‘a tutib o‘rnidan turdi, inqillab-pishil- lab tushib ketdi. Anvar bilan Muhayyo jim qolishdi.

topolmaydi, birov bor yo‘ldan yurolmaydi... Esimda bor, ayam meni alqamoqchi bo‘lsalar «boshing toshdan bo‘lsin», der edilar, haqiqatan, bu dunyoda odamning boshi toshdan bo‘lishi kerak ekan. Biz asrimiz buyuk: insonning ko‘zi o‘tkir, qulog‘i ding, qo‘li uzun, qadami katta, ya’ni har ishga qodir deymiz-u, odam odamga yashagani shu qadar xalal beradi, olamni shu qadar tor qilib yuboradiki, boshimni olib tog‘-u toshlarga, uzoq yulduzlarga ketsam deyman!
Muhayyo hazillashib uning bilagidan mahkam ushladi.

    • Meni tashlab, nomard, senga yo‘l bo‘lsin!1 Ikkovi qotib-qotib kuldi.

    • Yo‘q, Muhayyoxon, – dedi Anvar. – Sizni ham olib ketaman! Hali men sizga aytganim yo‘q, men uchar avtomobil ixtiro qilmoqchiman!

    • Vertolyotmi? – dedi Muhayyo kulgi yoshini artib.

    • Yo‘q, vertolyotning dahmazasi ko‘p: parrak kerak, benzin kerak, buzilsa omon qolmaydi. Men oddiy «Volga»ni uchiraman. Hamma narsa taxt, faqat bir narsaga qarab qolganman.

    • Nima ekan?

    • Jismlarning, jumladan, «Volga»ning ham og‘irligi nima degan so‘z? Yerning tortish kuchi degan so‘zmi? Demak, yerning tortish kuchini kesadigan bo‘yoq o‘ylab topilsa-yu, shu bo‘yoq bilan bo‘yalsa tamom – «Volga» bolalarning pufagiday osmonga qarab intilaveradi! Uning ichida o‘tirgan odam derazadan qo‘lini chiqarib yelpig‘ich bilan uni xohlagan tomoniga yurgizishi mumkin! Hamma gap mana shu bo‘yoqni topishda!

Muhayyo kulaverib bukchayib qoldi.

    • Faqat bo‘yoqqa qarab qolibsiz-da!.. Yo‘q, Anvarjon aka, sizga yashagani xalal bergan, olamni ko‘zingizga tor qilib ko‘rsatgan odamlar emas, bitta Marg‘uba ammangiz! Bitta ammangizdan qochish uchun uchar avtomobil ixtiro qilishning hojati bormikin?

    • Nega bitta ammam bo‘lar ekan, urf-odatimiz-chi? Uchar avtomobil qochish uchun kerak, bo‘lmasa, Rahimjon aytmoqchi, odamni xo‘rlaydigan, odamning nafasini bo‘g‘a- digan urf-odatlarimizni bombardimon qilish uchun kerak!



1 Qo‘shiqdan satr.
Jek Londonning xayoliy bir hikoyasi bor edi shekilli, – dedi Anvar. – Hikoya qahramoni xayoliy yo‘llar bilan Amerikada kapitalizmni yiqitib, o‘rniga boshqa tuzumni quradi. Lekin Amerika xalqi o‘shanaqa xayoliy qurollarni o‘ylab topguncha boshqa bir xalq oddiy miltiq bilan kurashib kapitalizmni yiqitdi. Biz ham shu yo‘ldan borib, avtomobilni uchar qiladigan bo‘yoq topilmaguncha ro‘para kelgan oddiy tayoqni ko‘tarib jangga kirishimiz osonroq!

  • Qani o‘sha oddiy tayoq? – dedi Muhayyo. Anvar uning qo‘lini ushladi.

  • Jasorat!

Muhayyo qip-qizarib yerga qaradi.

  • Mening qo‘limdan nima keladi...

  • Qo‘lingizdan hech narsa kelmaydimi? Hech narsa kerak emas, menga faqat xalal bermasangiz bo‘ldi! Marg‘uba ammam mendan kechib yuborishi mumkin, bu juda ham katta musibat emas! Lekin sizning ota-onangiz sizdan ke- chishmaydi, qo‘rqmang!

Muhayyo hamon yerga qaraganicha eshitilar-eshitilmas dedi:

  • Dadam durustlar, ayam eskicharoq...

Muhayyo qorong‘i tushib, teraklar orasidan zo‘riqqanday ko‘kimtir qizil oy ko‘tarilganda ketgani qo‘zg‘aldi. Anvar uni xilvat, oydinda olachalpoq yo‘laklardan uyiga eltib qo‘ydi. Ular ko‘chaning bu yuzidagi kattakon qayrag‘och tagida to‘xtashdi. Muhayyo xayrlashgani qo‘l berdi. Anvar uning qo‘lini qattiq qisib o‘ziga tortdi, Muhayyo yaqinroq kelib ikkinchi qo‘lini uning ko‘kragiga qo‘ydi. Anvar o‘tgan safar yuzidan o‘pgani intilganida Muhayyo xafa bo‘laman degani uchun yana qo‘lidan o‘pdi, qayta-qayta o‘pib yuziga surkadi. Muhayyo bu safar qo‘lini tortib olmadi, lekin xavotir olib ko‘chaning u yuziga qaradi. Eshik oldida onasi qop-qora haykalday bo‘lib turar edi. Muhayyo
«voy o‘lay!» deganicha yo‘lkani qiyalab, onasining ro‘parasidan ko‘chaning u yuziga o‘tdi.



Yüklə 349,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin